tt u u- i .. c. f . Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy Eron snoni Ismoil Safaviy , , V , , .
bilan qonli to‘qnashuv hukmdorkk qilayotgan edi. U o z davn
uchun katta va qudratli qo‘shin tuza olgan edi. Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan mashhur.
Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi.
Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida umsh bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to‘qnashdi. Marv yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini g‘alaba qozondi. Shay- boniyxon va uning safdoshlari jangda halok bo‘Hshdi.
Bu g‘alaba tufayli shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi.
Siz VII sinfda bilib olganingizdek, Mo- m jarayon ar varounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi
IX — XII asrlarda shakllangan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan aj- dodlarimiz XVI asrgacha hali yoppasiga o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik gumhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda, shu jumladan, Dashti Qipchoqdaham uzoq yillar davomida yashab kelganlar. Dashti
12
Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g‘illar bu o‘lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketganlar va o‘z milliyligini yo‘qotganlar. Shayboniylar yurtimizni egallagach esa Dashti Qipchoqdayashovchi turli o‘zbekqabilalari Movarounnahr va Xorazmga ko‘chib kela boshlaganlar. Bu hodisa Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmagan.
Chunonchi, XVI asrdan boshlab Dashti Qipchoqda ham yashovchi o‘zbek qabilalari ko‘chib kela boshlagach, yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi kengayib bordi. Ikkinchidan, ko‘chib kelgan turli o‘zbek qabilalari iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o‘zlaridan ustun bo‘lgan mahalliy qardoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular o‘troq hayotga moslashib, shu turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar va bora-bora Movarounnahr va Xorazmda awaldan yashab kelayotgan qardoshlari tarkibiga singib ketganlar. Faqat hukmron qabila sifatida ulardan mahalliy aholiga „o‘zbek“ degan etnik nom o‘tgan, xolos.
Shu tufayli, XVI asrdan boshlab Movarounnahr va Xorazm- ning mahalliy aholisi ham umumiy nom bilan o‘zbek deb atala boshlagan.
Bundan o‘zbek xalqi XVI asrda shakllangan, degan xulosa chiqmasligi lozim.
To‘lg‘ama — jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanot-
laridan aylanib o‘tib, qurshab olib zarba berish usuli.
Yakunlarni chiqaramiz
1501-yilda Shayboniyxon Samarqandda uzil-kesil o‘rna- shib oldi.
1507-yilda Xuroson poytaxti Hirot zabt etildi.
1510-yilda Shayboniyxon Eron hukmdori shoh Ismoil qo‘shini bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi.
Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo‘lgan omillar • nimalardan iborat?
Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni osongina egallab olishiga nimalar asosiy sabab bo‘ldi?
Shoh Ismoilning g‘alabasi oqibatlari haqida nimalami bihb oldingiz?
Yurtimizga Dashti Qipchoqdan turli o‘zbek qabilalari ko‘chib kelgach, etnik jarayon qanday kechdi?
13
Do'stlaringiz bilan baham: |