O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)



Download 0,85 Mb.
bet12/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

Bobur hamisha barhayot





Mubayyin — bayon etilgan.
Rojalar — Hindistondagi mahalliy hukmdorlar.


Yakunlarni chiqaramiz

  • Bobur Mirzo Muhammad Shayboniyxon va shayboniy- larga qarshi kurashda mag‘lubiyatga uchradi.

  • Bobur Mirzo 1526-yilning 27-aprelida Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi.

  • Mashhur „Boburnoma“ asari Markaziy Osiyo va Hin- diston tarixi bo‘yicha qimmatli manba hisoblanadi.

  • Bobur Mirzo o‘z davrining buyuk davlat arbobi, mohir sarkardasi, shoiri, ayni paytda, yirik tarixchi olimi ham edi.


  • Bobur 1511 -yilda Samarqandni uchinchi bor egallaganida nega Movarounnahr aholisi uni qo‘llab-quwatlamadi?

  • Boburning Vatanni qo‘msab yozgan she’rini yod oling. „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ mavzusida insho yozing.

  • Boburiylar saltanatiga qay tariqa va qachon asos solindi?

  • „Bobumoma“ asari haqida nimalami bilib oldingiz?


2 — 0‘zbekiston tarixi, 8-sinf


17




5. Buyuk bobomiz Bobur xotirasini ulug‘lash borasida yurtimizda qanday ishlar amalga oshirildi?

  1. §. Buxoro xonligi

Xonlikning tashkil Shayboniylar urf-odatiga ko‘ra, vafot
topishi etgan xon o‘rniga taxtga yoshi katta
shayboniy o‘tqazilgan. Shuning uchun ham Muhammad Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, amakisi Ko‘chkunchi Sulton o‘tqazilgan. To‘g‘ri, XVI asrning 40- yillaridan so‘ng bu urf- odatga rioya etilmay qo‘yilgan. Ko‘chkunchixondan so‘ng esa taxtga uning o‘g‘li Abu Said
(1530 —1533) o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533 —1540) qoTiga o‘tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shaybo- niylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan boTdi.
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Awalo, u Ismoil Safaviyning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi.
Ubaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg‘ol etgan Eron qo‘shinini bir necha marta magTubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon vafot etgach esa ichki ziddiyatlar yana ku- chaydi. Hokimiyat uchun qattiq kurashlar boshlandi. Shay- boniyxon avlodlarining har biri toj-taxtga daVogar edilar. Ular- ning har biri o‘z ota merosi boTgan hududlarda mustaqillikka intilar, imkoni boTsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar.
Buning natijasida, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullaxon I ning qisqa vaqt hukmdorligidan so‘ng mamlakatda qo‘shhoki-


18






miyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo‘ldi.
Biri — Ubaydullaxonning o‘g‘b Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi — Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullatifxon Samar- qandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu holatga chek qo‘yishi kerak edi.


Buxoro Abdullaxon II Mamlakatdagi parokandalikka chek
hukmronligi davrida qo‘yish uchun markaziy hokimiyatni
yana tiklash va kuchaytirish zarur edi.
Bu zaruriyatni urushlarsiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Ana
shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hokimi Iskan-
dar Sultonning o‘g‘li Abdullcixon II
(1534—1598) chiqdi. U
shayboniylar sulolasining yorqin vakillaridan biri, nomi 3-
mavzuda qayd etilgan Jonibek Sultonning nabirasi bo‘lgan.
Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlo-
g‘ida istiqomat qiluvchi, g‘oyatda katta nufuzga ega bo‘lgan shayx
Muhammad Islomning ixlosi baland bo‘lganligi Abdullaxonga bu
kurashda juda katta madad bo‘ldi.
1556-yili Muhammad Islomning ko‘magida Abdullaxon
Buxoro taxtini amalda egallaydi. Muhammad Islom Alloh nomi-
dan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi.
Abdullaxon II Xorazm va Xurosonni Movarounnahrga bir-
lashtirish yo‘lida ko‘p jang-u ja-
dallar olib bordi. Chunonchi,
1574 — 1595- yillar oralig‘ida Balx-
ni, Samarqandni, Toshkent va
Farg‘onani, Badaxshonni hamda
Xorazmni zabt etdi va o‘z davlati
tarkibiga qo‘shib oldi. Shundan ke-
yin uning davlati sarhadlari janubda
Hirotdan Mashhadgacha, shimolda
Orol dengizigacha, Kaspiy dengi-
zidan Issiqko‘lgacha yetdi. Butun
Movarounnahr, Xorazm va Xuro-
son yana yagona hukmdor qo‘li os-
tida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga
kelib Buxoro xonligi nisbatan mar- Abdullaxon II
kazlashgan ulkan davlatga aylandi. (miniatura, 1572).





19


Rossiyada bu davlatga nisbatan „BeJiHKan Eyxapnsb4 (Buyuk Buxoro) iborasi qoMlangan edi.
Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetak- chi sulola — shayboniylar sulolasi bo‘ldi. Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o‘zbek davlatchiligi o‘z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko‘tarila oldi.
, , , ., , Abdullaxon II mamlakatni birlash-

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish