Katta vatan uchun yashalgan umr



Download 51,5 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi51,5 Kb.
#346509
Bog'liq
katta vatan uchun


Katta vatan uchun yashalgan umr...

20:26 / 27.09.2019

37995

Bugun o‘zbek adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri shoir Rauf Parfi tavalludining 76 yilligi. Quyida yozuvchi Nazar Eshonqulning «Men»dan «Men»gacha» nomli kitobidan joy olgan shoir haqidagi xotiralar keltiriladi.



Menga Rauf Parfi haqida gapirish, yozish negadir og‘irlik qiladi. Sababini tushuntirib berish qiyin. U kishining atrofida yurganlar, bilganlar, u kishi ma'lum ma'noda suyangan, ishongan va mehr qo‘ygan, munosabat qilgan hammamiz go‘yo Rauf Parfi uchun vaqtida qilish kerak bo‘lgan ishlarni qilmagan, o‘sha paytda u kishining, u bir umr himoya qilgan va hayotini bag‘ishlagan e'tiqod, adabiyot oldidagi burchimizni oxirigacha bajarmaganday tuyulaveradi. Shu sababli Rauf aka haqidagi yarim afsona xotiralarni o‘qiganimda, ko‘nglimda «Rauf aka shunaqa bo‘lganmikin?!» degan shubha uyg‘onadi. Menda hamisha Rauf aka o‘z zimmasiga ko‘p narsani, xususan, oila, ro‘zg‘or, qarindosh-urug‘chilik tashvishlarini olmaslik uchungina o‘sha xotiralarda keltirilgan afsonalarning asosi bo‘lgan «darveshona holat»ga o‘zini atayin solib yurgandek taassurot qoldirardi. Bu shunchaki taxmin emas. Bir gal Qarshiga birga borganimizda yozuvchi Temir Tillayevning uyida Rauf aka birinchi marta biz bilan mutoyiba tarzida emas, samimiy, ko‘nglini ochib gaplashganining guvohi bo‘lgandim. O‘shanda biz – bu shoirni qariyb adabiyot ma'budi darajasida ko‘radigan yosh yigitlar anglab yetgan haqiqatimiz shu bo‘lgandiki, Rauf aka bizga ta'riflashganidek, hamma narsaga qo‘l siltagan, diydasi qattiq, yerdan uzilib, faqat osmonda yashaydigan, she'r uchun har qanday narsani qurbon qilib yuboradigan darajadagi yengil o‘yli ijodkor emas, bolalariga, oilaga munosabati ham boshqalarnikiga o‘xshaydigan, ammo buning uddasidan hamisha ham chiqavermaydigan shaxs sifatida namoyon bo‘lgan edi. Biz bilan o‘shanda gaplashayotgan va xuddi bugungidek kezib yurgan ta'rif-u tavsiflar tufayli tasavvurimizda shakllangan Rauf Parfining ichida boshqa Rauf Parfi ham o‘tirardi. Bu Rauf Parfi farzandlari, oilasi oldidagi burchini biladigan va bu burchni teran anglaydigan, ayni paytda bu burchni bajarolmaganidan, o‘zining bu sohadagi noshudligi, hafsalasizligidan ozor chekib qiynaladigan, farzandlar mehrini qozonishni, ularga o‘zi orzu qilgandek mehr ko‘rsatishni va mehr olishni istaydigan yuvosh-u beozor Rauf Parfi o‘tirardi. O‘shanda men birinchi marta kuyunchak ota va er Rauf Parfini ko‘rgandim. Rauf akadan o‘sha kuni olgan «ta'limimiz» bizni ham ma'lum ma'noda o‘ziga xos tarbiyalagandi.

Rauf aka dunyoni, o‘z iborasi bilan aytganda, «katta vatan» va «kichik vatan»ga bo‘lardi. Zamondoshlarimiz aksariyatining fojiasi shundaki, ular katta vatanni sotib yeb bo‘lgan yoki biror manfaatli narsaga, mansabga, amalga almashtirib yuborishgan. Ular faqat «kichik vatan»ning quliga aylanishgan. Shu sababli bunaqa odamlarni Rauf aka oshkora va atayin mazax qilib yurardi. Toki ular o‘zlarining kimligini, katta vatanni almashtirib bo‘lmasligini anglamaguncha, mazaxga, haqoratga munosib edi. Rauf aka bu kasallikni juda yuqumli, hammani domiga tortib ketishi mumkin bo‘lgan dard deb hisoblardi. Shu sababli bu kasallikdan hamisha o‘zini himoya qilishga harakat qilardi. Rauf akani qiynaydigan va atrofiga qarab azoblanadigan narsasi ham aslida shunda edi. Tevarakning tuslanib, turlanishlari, osongina har xil qiyofaga kirishi, ham vatan haqida kuyinib gapirib, ham vatanni «sotib turishlari» Rauf akaning ko‘nglida hamisha og‘riq va azob uyg‘otardi. Biz o‘shanda paytdan foydalanib, shoirning oila, bola-chaqaga haqiqiy munosabatini bilgimiz kelgandi. Rauf aka biz ko‘rib, eshitib yurgan narsalarni emas, mutlaqo boshqa narsalarni gapirdi. Ammo hamma gap shundaki, agar kishi bola-chaqa haqida ko‘p o‘ylayversa, bola-chaqa, ro‘zg‘orga berilib ketilsa, unda «katta vatan»ni ro‘zg‘orga almashtirib yuborish hech gap emas. Bu esa, baribir, vatanga, millatga, vijdonga sotqinlikka olib keladi degani. Bunaqa burch kishini ojiz va qo‘rqoq qilib qo‘yadi. Rauf aka ana shundan qo‘rqardi. Shu suhbatdan so‘ng men bunaqa ochiqlikni boshqa ko‘rmadim, Rauf aka yana o‘zining hamma bilgan va afsonalashtirilgan niqobiga kirib oldi.

Mening nazarimda, bu niqob Rauf aka uchun odamni ojiz qilib qo‘yadigan tirikchilik mayda-chuydalari, ro‘zg‘or tashvishlari, turmushning baland-pastlaridagi ko‘plab mas'uliyatdan chetda turishi, bu yumushlarni zimmasiga olmasligi, ularga bog‘lanib qolmasligi uchun qulay edi. Ammo uning ichida barcha ulug‘ iste'dodlarga xos, o‘zining bu xil kechmishidan og‘riyotgan, iztirob chekayotgan, azoblanayotgan yana bir qiyofa, yana bir odam yashardi. Rauf aka ichidagi bu boshqalarga o‘xshaydigan odamning yuzaga qalqishiga kamdan kam izn berardi. Mening bilishimcha, atrofdagi ikkiyuzlamachilik, manfaatparastlik, soxtalik, yasamalikdan o‘zini shu niqob ichiga olib qochib kirar, shu yo‘l bilan o‘zini, ko‘nglini, e'tiqodini ihota qilardi. Chunki Rauf aka baribir «katta vatan» uchun tug‘ilgan edi. Uning ko‘nglidagi shu vatanga va shu vatan dard-u iztirobiga, kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi uni millionlab odamlarning yashash tarzidan bo‘lakcha yashashga majbur qilardi.

Mustaqillikka erishishdan bir-ikki yil oldin Rauf aka bilan bir iqtisodchinikida mehmon bo‘lganmiz. Rauf aka va biz o‘shanda vatan haqida, jadidlar, qatag‘on qurbonlari, Dukchi eshon, oliy yuksak e'tiqod haqida rosa berilib, kuyib-yonib gapirgan bo‘lsak kerak. Aslida Rauf aka bor davralarda faqat shunday mavzularda suhbat bo‘lardi. Iqtisodchi (qaysidir institutda dekan edi, chamamda), aftidan, Rauf akaga haddi sig‘ardi va u kishini juda yaxshi bilardi, suhbat oxirida gaplarimizdan ensasi qotib, shunday dedi: «Menga qaranglar, muncha vatan, vatan deysanlar. Nima, o‘sha vatan sizlarga biron narsa qilib beradimi? Qarab tursam, boshlaringda boshpanalaring, uylaringda tuzukroq krovat yo‘g‘-u, yana vatan deb gapirishlaringga o‘laymi? Oldin ro‘zg‘orni but qilib, bolalarning qornini to‘yg‘izib qo‘yish kerak, undan keyin vaqt qolsa, vatan haqida gapirish mumkin. Mana, mening vatanim shu uyim. Shu uyda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q. Men faqat shu vatan uchun yashayman. Boshqa vatanni tan olmayman. Mening hamma narsam bor, pulim, mashinam, kottejim, mana shular menga vatan!.. Men uchun vatanparvarlik shu!»

Bu gapdan hammamiz birdan mulzam bo‘lib qoldik. Chunki davrdagilarning deyarli hammasining hatto o‘z uyi ham yo‘q edi, ijaralarda sig‘inib-qimtinib yashashardi. Kunlari esa suvaraklar bilan qotgan nonni bo‘lib yeyishdan iborat edi. Iqtisodchining gapi hammamizni dovdiratdi. Lekin Rauf aka birdan uzib oldi: «To‘g‘ri, siz ham vatanparvarsiz, faqat kichik vatanga parvarsiz. Katta vatanga aloqangiz yo‘q. Sizdaylar hamma narsani kichik vatanga tashib keltirgani uchun katta vatanda xalq yeydigan hech narsa qolmadi».

Bu tanbehdan iqtisodchining ensasi qotdi. Bilmadim, bu qarindoshi bilan keyinchalik ilakishib ketdimi, yo‘qmi, ammo Rauf aka katta vatan masalasida hech kimni, hatto o‘zini ham ayamasdi. Aynan odamlarga hech narsani va hech kimni, vijdon va e'tiqodni sotmay ham yashash mumkinligini o‘zining turish-turmushi va hayoti bilan isbotlab bermoqchiday edi, lekin tan olish kerak, o‘z umri bilan buni isbot qilib ham berdi.

Keyingi yillarda turli nashr va to‘plamlarda e'lon qilinayotgan Rauf Parfi haqidagi xotiralarni o‘qigan kishida agar rostdanam bu xotiralarda yozilgandek, sodiq shogirdlar, vafodor do‘st-yorlar davrasida, salkam Xo‘ja Nasriddin kabi mutoyiba bilan yashaganda edi, ustoz ehtimol, haligacha oramizda yurgan bo‘larmidi, degan bir istehzo uyg‘ongan bo‘lishi tabiiy.

Bu xotiralarda keltirilgan shoir aytgan, aytmagan gaplar, iboralar, hazil-mutoyibalarni o‘qib, Rauf aka sal bo‘lmasa g‘am-qayg‘uni ichiga yuqtirmaydigan afandiga o‘xshab qolgani kishini o‘ksintiradi. Bilmadim, ehtimol, u kishi men bilan o‘sha mualliflarga qilgandek muomala va munosabat qilmagandir?! Har holda, men bilgan Rauf aka bunday emasdi. Yuzlari kulib turgani bilan ko‘zlarida iztirob va dard yurardi. Menga hamisha Rauf aka boshqa narsani gapirmoqchi-yu, lekin tili boshqa narsalarni, xususan, odamlar orasida mutoyibaga aylangan iboralarni atayin gapirayotgandek, qimtilgan lablari alam va uqubatdan titrab ketgandek, yoshlangan ko‘zlarida aslida men sizlarga boshqa narsani gapirmoqchi edim, deyotgandek bo‘lar va o‘zining ojiz, zaif tomonlarini ham yashirmasdi, ammo aynan o‘z e'tiqodiga har mahal sodiq hamda shu e'tiqod bor joyda juda kuchli va irodali, quvvatli va qudratli shaxsga aylana olardi. Har bir mutoyibasi ortida zaharxandalik, achchiq iztirob, nimagadir ishora, va hatto, nimadandir norozilik, kimnidir uzib olishga bo‘lgan ishtiyoq yotardi.

«Jahon adabiyoti» jurnalida ishlab yurganimizda Rauf aka ertalab tong sahardan ishda bo‘lardi. Rahmatli Ozod Sharafiddinov: «Raufni juda tartibsiz deyishardi, yolg‘on ekan-da. Qaranglar, hammamizdan oldin ishda bo‘ladi», – deb maqtagani yodimda. Rauf aka esa bu maqtovdan so‘ng: «Domla, qaniydi, boshqalarning ham hayoti menikiga o‘xshasa, hamma har kuni ertalabdan ishga kelardi. Aslida, mening yashash usulimni hammaga joriy qilish kerak, shunda ishda tartib bo‘ladi», – dedi. Bu gapida alamli istehzo borligini shoirning keyingi oylardagi kechish-kechmishidan xabardor kishilargina angladi. Domla, tabiiyki, Rauf aka navbatdagi uyini ham kimgadir «tuhfa» qilib yuborib, uysiz qolganidan va boradigan joyi yo‘qligi uchun ba'zida kechasi ham ishxonada tunab qolishidan bexabar edi. Rauf aka mayda-chuyda narsalarga bee'tibor edi-yu, lekin ba'zida juda oriyatli edi. Garchi ichib, o‘zini bilmaydigan darajada bo‘lsa ham, mabodo birovnikida yotib qolgan bo‘lsa, tong saharda, hali xo‘roz qichqirmasdan turib, uy egasiga aytmasdan ham chiqib ketardi. Ishga kelib «Nega indamay ketib qoldingiz?» – deb so‘rasak: «Bir zarur ishim bor edi, sizni bezovta qilib o‘tirmadim», – derdi. «Zarur ishi» yo‘qligini biz ham, o‘zi ham yaxshi bilar, birovga og‘irligi tushishni istamagani va ertalabki ortiqcha mulozamatlarga o‘rin qoldirmaslik uchun shunday yo‘l tutardi, bunday vaziyatlarda men ich-ichimda anglagan narsa shuki, o‘zining holatidan xijolat bo‘lgani bois, xonadonning boshqa a'zolari yuziga qarolmagani uchun ham shunday qilardi.

Bizga ba'zida juda jizzaki, taptortmas bo‘lib tuyuladigan Rauf aka oddiy odamlar oldida juda kamtar va tortinchoq edi. Ular bilan o‘ta oddiy va o‘ta samimiy gaplashardi. Shu bilan birga, bu xatti-harakati bilan bizga nimadir demoqchi bo‘lardi. Yana, nazarimda, Rauf aka darbadar hayotni atayin, taqdirga o‘chakishib tanlayotganday, darbadarlikdan qo‘rqadigan biz kabi odamlar ustidan kulayotganday, har gapida istehzo ko‘pchib turardi. Bir marta Farida Afro‘z (Rauf aka bilan bir xonada ishlardik) o‘zining yangi uy olgani, uyi necha xonali ekaniyu, mebellari, uy jihozlari haqida Rauf akaga berilib gapirib bera boshladi. Rauf aka hamishagidek «Yaxshi, yaxshi...ajoyib» deb sigaret chekarkan, bu hikoyaning qachon tugashini kutib o‘tirardi. Farida Afro‘z uyini uzoq ta'riflagandan so‘ng katta qo‘riqchi it olganini va unga atab maxsus, bejirim itxona qurganini aytganda Rauf aka birdan «Oh» deb tizzasiga urdi va o‘rnidan turib ketdi. Farida Afro‘z ajablanib qaradi. «Nima bo‘ldi?!» – deb so‘radi atrofiga alanglagancha. Rauf aka esa pinagini ham buzmay: «O‘sha joyni ham band qilibsiz-da, boyadan beri men umid qilib o‘tirgandim», – dedi odatdagidek tagdor tabassum bilan. Farida Afro‘z «Qaysi joyni?» deb so‘radi. Rauf aka: «Itxonani-da. O‘zim o‘sha yerda yotib, uyingizni qo‘riqlardim. Nima, itdan qayerim kam?» – dedi zaharxandali jilmayish bilan. Farida opa shoirning bu gaplarni navbatdagi mutoyibasi deb bilib qiqirlab kulib yubordi. Ammo bu shunchaki mutoyiba emasdi. Rauf akaning gapida, nim tabassumida o‘z hayotiga, turmush tarzi va boshqalarning tekis, bir maromdagi tirikchiligiga nisbatan istehzo – mazax bor edi. Go‘yo bizning uy-joy, turmush, ro‘zg‘or haqidagi meshchan tasavvurimizdan kulayotgandek, masxara qilayotgandek edi. Jurnalda ishlab yurganimizda Rauf aka deyarli tushlikka chiqmasdi. Ba'zida majburlab olib chiqardik. «Oshqozonni ishdan chiqarasiz, ovqatlanish kerak...» qabilida gapirgan bo‘lsak kerak, xuddi oyoqlariga tosh bog‘lab olganday zo‘rg‘a chiqardi. Ovqatni nomiga yerdi. Ishtahasi bo‘lmasdi. Nima uchunligini hammamiz bilardik. Lekin o‘zimizni bilmaslikka solardik. Ikki-uch martadan so‘ng navbatdagi tushlikka taklif qilsam «Menga qarang, odamni qiynamang, shu tushlikka men uchun ajratgan pulingizni o‘zimga berib qo‘yaqoling, uni nima qilsam o‘zim bilaman, siz ham menga yaxshilik qilganingizdan xursand bo‘lib yurasiz», – dedi. Gapidagi istehzoni sezib tursam ham go‘yo Rauf Parfini o‘zgartirmoqchi va tarbiyalamoqchidek «Yo‘q, birga ovqatlanamiz» – deb olib chiqdim. Rauf aka baribir o‘z aytganini qildirdi. Biz bilan boshqa ovqatlanishga chiqmadi. Tushlikka chiqarkanmiz «Qorin tashvishimi?!» – derdi istehzoli. Bu bilan bizni «chaqib» olardi. O‘zining bunday «tashvish»dan ustun ekanini bildirib qo‘ymoqchiday edi go‘yo. O‘zi esa odatda shoir-yozuvchilar o‘rtasida «Rauf Parfi qabulxonasi» deb nom olgan qahvaxonada tanish va notanishlar davrasida, keyinchalik mashhur bo‘lgan mutoyibalari-yu iboralarini «ijod» qilib o‘tirardi.

Rauf aka va Shukur Xolmirzayev dunyoga faqat adabiyot uchungina kelishgandek edi. Adabiyotdan boshqasini tan olishmasdi. Adabiyot har ikkalasi uchun ham oila, ham vatan, ham e'tiqod ramzi edi. Adabiyot deganda butun boshli xalqni, tilni, millatni tushunishardi. Qolgan barcha narsalarga beparvo edi. Oila, uy-joy, ish-majburiyat, bola-chaqa tashvishlari ular uchun ikkinchi darajali edi. Agar yozishga va o‘z e'tiqodi bilan yashashga xalaqit bersa, bulardan voz kechishga tayyor shaxslar edi. Ammo adabiyotning tub mohiyatidan, tub maqsadidan voz kechishmasdi, adabiyotga xiyonatni, so‘zga xiyonatni, o‘zlari «adabiyot» deb bilgan vijdonga xiyonatni kechira olishmasdi. Ular adabiyotni manfaat quroli qilishmadi. Ular ishga, va tabiiyki, ko‘plar mukkasidan ketadigan mansab-martabaga, amalga, shon-shuhratga beparvo bo‘lishdi, bularni mayda-chuyda narsalar deb bilishardi, ammo adabiyotni xuddi o‘z vatanlariday, o‘z uyiday, o‘z ko‘ngliday himoya qildilar, adabiyot oldidagi burchlarini bir nafas bo‘lsa ham unutishgani yoki mas'uliyatsizlik bilan qarashgani yo‘q. Ular tiriklik paytda adabiy jarayonga kirish eshigida hamisha ularning nigohi turar, bu darvozadan shu nigohga iste'dodi bilan dosh bera olganlargina kira olardi. Bugun biz ana shu nigohlarga har tomonlama ehtiyoj sezayapmiz. Umuman, o‘zbek she'riyatida Rauf Parfi nigohi 60-yillarning oxiridan boshlandi va bu nigoh ostida adabiyotni ham shakl, ham mazmun jihatdan yangilab bergan 70-yillarning avlodi paydo bo‘ldi hamda o‘z so‘zlarini aytishga kirishdi. Ularning so‘zlari qaysidir ma'noda Rauf Parfining so‘zlari, orzulari, intilishlari ham edi. Mening nazarimda, she'riyat haligacha Rauf Parfi adabiy nigohi va iste'dodi bilan yuksaltirib bergan poetik hudud bo‘ylab kezib yuribdi, o‘zini qanchalik shakl-u shamoyilga solmasin, yangi hududga ko‘tarila olgani yo‘q, Rauf Parfi qoldirgan tasavvurni o‘zgartira olgani yo‘q.

Mening nazarimda, Rauf aka hayotga qasdlashib yashadi. Boshqalar intilgan hayot ne'matlari, zavqlaridan o‘zini deyarli tiydi. Rauf aka bilan qariyb yigirma yillik tanishligimiz davrida moddiy ma'nodagi «mazza qilib» degan birikmani eshitganim yo‘q. Hayotga qasdlashgani uchun ham sog‘ligiga, turmush tashvishlariga beparvo edi. Aynan shu beparvoligi shoirni oramizdan erta olib ketdi. Rauf aka e'tiqod, So‘zga munosabat masalasida hamma narsadan, hatto hayotdan ham ustun bo‘lishni istardi. Bugun biz u kishi tiriklik paytiyoq hayotiy tashvishlardan ustun bo‘lganiga, ko‘ngli, qalbi, she'rlari bilan ko‘hna, qari va shafqatsiz hayot ustidan baland kelganiga, baland turganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

#adabiyot

#Rauf Parfi

Mavzuga oid

«Qishloqlarda otasiz avlod paydo bo‘ldi, ularni adabiyotga olib kirish kerak» - «Qo‘rqma» romani muallifi Javlon Jovliyev bilan suhbat

Adabiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori nomi e'lon qilindi

O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi

Chaqmoq yoxud o‘zbek Pushkinining ayanchli taqdiri

Hamkorlik qilish

Korzinka'dan 3-nashr – «Qor Qirolichasi» kitobini farzandlaringizga hadya eting! Super narx tomon yetaklovchi super usullar bilan tanishing!

Asl qadriyatlarga ega xushta'm, o‘zbekona birinchi milliy fast-fud

Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (grija)dan bir kunda qanday xalos bo‘lish mumkin?

EVOS'dan smartfoningni yutib ol!

Ipoteka-bankning yangi formatdagi bank xizmatlari markazi ish boshladi

Anadolu shifokorlari bemor ayolda bir vaqtning o‘zida saratonning uch turini aniqlashdi

Huawei yurak salomatligi va insult bo‘yicha tadqiqot natijalarini e'lon qildi

«Ipak Yo‘li» banki va Mastercard birgalikda «Mastercard bilan omadli xaridlar» aksiyasini e'lon qildi

Korzinka'dan 3-nashr – «Qor Qirolichasi» kitobini farzandlaringizga hadya eting! Super narx tomon yetaklovchi super usullar bilan tanishing!

Asl qadriyatlarga ega xushta'm, o‘zbekona birinchi milliy fast-fud

Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (grija)dan bir kunda qanday xalos bo‘lish mumkin?

EVOS'dan smartfoningni yutib ol!

Ipoteka-bankning yangi formatdagi bank xizmatlari markazi ish boshladi

Anadolu shifokorlari bemor ayolda bir vaqtning o‘zida saratonning uch turini aniqlashdi

Huawei yurak salomatligi va insult bo‘yicha tadqiqot natijalarini e'lon qildi

«Ipak Yo‘li» banki va Mastercard birgalikda «Mastercard bilan omadli xaridlar» aksiyasini e'lon qildi

Korzinka'dan 3-nashr – «Qor Qirolichasi» kitobini farzandlaringizga hadya eting! Super narx tomon yetaklovchi super usullar bilan tanishing!

Asl qadriyatlarga ega xushta'm, o‘zbekona birinchi milliy fast-fud

Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (grija)dan bir kunda qanday xalos bo‘lish mumkin?

EVOS'dan smartfoningni yutib ol!

Ipoteka-bankning yangi formatdagi bank xizmatlari markazi ish boshladi

Anadolu shifokorlari bemor ayolda bir vaqtning o‘zida saratonning uch turini aniqlashdi

Huawei yurak salomatligi va insult bo‘yicha tadqiqot natijalarini e'lon qildi

«Ipak Yo‘li» banki va Mastercard birgalikda «Mastercard bilan omadli xaridlar» aksiyasini e'lon qildi

Tavsiya etamiz

17:51 / 09.12.2021

Surxondaryodagi qariyb 1,5 trln so‘mlik loyihaga pudratchi tendersiz tanlangan. Pudratchi – Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li

13:41 / 09.12.2021

Omikron bo‘yicha ilk tadqiqot: yangi variant mavjud vaksinalarni qisman chetlab o‘tishi mumkin

20:30 / 08.12.2021

80 yil oldin Yaponiya Perl-Harborga hujum qilgandi va AQSh urushga tortilgandi. Fotolar

17:42 / 08.12.2021

“Qanchalik to‘g‘ri tashxis qo‘ysangiz, davolanish uchun shunchalik kam pul sarflaysiz” - biznesda to‘g‘ri xarajat qilish haqida

Muhim


Lenta

Maqola


Media
Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish