Iqtisodiy hayot
Zarafshon daryosida qurilgan ko‘prik — suv ayirg‘ich.
daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg‘ichlari; Nurota tog‘ida Oqchob, Murg‘ob vohasida Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo‘yga, Murg‘obdan Marvga, Vaxsh- dan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.
Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta jon- lantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. 1577- yilda Buxoroda yirik usti berk bozor — Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida
Abdullaxon bandi.
23
Abdullaxon timi.
Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘mida ulkan band (to‘g‘on) qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ra- voqlarini to‘g‘on tepasida turib ochishi yoki berkitishi mumkin edi. Maqsad esa o‘sha atrofdagi bo‘z yerlarni sug‘orib, dehqon- chilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi.
Bu tadbirlar, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan.
Shayboniylar davrida ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘lgan tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qo- g‘oz va qurilish ashyolarini ishlab chiqarish rivojlangan. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan davlat boshqaruvi viloyatlar va tumanlarga bo‘lingan.
Xonlikda oliy davlat idorasi temuriylar davridagidek dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan. Ijro etuvchi hokimiyat ham awalgidek devon (vazirlik) deb atalgan. Unga devonbegi (bosh vazir) rahbarlik qilgan. Katta nufuzga ega bo‘lgan devonbegi ayni paytda davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqargan. Biroq, shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega bo‘lmagan. Bunga dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘lgan.
Yana bir katta davlat mansabi — otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlami shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb
24
atalgan. Balog‘atga yetmagan shahzodalar ulg‘ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlardagi davlat ishlarini ularning nomidan otaliqlar boshqargan.
Yana bir davlat mansabi — parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan.
Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodxoh mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilgan.
Muhim davlat mansablaridan yana biri — ko ‘kaldosh man- sabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolaming munosa- batini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan.
Shayboniylar davlatida eshikog‘aboshi lavozimi ham muhim sanalgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan- ketganlardan xabardor bo‘lib turish masalalari bilan shug‘ul- langan.
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo‘lgan lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon bo‘lgan amaldor esa sud ishlariga yetakchilik qilgan.
Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan. Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakatda jamoat tartibining saqlanishini, diniy marosim va amallarga rioya qilinishini kuzatgan, bozorlarda narx-navo va tarozilarning to‘g‘riligini nazorat qilish bilan shug‘ullangan.
Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag‘larni zarur o‘rinlarda ish- latishni nazorat qiluvchi amaldor hisoblangan.
Xonhkda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib unvoniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan. Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalala- rida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan.
25
Ichki ziddiyatlar Shayboniylar davlatidagi ichki zid-
diyatlar markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarda to‘la namoyon bo‘lgan.
Shayboniylar davrida yer egaligining iqto, suyurg‘ol, tanho va jogir turlari bo‘lgan. Shayboniyxon davrida davlatni katta- kichik mulklarga (suyurg‘olga) bo‘lib idora qilinardi. Bu hol suyurg‘ol egalarining markaziy hokimiyatdan ajralib chiqishiga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni tuzatishga urinib, bo‘ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi. Bu esa mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noro- ziliklariga sabab bo‘ldi.
Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi. Ko‘pchilik omma yersiz bo‘lib, ijaraga yer olib ishlashga majbur edi. Asosiy soliq sug‘oriladigan yerdan olina- digan xiroj bo‘lib, daromadning 30 — 40 foizini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Davlat pulga muhtoj bo‘lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan.
Alioli soliq va jarimalar to‘lashdan tashqari, mehnat majbu- riyatini ham o‘tashi kerak edi. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo‘l va ko‘priklar qurishga, yem-xashak yig‘ishga jalb etishni nazarda tutardi.
Naqib — o‘zlarini Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning
avlodlari deb hisoblovchilar (sayidlar) jamoasi yetakchisi-
ning unvoni.
Yakunlarni chiqaramiz
• Shayboniyxon vafotidan so‘ng suyurg‘ol mulk egalari mustaqil bo‘lish uchun, toj-taxt uchun kurashdilar.
Shayboniyxon qanday islohotlar o‘tkazgan va ulardan qanday maqsadlami ko‘zlagan?
Shayboniylar mamlakat iqtisodiy hayotini rivojlantirish yo‘lida qanday tadbirlami amalga oshirganlar?
Shayboniylar davlatidagi yuqori davlat mansablari xususida so‘z- lab bering.
Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
26
Do'stlaringiz bilan baham: |