O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)


§. XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot



Download 0,85 Mb.
bet18/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

§. XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot

Ta’lim sohasidagi islo- Shayboniylar temuriylar davrida yur- h0tlar timizda yaratilgan yuksak rivojlangan
madaniyatga munosib voris bo‘la olma- ganlar. Shunday bo‘lsa-da, shayboniylar davrida ilm-fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topdi. Bunga ushbu sulola hukmdorlari orasidan o‘z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko‘rsatgan. Chunonchi, Mu- hammad Shayboniyxon, Ko‘chkunchixon va Ubaydullaxonlar o‘z davrining nihoyatda o‘qimishli kishilari bo‘lganlar.
Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalari o‘z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo‘lgan.
Muhammad Shayboniyxon Buxoro va Samarqandni temu- riylardan so‘ng fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida rivojlantirishga harakat qildi. Shayboniylar taTimni rivojlantirish maqsadida islohot ham o‘tkazganlar. Bu islohotning o‘tkazilishiga





Buxoro. Abdullaxon madrasasi.


31




amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta’hm beriladigan bo‘ldi. Maktabda ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi.
XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko‘kaldosh kabi qator madrasalar hamda boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada uch bosqichli ta’lim joriy etilgan, uning har bir bosqichi 7 yildan bo‘lib, 21 yil davom etardi. 0‘quvchilar ilohiyot ilmi, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardi. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo‘lmas edi.
Ilm-fan Shayboniylar davrida tibbiyot, mate-
matika va astronomiya kabi fanlar ma’- lum darajada rivojlangan. Tibbiyot ilmidagi rivojlanish o‘z zamonasida „tabiblar iftixori“ deb sharaflangan Muhammad Mazid, jarroh mavlono Baqo, ko‘z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, „Davolash bo‘yicha dastur“ asari muallifi Sultonali Samarqandiy, „Ko‘z kasalligiga doir asosiy kitob“ asarlari bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulloh Kahhol kabi alloma tabiblaming nomi bilan bog‘liqdir. Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy, mavlono Kavkaviylar, matematika fanining, Muhammad Husayni Buxoriy „Qibla tomonini topish ma’rifati“, Mahmud ibn Ahmad Faroziy esa „Oy fazolarining tenghgi haqida risola“ asarlari bilan astronomiya ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shganlar.
Shayboniylar davrida tarix fani sohasida ko‘plab yirik tarixiy asarlar yaratilgan. Ular orasida Kamoliddin Binoiyning „Shay- boniynoma“, Muhammad Solihning „Shayboniynoma“, Mu- hammad Haydarning „Tarixi Rashidiy“, Fazlulloh ibn Ro‘zbe- xonning „Mehmonnomayi Buxoro“, Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma“, „Sharhnomayi shohiy“, Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning „Tarixi jadidayi Toshkand“ kabi asarlari shular jumlasidandir. K. Binoiyning „Shayboniynoma“ asari


32




Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o‘rtalaridan
XVI asr boshlarigacha bo‘lgan davr voqealarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o‘rtasidagi
munosabatlar haqida muhim mahumotlar beradi.
Muhammad Solihning „Shayboniynoma“si esa o‘zbek tilida
yozilgan asar bo‘lib, u Shayboniyxonning harbiy yurishlariga
bag‘ishlangan.
„Abdullanoma“ asari mualhfi mazkur asarini Chingizxonning
Movarounnahr istilosi, chingiziylar hukmronligining o‘matilishi,
Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi,
Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o‘limidan so‘ng
Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol, Abdullaxon II ning
mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish yo‘lida olib borgan
kurashi tarixiga bag‘ishlagan.
Adabiyot Shayboniylar davrida adabiyot ham ri-
vojlandi. Bu davr adabiyotida M. Shay-
boniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, K. Binoiy, M. Solih va
Mushfiqiylar alohida o‘rin tutadi.
Umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o‘tkazgan Mu-
hammad Shayboniyxon ayni paytda she’riyat bilan ham shug‘ul-
langan. U o‘zidan yuqori saviyah badiiy asami meros qilib qoldirgan.
Uning asarlari bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlariga olib
ketilgan. Masalan, yozib qoldirgan she’rlari to‘plami bo‘lmish
„Devon“i Istanbul shahri kutubxonasida saqlanib kelinmoqda.
Shayboniyxon o‘zining she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va
Buxoro shaharlarini eng ko‘p madh etgan. Chunonchi, bir she’rida
Samarqandni jannatga qiyoslaydi:
Jannati ma ’no bog‘i Samarqand emish,
Kavsari a io degan obi Samarqand emish.
Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘laydi:
Bir xayolim bor ko ‘ngulkim pir vafly aylayin,
Ul Buxoro shahrida Ka 'ba tavofin aylayin.
Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining
g‘azal, mboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta
hissa qo‘shgan. U „Ubaydiy“, „Ubaydullo“ va „Qul Ubaydiy“
taxalluslari bilan ijod qilgan.
3 — 0‘zbekiston tarixi, 8-sinf


33



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish