O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)



Download 0,85 Mb.
bet26/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

Tarixnavislik


48




tiladi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Valining „01iyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi“ („Bahr ul-asror“) asarida Movarounnahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shahar- lar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli mahumotlar bayon qilinadi. Shuningdek, bu davrda Muham- mad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“,
Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma“, Muhammad ibn Muham- mad Zamon Buxoriyning „Tarixlar dengizT, Abdurahmon Tole- ning „Abulfayzxon tarixi“ kabi muhim asarlar yaratildi.
Adabiyot XVII—XVIII asr birinchi yarmida
adabiyot ancha rivoj topdi. Bu davr adabiy muhitida Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir, 1644 — 1721)ning o‘mi katta. U kesh (Shahrisabz)lik. Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari „To‘rt unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o‘simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o‘z qarashlari bayon etiladi.
Bedilning „Irfon“ („Bilim“) dostonida falsafa, tarix va ilo- hiyot masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo‘lib, to‘xtovsiz harakat qiladi va o‘zgarib turadi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlami qoralaydi. Bedil Turkistonda „Abulma’oniy“ („Ma’nolar otasi“) degan nom olgan.
Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Zamon- doshlari uni „Buxoro shoirlari taxtida sulton“ deb ulug‘laganlar.
Uni mashhur qilgan „Hayvonotnoma“ nomli majoziy munozara asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoh orqali yer egalari va amaldorlaming mehnatkash xalqqa yetkazgan jabr- zulmlarini, ularning adolatsizligini, poraxo‘rligi va ma’naviy jihatdan pastkashliklarini fosh etadi. Shoir asarida bo‘ri va sher timsolida yer egalarining yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib tashlaydi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g‘alaba qozonsa-da, mehnatkash xalq timsoli bo‘lgan chumolidan yengiladi. Bu shoiming mehnatkash xalq ham bir kun emas, bir kun jabr- zulmdan ozod bo‘lishi yo‘lidagi orzusi edi.
Bu davr adabiyotida Turdi Farog‘iy ham munosib o‘rin egallaydi. Turdi jamiyatdagi adolatsizliklami, Subhonqulixonning xalqni og‘ir soliqlarga duchor etganligini, uning oqibatida xalq tortayotgan azob-uqubatlarini ro‘yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi:


4 — 0‘zbekiston tarixi, 8-sinf


49






Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo‘ymadingiz bitini.
Turdi xalqning tilidan, mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik, u keltirib chiqargan qirg‘in-barot urushlami la’natlagan. Urug‘ va qabilalami birlashishga va o‘zaro hamkorhk qihshga da’vat etgan. Urug‘ oqsoqollarini va beklami bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan.
Bu o‘rinda Turdining „Tor ko‘ngullik beklar“ she’ri alohida ahamiyatga ega:
Tor ko‘ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidir, tenglik qiling...
Me’morchilik Buxoro xonligi tasarmfidagi hudud-
larda me’morchilik ham ancha rivoj topdi. Ko‘plab masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar barpo etildi. Ulaming bunyod etilishida temuriylar davrida qurilgan me’moriy obidalar andaza bo‘lib xizmat qilgan.

  1. asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyo- fasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir 1619 — 1635-yillarda vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida Ulug‘bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646 -1660-yillarda Tillakori madrasa-masjidini o‘z mablagMari lhsobidan bunyod ettirgan, unga tilladan ishlov





Samarqand. Registon ansambli.


50





Buxoro. Nodir devonbegi madrasasi.


berish, bezash ishlari bajarilgan. Samarqand Registon ansambli o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor pesh- toqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo me'mor- chiligining noyob tarixiy yodgorligi bo‘lib, bugungi kunda jahon jamoatchiligi, sayyohlar c'tiborini o‘ziga jalb qilmoqda.
Buxoroda yirik me'moriy majmua — Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Nodir devonbegi 1620-yilda bozor maydoni o‘rtasida bo‘yi 45 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo‘lgan katta hovuz qurdirib, atrofmi shag‘al, marmar va toshlar bilan mustah- kamlattiradi. Hovuz atrofida Nodir devonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko‘kaldosh madrasasi, Emazar elchi madrasasi bun- yod etiladi.
1652-yilda Buxoro shahrida Abdulazizjcon qurdirgan qo‘sh imoratli madrasa mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadigan, o‘z zamonasi mc'morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi.
Yakunlarni chiqaramiz

  • XVII asrda Buxoro xonhgi hududlarida 150 dan ortiq madrasa faoliyat yuritgan.

  • XVII asrda Samarqanddagi Registon ansamblining hozirgi

qiyofasi shakllandi.


51




T/r

Savollar

T/r

Javoblar

1.

Ashtarxoniylar sulolasidan bo‘lgan xonlarning ro‘yxatini tuzing.







2.

Xonlikni parokandalikka olib kelgan sabablar.







3.

Yerga egalik qilishning turlari.







4.

Maktab va madrasalarda o‘qish-o‘qitish jarayoni.







5.

Badiiy adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shgan namoyandalar va ulaming asarlari nomlari.








52













Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish