O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)


§. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot



Download 0,85 Mb.
bet22/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

§. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Davlat boshqaruvi


Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va
boshqaruvi o‘z tuzilishi, mohiyati
jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi.
Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy
hokimiyat boshlig‘i — Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy


43




va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo‘lgan lavozimlar saqlanib qolgan (6-§ ga qarang).
Shunday bo‘lsa-da, ayrim o‘zgarishlar ham amalga oshirilgan. Chunonchi, shayboniylar davrida devonbegi xondan keyingi shaxs bo‘lgan bo‘lsa, endi otaliq lavozimidagi shaxs bunday martabaga ega bo‘lgan. Shuningdek, ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag‘i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan.
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo‘linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomo- nidan tayinlangan. Shuni ta’kidlash lozimki, eng yuqori davlat lavozimlariga qudratli o‘zbek qabilalarining boshliqlari tayinlan- gan. Bu esa mazkur qabilalaming xonlikdagi mavqeyini yanada kuchaytirgan. Harbiy sohada doimiy qo‘shin, markaziy harbiy qo‘mondonlikning yo‘qligi, qo‘shinning zamonaviy qurol- yarog‘lar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o‘ta zaiflashuviga ohb kelgan.


Yer egaligi munosa- batlari


Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qi-
lishning, ilgarigi asrlarda amalda bo‘l-
ganidek mulki sultoniy, xususiy mulk,
vaqf yerlari shakllari mavjud edi.
Mulki sultoniy
davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan
daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o‘sha
joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yemi ishlatib,
olingan hosildan xiroj solig‘i to‘laganlar.
Xon davlat tasarmfidagi yerlami, aholi yashaydigan qish-
loqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga
suyurg‘ol shaklida, harbiy qism boshliqlari va saroy amaldorla-
riga tanho shaklida in’om qilardi.
Suyurg‘ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq
to‘lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodoming
xususiy mulki bo‘lmagan. Bu o‘rinda tanhodor o‘sha yerlarda
ishlayotgan dehqonlardan soliq yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lgan.
Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko‘rsatgan alohida xizmatlari
uchun ham yer-mulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliq-
lardan ozod qilinardi va shu boisdan ular ,Mulki hurri xolis“
deb atalardi.
Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan


44



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish