O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Pedagogika fakulteti amaliy psixologiya
yo’nalishi 193-guruh talabasi
Madraximov Akbarning “Umumiy pedagogika”
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Topshiruvchi: A.Madraximov
Qabul qiluvchi: M.Avezova
Urganch – 2022
Mavzu: “Avestoda” ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar
REJA:
1. «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarni o’rganish zaruriyati
2. «Avesto»dagi pandnomalarning pedagogik mohiyati.
3. «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlar.
«Avesto» - hikmat va saboqlar hazinasidir. Bu asar jahon tsivilizatsiyasi va umumbashariy ma’naviyat taraqqiyotiga beqiyos katta ta’sir ko’rsatdi, insonning har jihatdan barkamol va ozod bo’lishini madh etdi. Meloddan avvalgi II ming yillik o’rtalaridan I ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan «Avesto» ko’p qirrali asar bo’lib, u ilk davlatchilik munosabatlari, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’rifiy-ahloqiy qarashlarning ibtidosi va takomili haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Demokratik huquqiy jamiyatni qaror toptirish jarayoni davom etayotgan bugungi sharoitda yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish madaniy meros, jumladan «Avesto» saboqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Zero, jamiyat a’zolari, hususan, yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo’lib etishishlarida ajdodlar an’anasi va o’tmish qadriyatlari muhim vosita bo’lib hizmat qiladi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida qayd ta’kidlanganidek, «milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftihor tuyg’usining shakllanayotgani, boy milliy, madaniy-tarihiy an’analarga va halqimizning intellektual merosiga hurmat yoshlar tarbiyasidagi muhim omil sanaladi».
Zero, «Avesto»da ifodalangan masalalar asosini ma’naviy-ahloqiy qarashlar tashkil etadi. Ahloqiy me’yorlar hayotning bosh mezoni sifatida belgilangan bu asarda shahsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, hulq atvori haqida ibratomuz fikrlar o’z ifodasini topgan. Hususan, shahs tarbiyasida oila, jamiyat, mehnat, hunar va ta’lim hamda ustozning o’rni kabi qator masalalar yoritilgan.
Shuning uchun ham ko’p asrlar davomida Sharqda yoshlarga ilmu ma’rifat o’rgatish va odob-ahloq fazilatlarini singdirishda zardushtiylik ta’limotiga amal qilib kelingan. Bu esa, «Avesto»dagi pedagogik, hususan, ahloqiy tarbiyaga oid qarashlarni chuqur o’rganish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunga qadar «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarga oid ayrim maqolalar e’lon qilingan bo’lsa-da, ammo bu sohada mahsus dissertatsion tadqiqot amalga oshirilmagan.
Zardushtiylarning odob, yahshi hulqqa doir hayotiy tajribalaridan hozirgi avlod, umuman, yangilanayotgan jamiyat a’zolarining ma’naviy-ahloqiy kamolotiga erishish yo’lida ijodiy foydalanish imkonini yaratadi.
«Avesto»ga qiziqish o’zining uzoq tarihiga ega. U dastlab kitob shaklida tartib berilishi, so’ngra parokanda qismlarining qayta tiklanib, tugal holga keltirilishi (VI asr o’rtalarida) hamda XVIII asrdan hozirgacha tarjima va tadqiq etilishi kabi jarayonlarni boshdan kechirdi. Zardushtiylik ta’limoti, uning payg’ambari Zardusht hamda «Avesto» haqidagi qator qimmatli ma’lumotlar Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va boshqa Sharq allomalarining ilmiy-tarihiy hamda badiiy asarlarida uchraydi.
«Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarni o’rganish
Zardushtiylik insonning muayyan bosqichda tabiat va jamiyatga munosabati, narsa va hodisalarni o’ziga hos tushunish tarzi, ruhiy–ma’naviy e’tiqodi kabi omillar zaminida paydo bo’lgan. Halqimiz ma’naviyatining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan ilk milliy-tarihiy, diniy-falsafiy va ahloqiy–ta’limiy asoslar, avvalo, ana shu ta’limot bilan aloqadordir.
Tabiiyki, bu ta’limot birdaniga shakllanmadi. Moddiy–iqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha jabhalarini insonparvarlik tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan zardushtiylik murakkab yo’lini bosib o’tdi. Barcha dinlardagi qat’iy qonun–qoidaga asoslanganlik unga ham hosdir. Zardushtiylik o’z farzlari va sunnatlari bilan ko’phudolilik, jaholat, qirg’in, qavm va elatlararo nizolar, ma’naviy tubanlik, ahloqsizlik kabi illatlarga qarshi kurashda vujudga keldi, chiniqdi, tugal ta’limotga aylandi.
Ilohiy va dunyoviy salohiyat sohibi, ezgulik yalovbardori Zardusht asos solgan bu din mazmuni umumbashariy ta’limiy mohiyati bilan katta nufuzga ega bo’ldi. Zero, «Sharq dinlari nafaqat ijtimoiy ong shakli, balki turmush tarzi hamdir, chunki ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi». Bu fikr zardushtiylikka to’la dahldordir. Uning muqaddas kitobi «Avesto» boshqa diniy kitoblar kabi qomusiy harakterga ega bo’lib, odam va olam munosabatlari, shahs faoliyati haqida juda boy ma’lumotlar beradi. Muhimi shundaki, bu qarashlarning umumiy mazmunini yagona nuqtada jamlovchi va zardushtiylikning tub mohiyatini ifodalovchi bosh g’oya bor: bu – go’zal ahloq, ma’naviy poklik, etuklik hamda ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amaldir. Bu g’oyaga alohida urg’u berilishi va inson tafakkurining mutloq borliq bilan aloqadorligining ustuvorligi jihatiga ko’ra zardushtiylik boshqa dinlardan farqlanadi.
Pedagogika fanlari doktori S.Nishonova uqtirganidek, «Avesto»dagi ahloqiy uchlik g’oyasi eng qadim davrlardan boshlab, kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ta’limiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’ldi. Bu fikrni professor I.Jabborov ham quvvatlab, «Turli diniy tasavvurlar bilan boyigan zardushtiylikni sinkretik (qorishiq) din hisoblaydi va uning boy ahloqiy g’oyasi keyinchalik jahon dinlari ta’limotlariga ta’sir ko’rsatganini» ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, ajdodlarimizning aql–zakovoti bilan yaratilgan «Avesto» kitobidagi ilohiy mazmun va teran pedagogik qarashlar insoniyat tafakkuri tarihida alohida o’rin tutadi. Asardagi ijtimoiy, ta’limiy–ahloqiy, diniy–ma’rifiy fikrlar o’zining umumbashariy mohiyati bilan hamma zamonlar uchun dolzarb va ibratlidir. Zero, O’zbekiston Respublikasi еспубликРеспубликаси Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «bu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi». Ana shu hayotiy mazmun tarkibining katta qismi ahloq-odob masalalariga bag’ishlangandir. SHu bois, «Avesto» ezgulik falsafasi, ahloq kodeksi hamdir.
«Avesto»dagi ahloqiy qarashlarga munosabatda zardushtiylik ta’limoti rivojidagi bosqichlar, kishilarning turli davrlarga oid turmush tarzi va ma’naviy-maishiy sharoitlarni hisobga olish zarur. Tadqiqotlarda bunday bosqichlar uchtaligi ta’kidlanadi. Jumladan:
1) Jamiyat hali sinflarga bo’linmagan davrlarda urug’, qabila va elatlarning ijtimoiy-ahloqiy qarashlari aks etgan bo’lib, unda ko’phudolilik aqidasi saqlangan va tabiat kuchlarini ilohiylashtirish mavjud edi.
2) Ko’phudolilikdan yakka Tangri Ahura Mazda ta’limotiga o’tish va Zardusht payg’ambarlik faoliyatining boshlanish davri.
3) Ezgulik va yovuzlik kurashi, mazdaparastlik-zardushtiylik dini ta’limoti davri.
Bu bosqichlarning har biridagi ijtimoiy-ahloqiy qarashlar «Avesto»ning muayyan qismlarida o’z ifodasini topgan. Jumladan, birinchi bosqichga hos qarashlar, asosan, YAsht va Vendidodda aks etsa, ikkinchi bosqich uchun bevosita muallifi Zardusht bo’lgan Got (goh)lar harakterli deb hisoblanmoqda. Uchinchi bosqichda yuqoridagi davrlarda mavjud bo’lgan qarama–qarshi aqidalar, kuchlarning yakka Tangri g’oyasi uchun murosasiz kurash jarayoni bayon etiladi. Ikkinchidan, deyarlik ikki ming yillik davrda shakllanib, takomillashib borgan bu ma’naviy ta’limot tarihiy sharoit va zamonlar taqozosi bilan muayyan o’zgarishga uchragani tabiiydir. «Avesto»ning asl nushasi qadimgi sankrit tiliga yaqin tilda yozilgan bo’lib, turli ofat va johilliklar natijasida uning ayrim qismlari nobud bo’lgani ma’lum. So’nggi asrlarda «Avesto» qismlariga turli ahloqiy–ma’naviy, huquqiy qarashlar, diniy urf–odatlar talqinlari qo’shilib borgan. Jumladan, sosoniylar sulolasining dastlabki podshohi Ardasher Bobokon Hirbadan nomli donishmandga «Avesto»ni qayta tiklash vazifasini buyurdi. U bir qancha zardushtiy ulomalar bilan hamkorlikda obidani qayta yozib olib, tartib beradi, shuningdek SHopur II davrida Ozarpod Mehrospod ham «Avesto»ning parokanda qismlarini to’plab, alohida majmua tuzadi . IX asrda o’rta forsiy tilda yozilgan «Dinkard» asarida «Avesto»ning tarkibiy qismlari, zardushtiylikning ahloqiy, diniy–falsafiy va ma’naviy mundarijasi haqida ma’lumotlar keltirilgan .
Zardushtiylik dini va «Avesto» kitobining shakllanish va qaror topishidagi bu uzoq davrlar, shubhasiz, ular g’oyaviy mazmunidagi qarashlarning tadrijiy takomili, ijtimoiy tuzumlar bilan bog’liq jihatlarini ham ifodalaydi. Jumladan, zardushtiylikning ilk kurtaklari paydo bo’layotgan ibtidoiy jamoa davri uchun harakterli ahloqiy–ma’naviy qarashlar umummanfaatlarini ifoda etgan bo’lsa, sinfiy jamiyat va mulkiy tabaqalashish kuchaya borgan sari ular mohiyatida yuqori tabaqa vakillarining manfaatlari ham aks etgan. Lekin «Avesto»ning asosiy mazmun–mohiyatini ezgulikni ulug’lash, inson shahsining kamolotini ta’minlash uchun kurash g’oyasi belgilaydi. Zero, Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy aqidalarni o’rganib, ibodat bilan shug’ullanishga da’vat etibgina qolmaydi, balki ularni faolikka, yaratuvchilikka undab, jaholatga qarshi ma’rifat uchun intilishga ruhlantiradi. SHuning uchun ham avestoshunos olimlarning Zardusht SHarq falsafiy tafakkuriga ahloq kategoriyasini olib kirganligini tan olishlari tasodifiy emas.
Zardushtiylik ta’limoti voqelikni ilohiy tafakkur asosida tushunishga asoslangan. Bu hol bashariyat ijtimoiy ongidagi dastlabki bosqichlarga oid tabiat va jamiyat haqidagi ibtidoiy tushunchalar bilan bog’liqdir. Jumladan, eramizdan avvalgi IX asrda shakllana boshlagan bu ta’limotda insonlarning tabiat hodisalarida ilohiy qudrat va pinhoniy sirni tasavvur qilganliklari, muayyan timsollarni ularning ifodasi sifatida tushunganliklari aks etgan. Ko’phudolik ham shunday tasavvurlar natijasidir. Davrlar o’tishi bilan voqelikni ilohiylashtirish jarayoni yakka hudolikka olib keldi. Natijada umuminsoniy qarashlar ham ilohiylashtirildi, dunyoviy hayot muqaddaslashtirildi. Bu hol zardushtiylik ta’limotidagi ta’limiy–ahloqiy qarashlarda ham aks etdi.
SHu bilan birga, «Avesto» va uning turli davrlarda yaratilgan qismlari mazmunida dunyoviylik, ma’bud va ma’budalar mohiyatida insoniylik (ko’pincha hukmdor, jahonpahlavon, malika) hislatlari namoyon bo’la boshladi. Boshqacha aytganda, ilohiy mifologik qarashlar saqlangan holda ular aniq hayotiy va inson taqdiri muammolari tasviriga qaratildi. Natijada barkamol inson va jamiyat munosabati kontseptsiyasi vujudga keldi. Mazdaparastlik ta’limotining butun mohiyati ana shu kontseptsiya talqinida namoyon bo’ladi. SHuning uchun ham «Avesto»dagi ta’limiy-ahloqiy qarashlarni o’rganish, undagi hayotbahsh g’oyalardan bugungi ta’lim tizimida foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish o’ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |