O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)


Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod



Download 0,85 Mb.
bet29/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod




Muhammad Rahimbiy mustaqillikni da’vo etib yurgan
Miyonqol, Nurota, Qo‘bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda
Urgut bekliklarini to‘rt yil davomida o‘ziga bo‘ysundirdi. Ayni
paytda, u markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan
qabilalami turgan joyidan ko‘chirtirib yuborish siyosatini tutdi.
Masalan, burqut, qipchoq, yetti urug‘, bahrin, yuz, kenagas,
saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday siyosat yuritildi.
Muhammad Rahimbiy yirik yer ega-
larining davlatni boshqarish ishlarida
shu vaqtgacha davom etib kelgan
aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday bo‘lsa-
da, u barcha viloyatlaming markaziy hokimiyatni tan olishlariga
to‘la erisha olmadi.
Muhammad Rahimbiy vafotidan so‘ng uning amakisi Do- niyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi (1758—1785). U o‘z qo‘shinini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho qihb berdi. Xalqdan olinadigan soliqlami ko‘paytirdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko‘lob, 0‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalarining o‘zboshimchaligini esa sindira olmadi. 0‘g‘illaridan biri Shohmurod darveshona hayot kechi- rar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratardi. Xalq orasida obro‘si katta bo‘lgani uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni topshirdi.
Amir Shohmurod (1785 — 1800) Amir Doniyolbiy otaliq- ning to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanib, yoshligidan xudojo‘y, porso bo‘lib o‘sgan. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi tarafdori, targ‘ibotchisidan biriga aylanadi. Xalq unga hurmat bilan „amiri ma’sum“
(begunoh amir) unvonini bergan.
Shohmurod o‘z faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. 0‘zi ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Masalan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo‘z ko‘ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo‘z salla, oyog‘iga echki terisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda kavush kiygan.
Amir Shohmurod Samarqand shahrida katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Shahar markazida olti qirrali chorsu qurilib, „Toqi musaddas“ deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislami o‘zi tayinlagan.


55




Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan.
Amir Shohmurod islohotlar o‘tkazib, davlatni mustah- kamlashga erishdi. Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni ka- maytirdi. Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirgan.
Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi.
Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi.






Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish