Marg‘ilon
Marg‘ilon (Marg‘inon) shahriga bun-
dan 2000 yil awal asos solingan. Olim-
lar shaharning nomi „Maysazor“, „0‘tzor“ degan ma’noni
anglatadi, deb taxmin qiladilar. „Bobumoma“ asarida Marg‘ilon
Farg‘onadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi,
shirin mevalari haqida so‘z yuritilib, uning „donayi kalon“ deb
ataluvchi anori va „subhoniy“ navli o‘rigi maqtalgan.
Marg‘ilonning Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi hunarmand-
chilikning gullab-yashnashiga sabab bo‘lgan. Uning atlas to‘qish
turi nihoyatda rivojlangan. Aynan Marg‘ilon atlasi uni jahonga
mashhur qilgan. Marg‘ilon shahri qadimdan ilm-fan va madaniyat
markazi ham bo‘lgan. Shu tufayli shahar dunyoga mashhur
huquqshunos alloma Burhoniddin Marg‘inoniyni yetkazib
berganhgi bejiz bo‘lmagan. Marg‘ilon Qo‘qon xonligi davrida pilla
sotiladigan asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko‘plab pillakashlik
va shoyi to‘qish ustaxonalari bor edi. 2007-yilda Marg‘ilon
shahrining 2000 yilligi nishonlandi.
Markaziy Osiyoning mashhur shahar-
laridan biri bo‘lgan Andijon „Buyuk ipak
yo‘li“da bunyod etilgan. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“,
„adoq“ kabi umg‘ atamalari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Arablar
Andijon
127
Namangan
istilo qilgan davrda shahar „Andukon“ deb atalgan. Andijon XV
asrdan boshlab Farg‘ona vodiysining markaziga aylangan.
Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Andijonda xo‘jalik,
fan va madaniyat ravnaq topgan. U „Bobumoma“da Andijon
haqida: „Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi
bo‘lur... Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidin
so‘ngra mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qtur. Uch darvozasi bor.
To‘qqiz tamov suv kirar“ deya ta’rif bergan.
Qo‘qon xonligi tashkil topgach, endi u Andijon bekligining
markazi bo‘lib qoldi. XIX asr o‘rtalarida Andijon 4 dahaga bo‘lin-
gan. Har dahaning qozisi, mingboshisi bo‘lgan. Dahalar oqsoqol
boshliq mahallalarga bo‘lingan.
Namangan shahri ham xonlikning yirik
shaharlaridan biri edi. Uning nomi man-
balarda XVII asrdan boshlab uchraydi. 1620-yilda Farg‘onaning
qadimgi poytaxti Axsikat qattiq zilzila oqibatida vayron bo‘l-
ganligi uchun aholi Namangan atrofiga ko‘chgan. Namangan tuz
koni („namak kon“) yaqinida qurilgan edi. XVIII asrda Qo‘qon
xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bo‘lgan. Namangan aho-
lisi hunarmandchilik bilan shug‘ullangan.
1819 — 1822-yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta
Yangi ariq kanali qazilib, shahaming suv ta’minoti yaxshi-
langan. 1842 — 1845-yillarda shahar baland devor bilan o‘ralgan.
2009- yilda 2200 yilligi nishonlangan
Toshkent ham Markaziy Osiyoning qa-
dimgi shaharlaridan biridir. U turli davrlarda Choch, Shosh,
Binkat kabi nomlar bilan atalib kelingan. XI asrdan boshlab esa
hozirgi nomi bilan atala boshladi.
Toshkent o‘z tarixida turh davrlarda yurtimizga bostirib kirgan
davlatlarga qaramlik davrlarini boshidan kechirgan.
1503-yilda esa Shayboniylar davlati tarkibiga kiritildi. XVI
asrda shaharda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Chunonchi, Baroqxon, Ko‘kaldosh madrasalari kabi me’moriy
obidalar bunyod etildi.
1723- yilda Toshkentni ko‘chmanchi jung‘orlar egallab
olganlar. Jung‘orlarga qaramlik 1758- yilgacha davom etgan.
Shundan so‘ng shaharda to‘rtta mustaqil hokimlik qaror topgan.
1784-yilda 4 hokimlik tugatilgach, 1810- yilgacha Yunusxo‘ja
Do'stlaringiz bilan baham: |