O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)



Download 0,85 Mb.
bet49/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

Ichki va tashqi savdo


80




tushgan. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bozor yo‘lining ikki tarafiga ustaxona- do‘konlar qurilgan.
Bozordagi savdo o‘rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy
deb ataluvchi alohida soliq olingan.
Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.
XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq birmuncha yo‘lga qo‘yila boshlandi. Xiva elchilari, asosan, gazlama va to‘qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qora- ko‘l terisi, o‘simliklardan tayyorlangan bo‘yoqlar ham olib borilgan.
Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar.
XVI—XVIII asrning birinchi yarmi Ilm-fan Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti
butunlay to‘xtab qolgani yo‘q. Bu davrda tarix ilmi o‘ziga xos o‘rinda turgan. Chunonchi, Xiva xoni Abulg‘oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi.
Abulg‘oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“ asarlari bilan o‘chmas nom qoldirdi.
„Shajarayi turk“ asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512—1663-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealar, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida mahumotlar berilgan.
Abulg‘oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o‘z- bek tili yozma yodgorligi, deb hisoblashadi.
Vengriyaning mashhur sharqshunosi X. Vamberi „Abul- g‘oziyning ^Shajarayi turk“i uchun butun dunyo undan minnatdor“, deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko‘plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda.
Abulg‘oziyxonning topshirig‘i bilan „Dastur ul-amal“ asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas.


6 — 0‘zbekiston tarixi, 8-sinf


81




Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo‘lyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish