MAVZU:№2. NERV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI.
Reja: 1. Nerv tizimining ahamiyati va funksiyasi, nerv hujayralari
2. Qo’zg’alish va tormozlanish
2. Sinapslar. Nerv tolalar.
3. Neyronning shakllanishi
4. Markaziy asab tizimi. Orqa miya.
5. Bosh miya. Keyingi miya, O‘rta miya, Oldingi miya.
6. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i.
7. Nerv tizimi gigienasi.
8. O‘quv jarayonini tashkil qilinishi.
Maqsad vavazifalar:Talabalarga nerv tizimining ahamiyati, funksiyasi, yoshga oid xususiyatlari, qo’zg’alish va tormozlanish, sinapslar, neyronlar vazifalari, markaziy asab tizimi, nerv tizimi gigiyenasi haqida ma’lumotlar beriladi.
Talabalar bilishlari va bajarishlari shart:
Talabalar dars jarayonida va mustaqil electron darslik va boshqa adabiyotlardan foydalanibnerv tizimining ahamiyati, funksiyasi, yoshga oid xususiyatlari, qo’zg’alish va tormozlanish, sinapslar, neyronlar vazifalari, markaziy asab tizimi, nerv tizimi gigiyenasi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim.
Tayanch so’zlar: nerv tizimi, qo’zg’alish, qitiqlanish, bioelektrik harakatlar, markaziy nerv tizimi, vegetativ nerv tizimi, neyron, glial hujayralar, orqa miya, bosh miya, sinaps, refleks, reflektor yoyi, katta yarim sharlar po‘stlog‘i.
Nerv tizimining ahamiyati va funksiyasi
Fiziolog olim Pavlov nerv tizimining ikki muhim funksiyasi oliy va tuban funksiyalari mavjudligini uqtirib o’tadi. Oliy funksiya organizmni tashqi dunyo bilan aloqasini bog’lab turadi. Oliy funksiya oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshirilib, unda katta miya yarim sharlari va po’stloq osti yadrolari ishtirok etadi.
Tuban funksiya esa organizmdagi barcha to’qimalar, organ va sistemalar ishini boshqarib boradi. Tuban funksiya oliy nerv faoliyati va nerv-gumoral yo’li bilan boshqariladi.
Nerv hujayrasi o’zining barcha o’simtalari bilan birga neyron deyiladi. Ha bir neyronda yadro va sitoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o’tkazgich membrana pardasi bilan o’rab olingan bo’lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar konsentratsiyasi belgilangan normada saqlanadi. Qo’zg’alish tufayli membrananing ionlar o’tkazish qobiliyati o’zgaradi, natijada u yerda potensiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv hujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lib, u yerda qon harakati juda intensive bo’ladi. Nerv hujayrasining eng uzun o’simtasi akson deyiladi (1-rasm). U yumshoq po’st nevrolema bilan o’ralgan. Uning tagida Shvannov po’stlog’ining yadrosi joylashgan. Bu qismlar nerv tolasi uchun ajratuvchi myelin po’stini hosil qiladi va trofik funksiyani bajaradi. Mielin po’sti oqsillar va lipidlardan iborat bo’lib, nerv tolalarini bir biridan izolyatsiya qilish funksiyasini bajaradi.
Nerv tolasining ichki tomonida neyrofibril tolalari bo’lib, ular nerv tolasini ancha baquvvat saqlaydi. Shvannov hujayralari birikib nerv tolasi atrofida maxsus po’st hosil qiladi, ular o’rtasida esa maxsus bo’shliqlar bo’lib, ma’lum suyuqlik bilan to’lgan.
1-rasm.
Nerv hujayrasi
Shu oraliq orqali membrane tashqi muhit bilan bog’lanadi. Renve halqasida potensiallar generatsiyasi bo’lib, qo’zg’alishning navbatdagi tolaga o’tishini ta‘minlaydi.
Nerv tolasini nerv hujayrasidan ajratsak, degeneratsiyalanadi. Lekin ma‘lum vaqt o’tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchan muskullargacha qayta tiklanishi mumkin. Nerv tolasining sutkalik regeneratsiyasi 2-4 mm. Nerv tolasining yo’g’onligi 4-16 mikron bo’lishi mumkin. Odatda, yo’g’on tolalardan ta‘sirning o’tishi ingichka tolalarga qaraganda ancha tez bo’ladi. Nerv tolasi muskul bilan birlashgandan keyin mielin po’stini yo’qotadi va harakatlarini hosil qiladi.
Nerv tizimi umuman olganda butun bir organizmda moddalar almashinuvi jarayonini boshqarib, barcha organ va sistemalarning tuzilish, o’sishi va rivojlanishini ta‘minlab turadi (2-rasm).
2-rasm.
Nerv tizimi butun bir organizm faoliyatini boshqarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |