O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi


O‘sish va rivojlanish haqida tushuncha



Download 9,5 Mb.
bet3/64
Sana02.04.2022
Hajmi9,5 Mb.
#525026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Yoshlar fiziologiyas

2. O‘sish va rivojlanish haqida tushuncha.

Individual rivojlanish qonuniyatlariga doimiy o‘sish va rivojlanish, o‘sish va rivojlanish geteroxroniyasi hamda rivojlanish akseleratsiyasi va retardatsiya holatlari kiradi.


O‘sish va rivojlanish.O‘sish va rivojlanish jarayonlari organizmning umumbiologik xossasi bo‘lib, u tuxum hujayrasining urug‘lanishidan boshlanadi va har bir organizm hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
O‘sish deb, organizmdagi miqdor o‘zgarishlariga aytiladi, ya’ni hujayralar sonining ko‘payishi, a’zolar massasining ortishi va h.k. Rivojlanish esa sifat ko‘rsatkich bo‘lib, asosan funksiyalarning o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Rivojlanish uch xil, ya’ni jismoniy, aqliy va jinsiy bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida organizmda ham miqdor, ham sifat o‘zgarishlari bo‘lib o‘tadi. Bunday o‘zgarishlar tufayli organizm o‘sgan sari murakkablashib boradi. Rivojlanish jarayoni o‘z ichiga uchta asosiy omilni oladi, bo’lar o‘sish, a’zo va to‘qimalarning differensiallanishi hamda to‘qima, a’zo, organizm shakllarining hosil bo‘lishi. Bu omillar bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, ular bir-biridan ajralgan holda shakllana olmaydi. Rivojlanishning asosiy fiziologik xususiyatlaridan biri o‘sish jarayonidir. O‘sish, asosan, yosh organizmga xos xususiyat bo‘lib, unda hujayralar son va sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ba’zi a’zolarda hujayralar soni ko‘paysa (masalan suyak, o‘pka to‘qimalari), ba’zilarida esa hujayralar soni o‘zgarmasdan, ularning hajmi kattalashib boradi (masalan muskul, nerv to‘qimalarida).

1 - rasm
O‘sish va rivojlanish geteroxroniyasi





Yosh organizm o‘sib va rivojlanib boradi. Endi tug‘ilgan chaqaloq vazni o‘rta hisobda 3,5 kg ni tashkil etadi. Bir yoshga borib uning vazni 10 kg atrofida bo‘ladi, ya’ni vazn taxminan 3 barobar ko‘payadi. Bir yoshgacha bolalar tez o‘sadi, ikkinchi yili o‘sish sur’ati kamayadi, ammo unda sifat o‘zgarishlari paydo bo‘la boshlaydi – u yurishga harakat qiladi, so‘z boyligini orttirib boradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘sish va rivojlanish bir tekisda bormaydi.
Homila tug‘ilishi arafasida yurakqontomirlari, ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish tizimlarining tuzilishi va funksional jihatdan shakllanishi yetilgan bo‘ladi. Qolgan tizimlar(termoregulyatsiya, jinsiy tizim va boshqalar) esa tug‘ilgandan so‘ng ketma-ket yetilib boradi. Bolalarda 4 yoshdan 7 yoshgacha o‘sish jarayoni kuchayib, rivojlanish jarayoni susayadi. 6-7 yoshda ba’zi bolalarda o‘sish sezilarli darajada kuchayadi va bu bolalarni tengdoshlaridan bo‘yi baland bo‘ladi. Bunday holatga, ya’ni a’zolar tizimining bir xil me’yorda rivojlanmasligiga o‘sish va rivojlanishning geteroxroniyasi deyiladi. Ontogenez davomida organizmdagi a’zo va tizimlar asta-sekin shakllanadi va ularning to‘liq shakllanishi hayotning har xil davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunday geteroxronik holdagi shakllanish organizmni turli sharoitlarga moslanishiga yordam beradi.

2 – rasm
Embrional rivojlanish davrlari








Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish