O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi



Download 9,5 Mb.
bet14/64
Sana02.04.2022
Hajmi9,5 Mb.
#525026
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Bog'liq
Yoshlar fiziologiyas

Ta’m bilish analizatori.Ta’m sezadigan hujayralar doim yangilanib turish xususiyatiga ega. Ayniqsa bu borada tilning uch qismidagi hujayralar diqqatga sazovordir, qayd qilingan hujayralar to‘rt xil, ya’ni nordon, shirin, sho‘r va achchiq ta’mlarni farqlashga moslashgan bo‘lib, shundan tilning uchida shirin mazani, tubida esa achchiqni sezadiganlari qalin joylashgan.
Har xil mazani sezish endi tug‘ilgan bolalarda ham mavjud bo‘lib, ular shirin mazaga emish va yutinish reflekslari bilan javob bersa, achchiq, sho‘r va nordon mazaga aftini burishtiradi. Ta’m sezish bolalarda 8-9 yoshlargacha rivojlanib boradi va 10 yoshga kelib katta odamlardagidek to‘liq shakllanadi.
6-rasm.
Ta’m bilish analizatorining retseptor qismi





Teri analizatori. Teridagi harorat (issiq va sovuq), bosim, og‘riq, tebranish, cho‘zilish kabi sezgilarni qabul qiladigan anatomik birliklar teri analizatori deyilib, uning to‘rt xil retseptorlari farqlanadi (taktil retseptorlar, issiq, sovuq va og‘riqni sezuvchi nerv uchlari (7- rasm). Shundan taktil retseptorlar teriga ta’sir etuvchi barcha mexanik qitiqlanishlarni (tegib turish, bosim, cho‘zilish va tebranish) qabul qiladi. Sovuq va issiqni qabul qiluvchi retseptorlar haroratni sezuvchi retseptorlar ham deyiladi. Qayd qilingan retseptorlarning teri yuzasida joylashish zichligi turlicha bo‘lib, o‘rtacha uning har 1 sm7 yuzasida 50 og‘riqni sezuvchi, 75 taktil, 17 sovuqni va 7 issiqni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Bundan tashqari, tananing turli qismlaridagi teri o‘zidagi bir xil retseptorlari soni bilan bir-biridan farq qiladi. Odam tanasida retseptorlar eng qalin joylashgan joyi lablar va qo‘l barmog‘i uchlaridagi terida uchraydi. Har xil sezgining o‘z retseptorlari bo‘lishi bilan bir qatorda bir xil retseptor, agar qitiqlanishlar yetarli kuchga ega bo‘lsa, har xil ta’sirotni (masalan, og‘riqni) sezish xususiyatiga ham ega.
7-rasm.
Teri analizatori

Teri sezgisining markaziy nerv tizimiga yetib borishi har xil diametrli nerv tolalari bilan amalga oshiriladi. Masalan, kichik diametrli nerv tolasi orqali ketgan impulslar orqa miyaga kelib ikkinchi neyronga ulanadi, uning aksonlari o‘rta miyadagi ko‘rish bo‘rtiqlarigacha yetib boradi va, nihoyat, ular shu yerdan uchinchi neyronga ulanib, impulslarning miya yarim sharlari po‘stlog‘igacha ko‘tarilish uchun xizmat qiladi. Yo‘g‘onroq nerv tolasidan ketadigan impulslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzunchoq miyaga borib, ikkinchi neyronga ulanadi. Bu neyrondan impulslar ko‘rish bo‘rtiqlariga borib, uchinchi neyron aksonlariga beriladi va miya po‘stlog‘iga eetib boradi.
Homila rivojlanishining dastlabki davrlaridan boshlab (8-hafta) teri retsepsiyasi shakllana boshlaydi. Homilaning 6-oy rivojlanishida lablarga berilgan ta’surot natijasida yuzaga kelgan refleks boshqa teri reflekslaridan ustun turadi. Bola tug‘ilganidan keyin uning teri sezgisi rivojlanib boradi va bir yoshning oxiriga kelib katta odamlarnikiga o‘xshash holatga keladi. Lekin teri analizatorining markaziy po‘stloq sohasida rivojlanishi bola tug‘ilganidan keyin yillab davom etadi.
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning teri sezgisi katta odamlarnikidan ancha yuqori bo‘lishi aniqlangan.



Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish