Mavzunio‘qitishda zamonaviy axborot
texnologiyalar
Mazkur mavzuni yoritishda elektron darslikda keltirilgan animasiya, video va taqdimotlardan foydalanib talabalarda nerv sistemasi va uning yoshga oid xususiyatlari haqida tasavur hosil qilinadi.
“Nerv tizimining fiziologiyasi” mavzusi Bumerang metodi yordamida yoritiladi.
Ushbu usulda talabalar nerv tizimining fiziologiyasiga oid tushunchalarni guruhlarga bo’lingan holatda yoritib o’zaro ma’lumot almashinadi.
Amalga oshirish bosqichlari
Nazorat savollari
Nerv tizimining inson organizmi uchun ahamiyati.
Neyron va neyrogliyaning funksiyasi.
Nevroz nima?
Markaziy va periferik nerv sistemasining yoshga oid xususiyatlari?
MAVZU: №3. ANALIZATORLARNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI
Reja:
1. Sensor organlar haqida umumiy tushuncha
2. Ko’ruv analizatori
3. Eshitish va vestibulyar analizatorlari
4. Hid bilish, ta’m bilish va teri analizatorlari
Maqsad va vazifalar: Talabalarga analizatorlar, ularning ahamiyati, ko’ruv, eshituv, vestibulyar, hid va ta’m bilish, teri analizatorlarining funksiyasi, yoshga oid xususiyatlari unga qo’yiladigan gigiyenik talablar haqida ma’lumotlar beriladi.
Talabalar bilishlari va bajarishlari shart:
Talabalarelektron darslikdagi animatsiya, roliklar va taqdimotlardan foydalanibanalizatorlarning ahamiyati, ko’ruv, eshituv, vestibulyar, hid va ta’m bilish, teri analizatorlarining funksiyasi, yoshga oid xususiyatlari unga qo’yiladigan gigiyenik talablar hamda analizatorlarni bolaning o’sish va rivojlanishidagi ahamiyati haqida haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim.
Tayanch iboralar: analizatorlar, po’stloq, reflekslar, muskul, eshitish, retseptor, informasiya.
1. Sensor organlar haqida umumiy tushuncha
Odam va hayvonlar butun hayoti davomida tashqi muhit sharoiti haqida, o’z organizmining barcha bo’limlari, sistemalari haqida to’xtovsiz informatsiya olib turadi. Shunday informatsiyani qabul qiluvchi fiziologik apparatlarni sezgi organlari yoki analizatorlari deyiladi.
Tashqi va ichki muhitdagi barcha qitiqlanishlar analizatorlarning dastlabki qismi retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Retseptor lotincha qabul qilish degan ma‘noni bildiradi. Turli qitiqlanishlar-tovush to’lqini, yorug’lik nuri, hid, temperatura va boshqalar maxsus retseptorlar orqali alohida-alohida qabul qilinadi. Shuning uchun ham qitiqlagichlarning dastlabki analizlari mana shu retseptorlardan boshlanadi. Har bir analizator evolyutsion taraqqiyot jarayonida o’zining maxsus qitiqlagichiga moslashgan bo’ladi. Masalan ko’zning to’r qavatidagi retseptorlar faqat yorug’lik nurini qabul qilsa, quloqlardagilari faqat tovush to’lqinini, burundagisi hidni, tildagisi esa ta‘mni qabul qiladi. Ta‘sirga nisbatan eng oddiy javoblar orqa miya ishtirokida olinishi mumkin. Buni tajriba jarayonida spinal baqada sinab ko’rish mumkin. Qitiqlagichlarning har tomonlama chuqur tahlil qilinishi bosh miyaning po’stloq qismida, po’stloq osti qismlarida bajariladi.
Analizatorlar orqali markaziy nerv sistemasiga keladigan impulslar uning tonusini saqlab turadi. Agar hayvonda xirurgik yo’l bilan barcha analizatorlar ishdan chiqarilsa, nerv sistemasining tonusi juda pasayib ketib hayvon doimo uyquda bo’ladi.
Qabul qilinadigan qitiqlagichlar turiga qarab barcha analizatorlarni bir necha gruppalarga bo’lish mumkin.
Mexanik (og’riqni sezuvchi, teri sezgisi, harakat analizatorlari va boshqalar).
Kimyoviy (tam bilish hid bilish ximoretseptiv)
Yorug’lik (ko’z)
Eshitish (quloq)
Temperatura (issiq, sovuq haroratni sezish)
Barcha analizatorlar retseptorlarining umumiy xususiyatlaridan biri shuki ular o’zlari moslashgan qitiqlagichlar ta‘siriga juda sezuvchan bo’ladi. Masalan: ko’z to’r qavatidagi retseptorlar yorug’lik nuri juda kam energiyaga ega bo’lganda ham sezadi. Buning asosiy sababi shundaki har bir retseptorda adekvat qitiqlagichga nisbatan juda sezgir membrana mavjuddir. Analizatorlar qitiqlanish parogi o’zgarmas miqdor bo’lmasdan, markaziy nerv sistemasining funksional holatiga qarab oshib yoki kamayib turishi mumkin. Masalan odam endi uyqudan turgan vaqtida barcha retseptorlarning sezgirligi juda past bo’lsa, tetiklik paytida juda yuqori bo’ladi va hakozo.
Analizatorlarning 2-umumiy xususiyati, ular ta‘siriga moslashadigan, ya‘ni adaptatsiyalanadigan xususiyatga ega bo’ladi. Ba‘zan adaptatsiyalanishi natijasida analizator qitiqlagichni umuman qabul qilmay qo’yadi. Misol, hid bilish analizatorining moslanishini olish mumkin. Xonada uzoq vaqt o’tirish natijasida odam ba’zi bir hidlarni sezmay qoladi.
Analizatorlar adaptatsiyalanishining fiziologik ahamiyati qabul qilinadigan qitiqlagichlar kuchini organizm uchun optimallashtirishdir. Biror analizator retseptoriga ta‘sir etadigan qitiqlagich to’xtalishi bilan retseptorda qo’zg’alish bir muncha vaqt manfiy yoki musbat iz sifatida saqlanib turadi. Buning muhim biologik ahamiyati bor. Masalan: ko’zda mana shunday qonuniyat borligi sababli tez almashtirilgan kadrlar bir biriga qo’shilib uzluksiz voqeadek bo’lib ko’rinadi (kino ko’rish).
Barcha analizatorlar bir-biri bilan uzviy bog’langan holda ishlaydi. Masalan ovqat og’izga solinganida bir yo’la temperatura, tatil, ta‘m biluvchi, hid biluvchi analizatorlar ishlab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |