Qurilish o’yinlari.
Qurilish
0
yinlari ham ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-
muhitdagi buyumli dunyo haqidagi ta'surotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli
narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.
Qurish-yasash o’yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi
yuz beradi. Kichik va o’rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o’yinlari roli o’yinlar
bilan bog’lanib ketadi.
Qurilish o ’yinlari samarali faoliyat hisoblanib. bolalarda bunyod etilgan
inshootni mavjud buyum va narsalar, inshoatning qurilishiga asos bo’lib xizmat
qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqoslash ko’nikmalarini shakllantirishga imkon
beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojiantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar bu har bir
shakining o ’ziga xos xususiyatlarini ya.xshi bilib olishlari lozim, aks xolda hech
qanday qurilishni amalga oshirib bo’lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo’lishi va ulardan o’yinda
foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo’lish kerak. Bundan bolalarga
qurishning asosiy usullariini o’rgatish zarurligi kelib chiqadi.
Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o ’yinlarda bolalarni texnikaga qiziqishi
ortadi, kuzatuvchanligi rivojianadi, ular geometrik jisimlarning eng oddiy
xususiyatlari bilan tanishadilar.
Qtjrilish o’yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo’lib, ularni mehnatga
tayypriaydi. Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar bolalar tafakkurini
rivojiantiradi; kuzatilayotgan inshoatlarning o’ziga xos xususiyatlarini ajratib
ko’rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o’xshash va farq qiladigan
tomonlarini aniqiashga majbur etadi, vazifalarni to’g’ri xal qilishga o’rgatadi.
Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar geometrik jisimlarning
xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past,
o’ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o’yin
orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'Iimiga tayyorlash vazifasi ham amalga
oshiriladi.
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning
nutqiari rivojianadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning ma’naviy
dunyosiga ham ta’sir etadi: bolalar bilan biron inshoatni kuzata turib, davlatimizning
xalq farovonligi to’g’risida g’amxo’rlik ko’rsatayotganligini tushuntiradi. Qurilish
materiaiiaii bilan o ’ynash bolalarda mehnat sevailik, mustaqillik, tashabbusqurlik,
ishga javobgarlikni xls etgan xolda munosabatda bo’lish hamda irodaviy sifatlarni
tarbiyalaydi. O’yinning qizig’i shundaki, u bolalarga zo’r zavq-shavq bag’ishlaydi.
Bolalarni ba'zi bir qurilish inshoatlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya
vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik xissiyotni tarbiyalash uchun faqat
bitgan qurilish inshoatini kuzatish etarli emas, balki ulaming qurilishni borishi,
ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o ’zlarini qatnashtirish muhim
ahamiyatga ega.
O ’yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan o’ynashni rivojlantirish
uchun unga muvofiq shart-sharoit yaratish zarur.
127
1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o'ynashi uchun
etarli bo'lishi kerak.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |