O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Асмус  В.Ф.  Античная  философия.  М .,  1976



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Асмус  В.Ф.  Античная  философия.  М .,  1976.

2  Ш акир-Заде  А.С.  Эпикур.  М .,  1963.

3  Д иоген  Л аэрт ский.  О  ж и зн и ,  учениях  и  изреч ен и ях  знам ен иты х 

ф илософов.  М .,  1979,  433-bet.

4  Материалисты  древней  Греции.  М .,  1955,  182-bet.

54



Inson  to‘g‘risidagi  flkr-mulohazalar,  qadimgi  zamonning  eng 

oxirgi  falsafiy  ta’limotlaridan  biri  —  neoplatonizmda  ham  uchraydi. 

Neopiatonizm  milodning  III—IV  asrlarida  nafaqat  Yevropa,  balki 

Osiyo,  Afrika  mamlakatlarida  ham  keng  tarqaldi.  Uning  asoschisi 

qadimgi  yunon  faylasufi  Plotin  (205—275-yillar)  edi.

Plotinning  fikriga  ko‘ra,  olamda  sodir  bo‘ladigan  barcha 

o‘zgarishlar,  o‘ta  sezgir,  o‘ta  g‘ayritabiiy,  aqldan  tashqarida  tu- 

ruvchi,  anglab  bo‘lmas  prinsip  asosida ro‘y  beradi.  Butun  bor- 

liqning  turli-tuman  shakllari  o‘sha  aqlga  sig‘maydigan  prinsip 

bilan  bog‘liq.  Xuddi  shu  prinsip  —  absolut  borliqdir.  Absolyut 

borliqning  sirini  esa,  hech  kim,  hech  qachon  bila  olmaydi. 

Chunki  u  bilib  bo‘lmas  borliq  —  Xudodir.  Uning  izmidan 

tashqarida  turgan  hech  narsa  yo‘q.  Uning  o‘ziga  o‘xshash  nar- 

saning  o‘zi  yo‘q.

Plotin  imon-e’tiqodli  kishilarning  katta  avlodini  shakllanti- 

rishni  orzu  qiladi.  Im on-e’tiqodli  kishilarni  qaror  toptirishning 

asosiy  sharti  —  ularni  ma’naviy  yetuk  qilib  tarbiyalashdir,  deb 

tushunadi.  Shuning  uchun  ham  inson  ma’naviyatini  boyitishga 

e’tibomi  qaratadi.  Uning  e’tirof  etishicha,  inson  o‘z  ma’naviyatini 

har  tomonlama  boyitsa,  o ‘zining  jismida  mavjud  bo‘lgan  turli 

g‘ayritabiiy  his-tuyg‘ulami  jilovlay  olsa,  bisotidagi  ruhiy-ma’naviy 

imkoniyatlarni  ezgulik,  yaxshilik  tomon  boshqarsa,  o‘sha  yakka- 

yu  yagona  bilib  bo‘lmas  borliq  —  Xudo  vasliga  yetadi.

Plotinning  fikriga  ko‘ra,  insonning  yashashdan  maqsadi  o‘sha 

«yakka-yu  yagona»  vujud  tomon  siljib  borishdir.  Bunday  oli~ 

janob  maqsadga  nafsni  tiyish,  jismoniy  ishtiyoqlarni  chegaralash 

vositasi  bilan  erishiladi.  0 ‘sha  «yakka-yu  yagona»  vujudga  bir 

necha  pog‘onalar  (ierarxiya),  zinapoyalar  orqali  chiqib  boriladi. 

-Chunki,  «yakka-yu  yagona»  vujud  koinotning  eng  yuqori  qava- 

tida  yuksalib  turadi.  Xuddi  shuning  uchun  ham,  Xudo  vasliga 

yetishga  intilish,  inson  bolasining  azaliy  orzusi  bo‘lib  qolmog‘i 

kerak.


Neoplatonizmning  so‘nggi  yirik  vakili  Prokldir.  Proklning 

(410—485-y.)  fikriga  ko‘ra  olamni  ham,  odamni  ham  Xudo 

yaratgan.  Olamdagi  barcha  hodisalar,  voqealar,  hatto  insonning 

ongi  ham,  faoliyati  ham  rivojlanib,  bir  ko‘rinishdan  boshqa 

ko‘rinishga  o‘tadi.  Rivojlanish,  taraqqiyotning,  sababchisi  ham 

Xudodir.  Rivojlanish,  taraqqiyot  uch  bosqichni  (triada)  bosib 

o'tadi.  Chunonchi:  hozir  bo‘lish,  olg‘a  intilish,  teskari  tomonga

55



intilish  bosqichlarini  bosib  o'tadi.  Rivojlanish  yoki  taraqqiyot, 

bo'linish  yoki  bir  holatdan  boshqa  holatga  o‘tish  yo‘li  bilan 

emas,  balki  o‘sha  hodisa,  voqea,  narsaning  ichidagi  kuchlar- 

ning  qarama-qarshiligi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  O'sha  qarama-qarshi 

kuchlar  tufayli  bir  narsa  o‘zi  o'zgarmagan  holda  ikkinchi  nar- 

sani  vujudga  keltiradi.

Shunday  qilib,  neoplatonizm  ta’limotiga  ko‘ra  Xudo  koinot- 

dan  ustun  turuvchi  shaxsdir.  Olamda,  hatto  insonning  ongi  va 

faoliyatida  bo‘ladigan  barcha  o‘zgarishlar  (u  taraqqiyot  yoki  rivoj­

lanish,  inqiroz  yoki  tanazzul  tomon  bo‘ladimi,  bundan  qat’i 

nazar)  Xudoning  xohish-irodasi  bilan  sodir  bo‘ladi.  Xudo  qan­

day  xohlasa  shunday  yaratadi,  o‘zi  qanday  xohlasa  shunday 

yashaydi.  U  nimani  istasa,  o‘shani  qiladi.  Xohlasa  yaratadi,  xohlasa 

yemirib  tashlaydi.  Butun  olamga  ham,  odamning  ongi  va  faoli- 

yatiga  ham  Xudoning  yagona  irodasi  hukmronlik  qiladi.

Xullas,  qadimgi  Yunon  falsafasining  inson  to ‘g‘risidagi  qa­

rashlari  rang-barangligi  bilan  katta  ahamiyatga  egadir.  Ularning 

ko'pchiligi  inson  kosmosning  bo‘lagi,  allaqanday  o‘ziga  xos  xu­

susiyatlarni  o ‘zida  mujassamlashtirgan  mikrokosmosdir,  deb 

tushuntirishar  edi.

Yunon  donishmandlarining  ta ’kidlashlaricha,  inson  insoniy 

munosabatlar  sistemasidan  tashqarida,  o ‘zidan-o‘zi,  alohida 

yashay  olmaydi.  Qandaydir  bir  insoniy  munosabatlar  sistemasi 

ta ’sirida  yashaydi  va  faoliyat  ko'rsatadi.  Ma’lum  bir  tartib-inti- 

zomga,  qonun-qoidaga  bo'ysunadi,  itoat  qiladi.  Olamdagi  barcha 

mavjudotlar-maxluqotlar  va  jcudolar  tabiiy  va  ijtimoiy  muhit 

bilan  birga  yashaydi.  Hatto  kosmos  ichida  turgan  xudolar  ham 

odamlarga  ta ’sir  ko‘rsatuvchi  reallikdir.

Qadimgi  Yunon  faylasuflari  inson  bilan  boshqa  tirik  mavjudot- 

lar  orasida  prinsipial  farq  bor  ekanligiga* hech  qanday  shubha 

qilmas  edilar.  Inson  «aqlga  ega  ijtimoiy  hayvon»,  «siyosiy  max- 

luq»  ekanligini  isbotlashga  urinish,  odamlar  turmush  tarzi  bilan 

aql-farosati  orasidagi  aloqadorlikni  e’tirof  etish  yunon  falsafiy 

fikrlash  madaniyatining  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  qo'shgan 

ulkan  hissasidan  dalolatdir.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish