O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  XRISTIAN  FALSAFASIDA  INSON  TAVSIFI



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1.  XRISTIAN  FALSAFASIDA  INSON  TAVSIFI

Xristian  falsafasi  insonda  Xudoga  o‘xshash  fazilatlar,  xislat­

lar  mavjud  ekanligini  birinchilardan  bo‘lib  isbotlashga  harakat 

qildi.  Xususan,  xristian  cherkovining  buyuk  namoyandalaridan 

biri  Grigoriy  Nisskiyning  tushuntirishicha,  Xudo  podshohdir, 

butun  koinotni,  jamiki  mavjudotning  egasidir.  Xudoning  insonni 

yaratishdan  muddaosi,  uni  butun  olamning  xo‘jayini,  chinakam 

podshoh  qilish  edi.  Podshoh  bo‘lish  uchun  esa,  ikki  narsa 

zarur:  birinchidan,  erkinlik,  tashqi  ta ’sirdan  xolis  bo‘Iish,  ya’ni 

mustaqillik;  ikkinchidan  podshohlik  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan 

xislatlarning  mavjud  bo‘lishi.  Shuning  uchun  Xudo  insonga  aql- 

idrok  va  erk  ato  etgan,  yaxshilik  va  yomonlikning  farqiga  borish 

uchun  fikrlash  qobiliyatini  bergan.  Xuddi  shuning  o‘zi  inson­

ning  mohiyatini,  unda  Xudo  obrazini  mavjudligini  tasdiqlaydi. 

Insonning  olamga  podshohlik  qilishi,  -tabiat  ustidan  hukmron 

bo‘lishini  ta’minlash  uchun  unga  tabiat  bilan  aloqa  qiluvchi 

a’zo  —  tana  bilan  hayvoniy  jon  ulashgan.

Xudoning  inson  qiyofasida  namoyon  bo‘lish  g‘oyasi,  na- 

faqat  qadimgi  Yunon  madaniyatida,  balki  yakka  xudolikka  aso- 

slangan  dinlar  —  iudaizm  va  islomda  ham  yo‘q  edi.  Faqat 

xristian  dinida  boshqa  dinlardan  farqli  o‘laroq,  unda  xudo  inson 

qiyofasida  gavdalanadi.  Xristianlikkacha  hech  qayerda,  hech 

qachon  Xudo  bilan  inson  qiyofasi  bir-biriga  o‘xshaydi,  deb 

tasvirlanmagan.  Bu  ikki  asos:  inson  va  Xudo  hech  qachon  bir-



58


birlari  bilan  qo'shilib  ketmagan  edi.  Xristianlik  o'zining  trans- 

sendental  xususiyatiga  ko‘ra,  Xudo  bilan  koinotga  hukmronlik 

davosini  qildi.  Xuddi  o‘sha  hukmdor  Xudoning  inson  tanasiga 

o'rnashib  olishi  ajablanarli  holat  edi.

Xristianlik  ta’limotiga  ko‘ra,  jon  tanadan  tashqarida  yashay 

olmaydi  (Platonning  tushuntirishicha  esa,  jon  o‘lmas,  tana 

o ‘lganidan  so‘ng  ham  boshqa  tanaga  ko'chib  yashayveradi),  degan 

aqida  o‘rta  asr  xristian  falsafasida,  jon  va  tana  muammosining 

asosini  tashkil  etdi.

Inson  to‘g‘risida  ta’limot  yaratishga  uringan  o‘rta  asr  xristian 

faylasuflaridan  biri  Origendir1.  Uning  flkricha,  inson  degan  tirik 

mavjudot  jon,  qalb  va  tanadan  iborat.  Inson  joni  o‘ziga  bog‘liq 

emas,  chunki  u  Xudo  tomonidan  in’om  etiladi,  hamisha  yax­

shilik  va  haqiqat  tomon  intiladi.  Qalb  kishining  o‘z  «Men»idh 

va  insonda  individuallik  boshlanayotganligidan  dalolat  beradi.  Ori- 

genning  tushuntirishicha,  xuddi  o ‘sha  qalb,  yaxshilik  va  yomon- 

likni  tanlab  oladi.  Olz  tabiatiga  ko‘ra,  u  hamisha  jon  oldida, 

tana  esa  —  qalb  oldida  qarzdordir.  Lekin  qalb  o‘zida  ikki  qutbni 

(yaxshilikni  ham  yomonlikni  ham  qabul  qila  olgani  uchun) 

mujassamlashtirgani  uchun  uning  pastki  qismi  ba’zan  yuqoriga 

chiqib  oladi  va  insonda  turli  havas,  ishtiyoqlami  uyg'otadi.  Bunday 

holat  inson  odatiga  aylangunga  qadar  u  gunohkor  mavjudot 

bo‘lib  qoladi,  yaratuvchi  tomonidan  yaratilgan  tabiatning  tar- 

tib-intizomiga  amal  qiladi.  Shunda  oliy  qashshoqlikka  bo‘ysunadi. 

Xuddi  shunday  yo‘l  bilan  olamga  yomonlik  kirib  oladi.

Shunday  qilib,  yomonlik  Xudodan  ham,  tabiatdan  ham  kelib 

chiqmaydi,  tanada  ham  paydo  bo‘lmaydi,  balki  u  insonning 

o‘zida  hosil  bo'ladi.  Origenning  fikriga  asosan,  yomonlik  Xudo 

tomonidan  insonga  in’om  etilgan  erkinlikning  suiste’mol  qilini-' 

shi  tufayli  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  o‘rta  asr  xristian 

falsafasi  inson  erki  bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  m uam m olarni 

o'rganishni  birinchi  o‘ringa  qo‘ydi.  Boshqacha  qilib  aytganimiz-




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish