Ilohiy haqiqatni inson hushyorlik bilan ham bilishi mumkin,
degan fikr-mulohazalarni kun tartibiga qo‘ydi. Boshqacha aytga-
nimizda, Kubro ilohiy qadriyatni bilishda Junayd Bag‘dodiy (va
foti 910-yil) asos solgan «sahv», ya’ni «hushyorlik» yo‘lini yanada
rivojlantirdi. Shuning uchun ham, butun olam, jumladan, inson
olami sirlarini bilishda ham axloqiy-zohiriy, ham botiniy-vajdiy
bilimlarni egallash zarur ekanligini isbotlashga urindi.
Najmiddin Kubro birinchilardan bo‘lib o‘sha zamon madaniy
va ma’naviy olamida mashhur bo'lgan «Ofoq va anfus» nazari-
yasini tasaw uf falsafasida tatbiq etdi. Ushbu nazariyaga ko‘ra,
olam bir butun («olami kubro») bo‘lib, ilohiy olam («olami
kabir») va inson olami («olami sag‘ir») birligidan iborat. Ilohiy
olam bilan inson olami biri ikkinchisi bilan dialektik aloqador.
Shuning uchun ham inson ongi va faoliyatida bo‘ladigan
o‘zgarishlar, shubhasiz, butun olam («olami kubro») bilan
chambarchas bog‘liq.
Najmiddin Kubroning fikriga ko‘ra, insonning o‘zi ham o‘ziga
xos kichik olam («olami sug‘ro») bo‘lib, unda butun olamning
(«olami kubro») barcha xususiyatlari o‘z aksini topadi. Olamni
yaxlit, to‘la tasavvur qilmoq uchun, ya’ni «olami kubro»ning
turli-tuman xususiyatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmoq
uchun nafaqat ilohiy olam, balki inson olamining ham sir-u
sifatlarini bilmoq darkor. Kubroning e’tirof etishicha, insonning
eng muhim xususiyatlaridan biri — agar u tinimsiz izlansa,
ilohiy olamning ham, inson olamining ham sir-u sifatlarini
bilib oladi.
Olamning birligini bilishda, eng awalo, olami kabir, ya’ni
ilohiy olamning sir-u asrorini bilib olish lozim. Kubroning
ta’kidlashicha, ilohiy sifatlar osmon-u falakning turli qatlam-
larida joylashgan. Ilohiy sifatlarni inson kamolot pillapoyalaridan
ko‘tarilib, asta-sekin egallaydi. Lekin bunday murakkab yo‘lni
bosib o‘tish uchun har qanday shogirdga pir-u komil, haqiqiy
ustoz rahmonlik qilishi zarur. Chunki Olloh vasli tomon inti
layotgan shogird bosib o‘tishi uchun zarur bo‘lgan murakkab
yo‘lda, ya’ni zikr-u xilvat, muroqaba va mushohada chog‘ida
uning boshida turli xayollar charx urib, qalbini har xil his-
tuyg‘ular qamrab olishi mumkin. Ana shunday paytda, unga
229
pir-u murshid rahnamolik qilmasa, murid shaytoniy yo'lga kirib
ketishi hech gap emas1.
Inson olami ilohiy olam bilan bevosita bog'liq bo'lganligi
uchun inson olamining o‘ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib,
ilohiy olam haqidagi qarashlarini to‘la deb bo'lmaydi. Afsuski,
inson ilohiy olam sirlarini ko'zi bilan ko‘ra olmaydi, qulog‘i
bilan eshita olmaydi, balki ruhiyatida, kayfiyatida bo‘ladigan
o'zgarishlarni o‘ta hushyorlik bilan aql-farosat yordamida tahlil
qilish orqali erishadi. Shuning uchun Najmiddin Kubro ilohiy
olamni bilishda intuitiv tafakkur muhim ahamiyatga ega ekan
ligini har tomonlama isbotlashga harakat qildi.
Najmiddin Kubro o‘zi yaratgan «latoif» nazariyasiga asos-
lanib, inson ruhiy holatida bo'ladigan o'zgarishlar, xususan,
turli his-tuyg‘ular, kechinmalar, xayajonlaming vujudga kelishi
va ularning o'zaro almashib turishi, turli shakllar va ranglarda
namoyon bo'lishini tushuntirib berdi. Uning fikricha, inson ruhiy
holatida bo'ladigan o'zgarishlar turli shakllarda, chunonchi:
nuqta, dog‘, doira, shuningdek, turli ranglarda namoyon bo'ladi.
Har bir shakl, har bir rangda m a’lum m a’no yashiringan
bo'ladi. Xususan, doira — falakning aylanib turishini ifodalasa,
dog‘ — dunyo timsolidir, nuqta esa vahdatdir. Doira o‘z o‘qi
atroflda aylanib turgani uchun nuqta tomon uzluksiz intiladi.
Shuning uchun ham nuqta mohiyatini anglash orqali inson
ilohiy olam mohiyatini idrok etadi.
Doira, dog‘ va nuqta holatlarining o‘zgarib turishi, turli
ranglaming almashinib turishi, inson ruhiy holatini ifodalaydi.
Najmiddin Kubroning ishontirishicha, oq, sariq, zangori, yashil,
ko‘k, qizil, qora ranglar inson ruhiy kamoloti darajasini ifo
dalaydi. Xususan, oq rang — islomni, sariq rang — imonni,
zangori rang — ehsonni, yashil rang — ishonchni, ko‘k rang
— to'liq ishonchni, qizil rang — irfonni, qora rang — haya-
jonni (hayratni) anglatadi. Mutafakkiming inson ruhiy qiyofa-
sida bo'ladigan o'zgarishlar darajasini turli ranglarda qiyoslashi,
o‘rta asr musulmon falsafasining buyuk yutuqlaridan biri edi.
Najmiddin Kubroning tushuntirishicha, inson Xudo vasliga
yetmog‘i uchun nafaqat ruhan pok, balki m a’naviy yetuk ham
Do'stlaringiz bilan baham: