O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A



Aziziddin  Nasafiy.  Zubdat  ul-haqoyiq  —  haqiqatlar  qaymog‘i.  Najmiddin 

Kornilov  tarjimasi.  Toshkent,  1996.

232


Nasaflik  mutafakkir  borliq  (vujud)  haqida  fikr  yuritib,  bir 

butun  yaxlit  borliqni  ikkiga  bo‘ladi.  Birinchisi  —  vujudi  qadim, 

azaliy  vujud,  ikkinchisi  —  vujudi  hodis.  Vujudi  qadimni  hech 

kirn  yaratmagan,  u  abadiy  azaldan  mavjud.  Uning  boshlanishi 

ham,  oxiri  ham  yo‘q.  Vujudi  hodis  (ya’ni  dunyo)ning  boshlan­

ishi  ham,  oxiri  ham  mavjud.  Vujudi  hodis  o‘tkinchi,  foniy. 

Azaliy  va  abadiy  vujudni  Nasafiy  Xudo,  o‘tkinchi  foniy  vujudni 

olam  deb  ataydi.  Olam  bilan  Xudo  orasidagi  o‘zaro  aloqador- 

likni  tahlil  qilib,  Xudo  olam  emas  va  olam  Xudo  emas.  Xudo

—  olamning  yaratuvchisi  (Hallohi),  degan  xulosaga  keladi.  Xudo 

olamni  yaratish  maqsadida  dastlab  yagona  javohimi  vujudga  keltirdi. 

Uning  nomini  nafsi  avval  (ruhiy)  deb  atadi.  Tangri  moddiy 

(mulk)  va  ruhiy  (malokut)  olamni  yaratish  maqsadida  o‘sha 

yagona  javohirga  nazar  tashladi.  Tangrining  nazari  tushishi  bilan 

javohir  qaynab  eriy  boshladi  va  ko‘pirdi.  Erib,  ko‘pirib  chiqqan 

ko‘pik  qiyomidan  turli  darajadagi  ruhlami  yaratgan  bo‘lsa,  qolgan 

quyqasidan  olamni  yaratdi.  Moddiy  va  ruhiy  olam  biri  ikkinchisi 

bilan  bog‘liq.  Biri  ikkinchisiga  ta’sir  o‘tkazib  turadi.  Lekin  moddiy, 

ya’ni  mulk  olamining  ham,  ruhiy,  ya’ni  malokut  olamining 

ham  o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Jumladan,  ruh  hech  qa­

chon  bo‘laklarga  bo‘linmaydi,  ya’ni  maydalanmaydi.  Moddiy  olam 

esa  maydalanadi.

Aziziddin  Nasafiyning  tushuntirishicha,  inson  tabiatida  Xu­

doning  ixtiyorisiz  hech  qanday  o‘zgarish  sodir  bo‘lmaydi.  Odam­

lar  va  ularda  mavjud  bo‘lgan  fazilatlar,  xislatlar  Xudoning  karo- 

mati  bilan  sodir  bo‘lgan.  Kishilar  qiyofasidagi  jami  o ‘zgarishlar 

ruhlar  darajasining  in’ikosidir.  Mabodo,  insonda  mavjud  xislat­

lar,  fazilatlar  nisbiy  bo‘lganda  edi,  unda  har  bir  kishi  o‘zi 

istagan  maqomga  ko‘tarilardi.  Birov  avliyo,  yoki  ambiyo,  yana 

kimdir  payg‘ambar  yoki  Rasul  maqomiga  sazovor  bo‘lardi. 

Afsuski,  inson  bunday  maqomlarni  o‘zining  sa’y-harakati,  fi- 

doyiligi  bilan  egallay  olmaydi.  Bunday  maqomlar  faqat  Olloh­

ning  o‘zi  lozim  ko‘rgan  kishilarga  nasib  etadi.

Insonning  ruhiy  olamida  bo‘ladigan  o‘zgarishlarda  ham  me’yor 

borligiga  e’tiborni  qaratgan.  Nasafiy  inson  taqdiri  azalni  o‘zgartira 

olmaydi,  chunki  inson  ruhi  awaldan  mavjud  bo‘ladi,  deb  hisob­

laydi.  Ruhlar  bu  dunyoga  keladilar,  ammo  ular  o‘z  so‘zlarida,

233



ishlarida  o'zgarishsiz  qoladilar.  Chunki  ular  bajaradigan  yumush- 

larda  awaldan  belgilab  berilgan  me’yor  bor.  Ular  belgilangan 

me’yordan  hech  qachon  oshib  ketmaydilar.  Bu  shundan  dalolat 

beradiki,  dunyoga  kelgan  har  bir  ruh  muayyan  chegaraga  ega 

bo‘ladi.  Belgilangan  maqom  bo'yicha  jism,  tana  ichida  harakat 

qiladi.  Inson  borlig'ida  bo‘ladigan  barcha  o‘zgarishlar  Haqning 

irodasi  va  ilmi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Shunday  ekan,  inson  ruhiy 

olamida  boMadigan  o‘zgarishlar  ham  m a’lum  me’yor  doirasidan 

tashqarida  ro‘y  bermaydi.

Aziziddin  Nasafiy  falsafada  eng  ko‘p  tortishuvlarga  sabab  bo‘lgan 

muammolardan  biri  —  o‘limdan  keyingi  inson  hayoti  haqida  fikr 

yuritib,  anbiyo  va  avliyolaming  yetukligi,  buyukligi  tabiiy  o‘limdan 

awalroq  sodir  bo‘ladi,  deydi.  Boshqalar  tabiiy  o‘limidan  keyin 

biladigan  narsalami,  ular  tabiiy  o‘limgacha  biladilar.  Anbiyo  va 

avliyolaiga  o‘limdan  keyin  sodir  bo£ladigan  jarayonlar  ma’lum 

bo‘lib,  ular  «ilmul  yaqin»  darajasidan  «aynul  yaqin»  darajasiga 

o‘ta  oladilar.  Anbiyolar  kamoloti  ikki  xil  bo'ladi.  Yoki  faqat  ruh- 

ning  o‘zi  jismsiz  dunyoviy  ruh  tomon  ko‘tarilib  boradi,  yoki  ham 

ruh,  ham  jism  biiga  ko'tarilib  ketadi.  Avliyolar  esa  jismdan  ajral- 

gan  ruh  holatida  dunyoviy  ruh  tomon  parvoz  qiladilar.

0 ‘lmasdan  turib  abadiy  hayotga  muyassar  bo‘lish  ulug‘  bir 

ne’matdir.  Odamlar  buni  bilmaydilar,  agar  bilganlarida  ular 

o‘limdan  aw al  abadiy  yashashga,  ya’ni  abadiy  hayotga  erishish 

maqomini  qo‘lga  kiritish  uchun  tun-u  kun  harakat  qilardilar. 

Shayx  yoki  murshid  darajasiga  ko‘tarilish  uchun,  birinchidan  — 

har  bir  kishi  o‘ziga  mansub  bo'lgan  tariqat  yo'lini,  ikkinchidan  — 

jazba  (ishq),  uchinchidan  —  uruj  (ko‘tarilish)ni  bilmog‘i  zarur. 

Shogird  yoki  sulukka  xos  narsa  —  harakat,  intilishdir.  Jazbaga 

xos  narsa  —  tortilish,  zavq-u  shavqdir,  ko'tarilish  (uruj)ga  xos 

narsa  —  karam  va  saxovatdir.

0 ‘lmasdan  turib  abadiy  hayotga  erishish  uchun  inson  ruhan 

pok,  jismonan  salomat  bo‘lmog‘i,  o‘limdan  so'ng  yuz  beradi- 

gan  holatlarni  tirikligida  payqab  olmog‘i,  do‘zaxni  ham,  jan- 

natni  ham  ko‘rib,  jahannam  va  behishtdagi  kishilar  ahvolini 

kuzatib  turmog'i,  toki  u  «ilmul  yaqin»  martabasidan  «aynul 

yaqin»  martabasiga  o‘tib,  ko‘rgan-kechirganlarining  mohiyatini 

anglab  yetmog‘i  zarur.

234



Aziziddin  Nasafiy  inson  jismi  bilan  ruhi  orasidagi  o‘zaro 

aloqadorlik,  bog‘lanish  mavjud  ekanligini  tushuntirishga  harakat 

qiladi.  Uning  fikriga  asosan,  inson  jismi  ruhi  bilan  o‘zaro  bog‘liq, 

yaxlitdir.  Shuning  uchun  ham  inson  kamolotining  darajalari  turli- 

cha  bo‘lganidek,  inson  ruhi  kamolotining  darajalari  ham  turlicha 

bo'ladi.  Har  bir  darajaning  o‘ziga  mansub  nomlari  bo‘ladi.  Shu­

ning  uchun  inson  jismi  ruhga  muvofiq  va  ruh  ham,  o ‘z  nav- 

batida,  jismga  mos  bo‘ladi.  Moddiy  olam  ruhiy  olamsiz,  ruhiy 

olam  moddiy  olamsiz  mavjud  bo'lmaydi.

Moddiy  olam  (mulk  olami)  hisoblangan  inson  va  uning 

ruhiy  olami  (malakut  olam)  o‘zaro  sut  bilan  qaymoq  kabi  biri 

ikkinchisi  bilan  birga  bo'ladi.  Ular  go‘yo  g‘olib  va  mag'lub 

daraja  bo‘lib,  bunda  ruh  —  g‘olib,  moddiylik  esa  mag‘lub  hisobla- 

nadi.  Lekin  moddiy  olam  bilan  ruhiy  olamning  javohiri  bit- 

tadan  ortiq  emas.  Ushbu  javohir  xossasidan  oliyroq  tabiat  yo‘q. 

Shuning  uchun  ham  olamda  bo'ladigan  barcha  o ‘zgarishlar 

moddiy  va  ruhiy  olam  doirasida  bo‘ladi.  Ushbu  doira  chegarasi- 

dan  narida  sodir  bo‘ladigan  o‘zgarish  yo‘q,  inson  jismi  ham, 

ruhi  ham  biiga  rivojlanadi  va  barkamollikka  erishguncha  kamolot 

zinapoyalaridan  ko‘tarilib  boraveradi.  Ushbu  jarayonda  ma’lum 

darajalarni  egallaydi,  uning  zuvalasi  qancha  ko‘p  pishirilsa, 

tarbiyalansa,  ular  bisotida  yashirinib  yotgan  yangi-yangi  fazilat­

lar,  xislatlar  ko‘rina  boshlaydi.  Bu  jarayon  nihoyasiga  yetguncha 

davom  etadi.  Keyin  esa  yana  nuqson  tomon  qaytish  yuz  beradi.

Inson  jismi  va  ruhida  bo‘ladigan  o‘zgarishlaming  manbai  nima? 

Inson  jismi  va  ruhi  nimadan  paydo  bo'lgan?  degan  savollarga 

javob  berib,  nasaflik  faylasuf  e’tirof  etadiki,  olamning  asosini 

tashkil  etgan  modda:  tuproq,  suv,  havo  va  olovdan  iborat. 

Ushbu  to ‘rt  unsuming  har  biri  alohida  shaklga  (suratga)  va 

m a’noga  ega.  Ana  shu  to‘rt  unsuming  aralashuvidan  inson  jismi 

va  uning  turli  a’zolari  vujudga  kelgan.  Shubhasiz,  inson  mijozi

-  ham,  ta’bi  ham  o'sha  unsurlaming  aralashuvidan  hosil  bo‘lgan, 

deb  tushuntiradi.

To‘rt  unsumi  aralashtirganda  ulaming  shakllari  (suratlarijj 

qo‘shilib  ketadi.  Bunday  qo‘shilish,  aralashish  tufayli  hosil  bo‘lgan 

yangi  a’zoni  jism,  deb  aytadilar.  Jismlami  vujudga  keltiradigan 

har  bir  unsuming  o‘ziga  xos  xususiyati,  o‘ziga  xos  tabiati  bor.

235



Jismning  mohiyati  va  ma’nosi  uni  vujudga  keltiigan  unsurlar 

bilan  bog'liq  bo‘ladi.  Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan,  jismlar  uchun 

rivojlanish  yoki  pasayish  (nuzul)  uning  eng  muhim  xususiyat- 

laridir.  Jismdagi  rivojlanish  turli  darajalarda  sodir  bo‘ladi  va  har 

bir  rivojlanish  bosqichida  yangicha  nomga  ega  bo‘ladi.  Jismni  ruh- 

dan  ajratib  bo‘lmaydi-,  ruh  hech  qayerdan  kelmaydi  va  hech 

qayerga  ketmaydi.  Ruhning  jismdan  farq  etadigan  xususiyati  — 

undagi  nurdir.  Bu  numi  his-tuyg‘ular  yordamida  ko‘rib  bo‘lmaydi. 

Bodom  danagida  yoki  sut  tarkibidagi  yog‘ni  ko‘rib  bo‘lmagandek, 

numi  ham  his-tuyg‘u  bilan  ilg‘ab  olish  qiyin.  Uni  faqat  qalb 

ko‘zi  bilan  idrok  etish  mumkin.  Olz  navbatida,  nur  ruhiy  olam- 

ga  mansub  bo‘lgani  uchun  ham  uni  ko‘rib  bo‘lmaydi.  Butun 

olam  o‘sha  nur  bilan  to‘la  bo‘ladi.  U  olamning  joni  bo‘lib, 

barkamol  etuvchi,  harakatga  keltiruvchi  qudratdir.

Aziziddin  Nasafiy  fikriga  muvofiq,  inson  —  hayvon  turlari- 

dan  biridir.  Ta’lim  va  tarbiya,  o ‘qish  va  takrorlash,  taqvo,  zikr 

tufayli  inson  darajasiga  ko‘tariladi.  Hayot,  bilim,  iroda,  quwat, 

eshitish,  ko‘rish,  nutq  irod  etish  kabi  xususiyatlar  haqiqatdan 

ham  insondan  tashqari  mavjud  emas.  Bunday  xususiyatlar, 

qobiliyatlar  inson  jismida  harakat  qilganida  haqiqiy  mavjudlik 

kasb  etadi.  Kamolot  xuddi  shunday  mavjudlik  bor  joyda  sodir 

bo‘ladi.  Daraxtning  barcha  xususiyatlaridan,  rivojlanish  daraja- 

sidan  mevasi  qadrli  bo'lganidek,  mavjudotning  mevasi  —  in- 

sondir.  Odamzot  jonli  mavjudot  bo‘lganligi  uchun  ham,  u 

o‘zining  zaruriyati  miqdorida  mehnat  qilishi,  oilasini  xor  qil- 

may  boqishi,  kuchi  yetguncha  boshqa  kishilarga  xizmat  qilib, 

hojat  chiqarishi  lozim.  Chunki  qanoat  va  ozodlikdan  yaxshiroq 

narsa  yo‘q.  Kimki  qanoat  va  zuhdni  pesha  qilgan  bo‘lsa,  u  — 

shohdir.  Kimki  ushbu  xislatlarga  ega  bo‘lmasa,  u  —  quldir.

Aziziddin  Nasafiyning  ta’kidlashicha,  barkamol  inson  bo‘lmoq 

uchun  u,  eng  avvalo,  o‘zini  o ‘zi  tanishi  zarurdir.  Inson  qa­

chon  o‘zini  o‘zi  tanisa,  o ‘shanda  u  yuksak  axloqqa  erishadi. 

0 ‘zini  anglamagan  kishi  umuman  hech  narsani  anglamaydi. 

0 ‘zining  avval—oxirini  bilib  olgan  odam  boshqalarning  avval— 

oxirini,  keyingi  holatlarini  bilib  olishga  qodir  bo‘ladi.  Uning 

fikriga  muvofiq,  barkamol  inson  odam  deb  nomlanuvchi  tirik 

mavjudotning  qaymog'i,  olamdagi  barcha  tirik  maxluqotlarning

236



eng  buyugi,  koinotning  oliy  mevasidir.  T a’kidlash  joizki 

«barkamol  inson»  («komil  inson»)  tushunchasi  musulmon  fal­

safasida  birinchilardan  bo‘lib  Muhyiddin  Arabiy  tomonidan  il­

miy  muomalaga  kiritilgan.  Uning  e’tirof  etishicha,  barkamol  in­

son  Muhammad  Payg‘ambar  timsolida  o ‘z  ifodasini  topgan. 

Aziziddin  Nasafiyning  fikriga  ko‘ra,  «Yaxshi  so‘z,  yaxshi  fe’l, 

yaxshi  axloq  va  maorif»ni  o‘zida  mujassamlashtirgan  har  qanday 

kishini  barkamol  inson  deyish  mumkin1.  Barkamol  inson  uchun 

xalqqa  naf  keltirish,  birovlarning  mushkulini  yengillashtirishdan 

boshqa  muddao  yo‘q.  Barkamol  insonning  butun  sa’y-harakati 

halollikka,  rostgo‘ylikka,  ezgulikka  qaratilgan  bo‘ladi.  Odamlarni 

bir-biriga  mehribon  bo‘lishga,  bir-biriga  ozor  bermaslikka,  bir- 

birlariga  hamdard  bo‘lishga,  bir-birlariga  suyanishga  chorlaydi.

Aziziddin  Nasafiyning  tushuntirishicha,  barkamol  inson 

boshqalardan  g‘ayb  olamidan  keladigan  barcha  yaxshilig-u  yomon- 

liklami  zukkolik  ila  bilib  olish  qobiliyati  bilan  ajralib  turadi.  Boshqa- 

charoq  aytganda,  g‘ayb  olamida  mavjud  bo‘ladigan  barcha 

o‘zgarishlar  bunday  kishilar  qalbida  boshqalardan  avvalroq  o‘z 

aksini  topadi.  Shunday  ekan,  olarndagi  mavjudotlar  orasida  barkamol 

insondan  ulug‘roq,  donoroq  narsa  yo'q,  chunki  mavjudotning  eng 

pastidan  eng  a’losigacha  bo‘lgan  martabalar  barkamol  inson 

martabalaridir,  barkamol  inson  mavjudot  xulosasi  va  qaymog'idir.

Aziziddin  Nasafiy,  barkamol  inson  deganda,  insonlarning 

eng  mukammali,  eng  aqlli,  eng  donosi,  Xudo  bilan  odamlarni 

bog‘lovchi,  gcayb  sirlarini  boshqalarga  yetkazuvchi  kishini  tu- 

shunadi.  Bunday  kishida  ilohiy  xislatlarning  hammasi  mujassam 

bo‘ladi,  o‘zining  yuksak  ma’naviyati  bilan  butun  koinotni  qam- 

rab  oladi.  Bunday  kishilar  hamisha  bedor  va  hamma  narsadan 

xabardor  bo‘ladilar.  Barkamol  inson  jamiyat  ichida  shakllanadi, 

ya’ni  azaldan  martabasi  aniqlangan  ruh  emas,  balki  ma’naviy- 

axloqiy  poklanish  jarayonida  kamolotga  erishadi.  Barkamollikning 

oliy  belgisi  —  Haq  yo‘lidan  borib,  xalqqa  foyda  keltirishdir. 

Inson  o‘zining  kundalik  faoliyati  bilan  boshqalarga  qancha  foyda 

keltirsa,  yomonlarni  to‘g‘ri  yoMga  boshlasa,  Haq  yo‘lida  lidoyilik

1  Qarang:  Kornilov  N.  T asaw u f  yoki  komil  inson  axloqi.  Birinchi  kitob.  T oshkcnl, 

1996, 


14 7 -bet.

2  Q arang:  O 'sha  asar,  149-bct.



237


qilsa,  shunchalik  yuksaklikka  —  barkamollikka  ko'tariladi.  Af- 

suski,  barkamol  inson  o‘zining  kamoloti  va  ulug‘ligi  bilan  ba’zi 

masalalami  yechishga  ojizlik,  zaiflik  qiladi.  Boshqacha  aytgani- 

mizda,  barkam ol  inson  o ‘zining  xokisorligi,  nomurodligi, 

murosasizligi  bilan  boshqalardan  ajralib  turadi.  Ilm,  odob-axloq 

jihatdan  qudratli  bo‘lgan  kishi,  o‘zi  istagan  barcha  orzu-umid- 

larini  ro‘yobga  chiqara  olmaydi.  Yaxshilik  —  ezgulikni  qaror  top- 

tirishga  kuch-qudrati  yetmaganligi  uchun  ham  bunday  kishi 

zaifdir,  ojizdir.  Nasaflik  mutafakkir  barkamol  insonning  ojizligi 

ham,  bunday  kishilarning  faqirona  kun  kechirishlarining  siri 

ham  ana  shunda,  deb  ta’kidlaydi.

Shunday  qilib,  Aziziddin  Nasafiy  inson  buyuk  zot  ekanligini 

har  tomonlama  isbotladi.  Inson,  koinot,  Olloh  o‘zaro  aloqa- 

dor,  bir-biriga  ta’sir  o'tkazib  turadi,  degan  xulosaga  keldi.  Xuddi 

shuning  uchun  ham  Aziziddin  Nasafiyni  musulmon  falsafasida 

barkamol  inson  to ‘g‘risidagi  ta’limotning  mashhur  nazariyot- 

chisi  deyish  mumkin.  0 ‘z  navbatida,  Aziziddin  Nasafiy  kub- 

raviyani  o‘rta  asr  musulmon  falsafasida  inson  ruhiy-ma’naviy 

kamoloti  to ‘g‘risidagi  yirik,  yaxlit  ta’limot  darajasiga  ko‘tardi, 

desak  mubolag'a  bo‘Imaydi.




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish