U m u m in s o n iy lik -b u barcha insonga xos boMgan, uning madaniy
va milliy k o ‘p qirraliligidir. y a ’ni, turli millat vakillariga hurmat,
turli dinlar va boshqa madaniyatlarni o ‘ziga xosligini tan olish,
qadriyatlarni hurmatlashni nazarda tutadi.
0 ‘quvchilarga
eng
avvalo,
o ‘z
xalqining
milliy-madaniy
merosiga, tiliga, a n ’ana va urf-odatlariga, shuningdek, boshqa
xalqlarning m a ’naviy boyliklariga boMgan qiziqishlarini tarbiyalash
lozim. Bunda uning bilim doirasini kengaytirishga, turli xalqlar
madaniyati bilan tanishtirishga alohida e ’tibor berish zarur. Milliy
qadriyatlardan: ona zamin tabiati, milliy xalq san’ati, a n ’analarining
milliy
estetik manbalari, sharqning jum ladan, 0 ‘zbekistonning badiiy
madaniyati, tarixi orqali o ‘quvchilarda milliy axloq a n ’analari ruhini
shakllantirishda, milliy o ‘z -o‘zini anglatishda, baynalminallik va
vatanparvarlik tu y g ‘ularini rivojlantirishda foydalanish darkor.
M a ’naviy qadriyatlar va g ‘oyalar har xil millat o ‘quvchilarini
birlashtiradi, o ‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam
beradi. OMmishga nazar tashlasak, xalq pedagogikasini bola
tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga toMa tatbiq etilmaganligi,
buyuk allomalarning pedagogik qarashlari, sharqona urf-odatlar,
boy a n ’analar, hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay
qusurlarning yuzaga kelishiga sabab boMdi.
Xalqimizning k o ‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy
merosini chuqur bilmasdan, milliy o ‘zlikni anglash, milliy g ‘urur
tuyg ‘usini qaror toptirish mumkin emas.
0 ‘zbek xalqi k o ‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita
boMib xizmat qiladi. Ismoil al-Buxoriy, al-Xorazm iy, Beruniy,
Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Y u s u f Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
Sa’di Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin
Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk
125
m utafakkirlarning asarlari orqali o ‘quvchilar g o ‘zal axloq, baxt,
insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota-
onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega b o ‘ladilar.
Insoniylik o ‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini
y a ’ni, odamlar o ‘rtasida o ‘zaro yaxshi m unosabatda boMish, d o ‘stlik,
ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlami
qam rab oladi. Xalqimiz bolalarning yoshligidan ana shu g o ‘zal
fazilatlarini tarbiyalashga ahamiyat berib keladi.
M aktablarimizdagi tarbiyaning mazmunini milliy va um umin-
soniy qadriyatlar belgilashi lozim, y a ’ni t a ’lim-tarbiya m azm unida
insonparvarlik, tenglik, xalqparvarlik, demokratiya g ‘oyalari ustivor
boMishi lozim. M asalan, O ybekning «Navoiy», Abdulla Qodiriyning
« 0 ‘tgan kunlar», Abdulla Qahhorning «Sinchalak» kabi asarlari
milliy va um uminsoniy demokratik va gumanistik qadriyatlar nuqtayi
nazaridan o ‘rganilishi m aqsadga muvofiqdir.
Odob haqida Islom dinida ham k o ‘p ibratli gaplar aytilgan. Islom
dini insonni ezgulikka, halollikka, g o ‘zal axloqqa chaqiradi. Islom
odobini esdan chiqarish, unga amal qilmaslikning oqibati nimalarga
olib kelishini hayotning o ‘zi ko'rsatyapti. Millatning saodati,
davlatning tinchligi va farovonligi a w a l o yoshlam ing tarbiyasiga
bogMiq. Shuning uchun unutilayozgan m a ’naviy qadriyatlarimizni
tiklash v a kelgusi avlodlarga yetkazish bugungi kunning dolzarb
vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: