50
bo’lish istagi singari; innovatsiya ham o’z-o’zidan odat singari. Kishilar ijod
tomonini tanlaydilar. Tashkilotlar ham innovatsiyalar tomonini tanlaydi. Agar
innovatsiyalar tashkilot strategiyasiga kiritilmagan bo’lsa, agar tashkilot o’z
tuzilmasida innovatsiyalarga o’rin
topolmay qolsa, bu holatda unda ishlaydigan
kishilar o’z ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish zaruratini seza olmaydilar
21
.
Ehtimol
tashkilot
innovatsiyalarni
tatbiq
etishga
yanada
faolroq
ko’maklashishi uchun o’z ichki madaniyatini o’zgartirishi mumkin. Innovatsiyalar
turli bilim sohalari kishilari o’zaro muloqotga kirishsa, taraqqiy etadi. Shuning
uchun birinchi navbatda muloqot uchun maksimal tarzda qulay sharoitlar
yaratilishi mumkin.
Menejerlar bunker ijodi uchun juda maqbul muhit emasligini tushuna
boshladilar. Stol atrofidagi jo’shqin bahslar,
virtual kafelar, biznes-inkubatorlar,
yaxshi yoritilgan ustaxonalar to’siqlarni engadi va kishilarga muloqot uchun
imkoniyat yaratadi. Ayrim tashkilotlar atayin har bir bo’limda dam olish xonalarini
yaratishdan voz kechmoqda, shunda inson biror ishlanma tamaddi qilish yoki
ichish uchun o’z ish joyidan chetga chiqishga majbur bo’ladi. Oshxonaga yoki
kofe apparatiga borishning o’zi turli bo’lim yoki bilim sohasi kishilarining
muloqotini ko’zda tutadi.
Boshqa hollarda tashkilot madaniyatidagi o’zgarishlar
nafaqat xodimlarning
jismoniy muhiti, balki boshqaruv uslubidagi o’zgarishlarda ham namoyon bo’ladi.
Bunda tashkiliy tuzilmalarning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
“Quyidan yuqoriga” ko’rinishidagi tashkilot o’z sohibining timsoli va o’xshashligi
bo’yicha yaratilgan. Uni innovatsiyalarga nisbatan o’z fikriga ega xarizmatik shaxs
boshqaradi. Rahbar xodimlarni shaxsiy namunasi bilan ruhlantiradi. Ijod erkinligi
paradoksal ravishda yuqoridagi holatga bo’lgan shaxsiy fikrdan tug’iladi.
Aksariyat innovatsion kompaniyalar shu tarzda ish olib boradi. O’ta yirik
tashkilotlar orasidagi ko’plab bo’limlar xuddi sehrli tayoqcha ishorasi bilan, bitta
ruhlangan yetakchi sa’y-harakatlari bilan qayta tashkil qilinishi mumkin. Bunday
model juda muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin, lekin odatda cheklangan ko’lamga ega
bo’ladi. Ruhlantiruvchi yetakchi samarasi, odatda, korxonaning o’sishi yoki
bunday rahbar ketishi bilan barham topishi mumkin.
“Yuqoridan quyiga” modelida kompaniya
yoki tashkilot uncha katta
bo’lmagan korxonalar guruhi sifatida ko’riladi. Bunday konglomerat har biri
innovatsion faoliyat bilan o’zicha shug’ullanadigan bir qator kompaniyalardan
tashkil topgan bo’lishi mumkin, ularni ta’sischi kompaniya qo’llab-quvvatlaydi va
tavakkalchilikdan himoya qiladi.
Nazariyaga muvofiq, tashkilotlar innovatsiyalarni boshqarishning uchta
modelini ko’rsatadi: oqilona, axloqiy, tizimli.
Oqilona boshqaruv modeli ijrochilarning rejalashtirilgan innovatsiyalar
to’g’risida to’liq ma’lumotga egaligi va ongli ravishda qiziqishiga asoslangan. Bu
shartlar ijrochilarning (mas’ul shaxslarning) yangilikni amalga oshirishda faol va
samarali ishtirokini ko’zda tutadi. Bu model qaror qabul qilish va ijroning aniq
tartibotlari, ularning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat va samarali axborot tizimini
21
Алан Баркер.
Алхимия инноваций. - М.: Вершина, 2003.
51
talab etadi. Oqilona modelning kamchiliklariga aksariyat
hollarda yangilikni
amalga oshirishning mavjud amaliyotga mos kelmasligi, natijalarga erishishda
noaniqlar
bo’lishi, jamoalarda nizoli holatlar yuzaga kelish imkoniyati,
oppozistiyaning innovatsiyalarga qarshiligi va hokazolarni kiritish mumkin.
Innovatsiyalarning
axloqiy
boshqaruv
modeli
yangiliklarni
amalga
oshirishda korxona ishchilarining ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini hisobga olishni
ko’zda tutadi. Bu modelga binoan firma qarorlar qabul qilishda tarqoqlik
xarakteriga ega o’z-o’zidan tashkil etiluvchi, tashkiliy faoliyatni kichik guruhlarga
mujassamlashtiruvchi, ushbu guruhlarda firmaning
strategik maqsadlarini keng
muhokama qiluvchi tizim sifatida ko’riladi. Yangiliklarga nisbatan guruhlar va
ayrim ishchilarning axloq motivlari bevosita rahbarning nazorati ostida bo’lmaydi.
Axloqiy model asosan insonga (inson omiliga) va uning yangilikni amalga
oshirishdagi mustaqil ishlash qobiliyatiga qaratilgan. Lekin bunday boshqaruv
modeli tashkiliy anarxiyaga, yangilikni amalga oshirishdagi mas’uliyatning
yo’qolishiga olib keladi.
Tizimli boshqaruv modeli korxonani ijtimoiy tizim sifatida ko’radi. Bunda
yangilik nafaqat muayyan sharoitlar ta’siri ostida yoki ishchilarning moyilligi
oqibatida amalga oshiriladi, balki ongli ravishda tashkiliy
masalalarni oldindan
tahlil qilish, ularning echimini topish va yangi ishlanmani aniq tashkil qilish
asosida amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni boshqarishning turli modellarini birlashtirgan holdagina
muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Tashkilotning madaniyatini o’zgartirishning yana bir usuli sifatida turli
treninglardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga ularning vazifalari vaqt o’tishi
bilan o’zgaradi. Avval bular, odatda, tashkilotda jamoa ruhini mustahkamlash
bo’yicha tadbirlar bo’lgan, ular aksariyat hollarda tog’dagi daryoda solda suzish va
yosh jangchi kurslariga qatnashishda ifodalanar edi.
Hozirda bu suratlar chizish va pesalar yozish. Treninglarning aksariyat qismi
“ish joyida kishilarning ijodiy imkoniyatlarini erkinlashtirish”ga bag’ishlanadi.
Masalan, Shimoliy Karolinadagi Grinsboro shahri kreativ boshqaruv markazida
menejerlar rasm chizadilar. Markaz xodimlari Devid Xore va Charlz Palus buni
zamonaviy biznes “ijodkor va boshqalarning
zavqini keltiruvchi, tashkilotda ijodni
ruhlantiruvchi va qo’llab-quvvatlovchi” rahbarni talab etadi. Markazda menejerlar
rasm chizadilar, kollajlar qiladilar, she’rlar, hikoyalar, musiqalar yozadilar. Ular
hattoki o’z orzularini tahlil qiladilar. Natijada ular shaxsiy muammolarini ham har
tomonlama o’rganishlari mumkin, deya ta’kidlaydi Xore va Palus. Bir vatqlar ular
o’z mahsuloti bilan bog’liq eski masalani hal qilish uchun bir jamoada ishladilar.
Xulosa
O’z
navbatida, har tomonlama yondashuv uchun har bir bosqichdagi
harakatning to’g’riligi muhim emasdir. Uning maqsadi hal etish emas, biror yangi
ishlanmani topishdir. Har tomonlama yondashuvga klassik misol ikkita o’zaro
o’xshamaydigan ishlanmalar aslida o’xshashligini ko’rish.
52
Ta’kilab o’tmoqchimizki, vertikal yondashuv sifatida De Bono tomonidan
tasvirlangan fikrlash jarayonlari rasmiy-mantiqiy jihatdan axborotni tartibga
soluvchi hamda predmetlar va hodisalar o’rtasida bir xil aloqalarni o’rnatish
asosida ishlovchi inson miyasining chap yarim shari ishini aks ettiradi. “Har
tomonlama yondashuv” esa tasavvuriy fikrlashga mas’ul inson miyasining o’ng
yarim shari ishini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: