156
ADABIYOT DARSLARIDA SHE‘R TAHLILIDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH KONSEPSIYASI
Asrorova Z. A.
Kogon tumanidagi 3-o`rta maktabning
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Mening muammom: An‟anaviy o‟qitish metodlari bilan yangi shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim
texnologiyalarini uyg‟unlashtish
Ma‘lumki, ta‘lim-tarbiya jarayoni o‘quvchilarning bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash,
ularning ilmiy dunyoqarashi, ma‘naviy-axloqiy fazilatlari, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadida
yo‘g‘rilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi sanaladi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonida ustoz va tahsil oluvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tarkib toptirish
uchun ,avvalo, o‘sha jarayonni insonparvarlahstirish, do‘stona muhitni yaratishni taqozo etadi. Bebaho
milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan o‘rta asrda yashagan allomalrning pedagogik qarashlari, ma‘naviy
durdonalari sanalmish hadislar, hikmatli so‘zlar va o‘zbek xalq maqollarida bu borada juda purma‘no
fikrlar bildirilgan.
―Ta‘lim to‘g‘risida‖ gi qonunning
26-moddasida “O‟qitishning ilg‟or shakllari va yangi
pedagogik texnologiyalarni ta‟limni texnik va axborot vositalarini o‟quv jarayoniga joriy etilsin”
deyilgan. Yangi pedagogik texnologiyalar, darslarda innovatsion-usullarni qo‘llash o‘quvchilarning
darsdagi faolligini oshiradi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: ―Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,
yuksak intellektual va ma‘naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi
sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz .‖
Kadrlar tayyorlahs milliy dasturining 3- bosqich vazifalaridan biri ta‘lim jarayoniga ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni olib kirishdir. Hozirgi kunda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng
foydalanilmoqda. Interfaol degani bu-o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik asosida dars
samaradorligini oshirish, mustaqil fikr berish ko‘nikmalarini shakllantirish, fikr-mulohaza, bahs orqali
o‘rganiladi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil, o‘zi faol ishtirik etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob
topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so‘zga chqiadi, dalil va asoslar orqali yoritib berishga harakat
qiladi.
Ayrim qiyin mavzularni o‘tishda o‘qituvchi o‘quvchilarni fikrlarini to‘ldirib mavzuni
mustahkamlab borishi lozim. Shunday qilib o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro hamkorlik asosida darslarni
tashkil etib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bilan ularning bilimlari
mustahkamlanib boradi.
Mamlakatimiz kelajagi yosh avlod qo‘lida, yosh avlodni o‘qituvchi tarbiyalaydi. Bevosita
mamlakat kelajagi bugungi kun o‘qituvchisiga bog‘liq. Shuning uchun bugungi kun o‘qituvchisi
bilimdon, zukko va albatta vatanparvar bo‘lishi kerak. Bizga ma‘lumki, xalq pedagogikasida ta‘lim
berishning an‘anaviy usullari mavjud. Bugungi kunda esa ta‘lim jarayoniga yangi usullar kirib kelmoqda.
Har bir o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida nimalar kashf etadi. Interfaol metodlardan foydalanib
adabiyot darslarini tashkil qilishda
“SAN” texnologiyasi, “Ikki qismli kundalik”, “Miyaga hamla”,
Do'stlaringiz bilan baham: