154
O‘QUVCHILARNING NUTQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
Buxoro viloyat Kogon tuman
3-umumiy o`rta ta‘lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Hamroyeva Dilbar
Nutq madaniyati fikrni mustaqil, ravon, go‘zal va nutq vaziyatiga
muvofiq tarzda ifodalashni
nazarda tutadi. Raso nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma‘rifiy taraqqiyotining millat ma‘naviy
kamolotining muhim belgisi o‘ziga xos ko‘zgusidir. Nutqiy muloqotning samaradorligi nutq
madaniyatiga bog‘liq, chunki madaniy nutqqina chinakam ta‘sir kuchiga ega bo‘la oladi. Mana
shunday
nutq sohiblarini tarbiyalash, o‘quvchilarning nutqiy madaniyatlarini rivojlantirish har
qanday davrda ham dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan.
Ona tili va adabiyoti ta‘limining eng asosiy maqsadi va vazifasi
ijodiy fikrlaydigan shaxsni
tarbiyalash, o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Quyida berilgan metod va
o‘yin- topshiriqlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga va ijodiy fikrlashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ulardan
dars jarayonlarida unumli foydalanish ta‘lim sifatini yanada oshiradi.
―IKKI YORTI—BIR BUTUN‖ O‘YIN TOPSHIRIG‘I
Bu usul o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va og‘zaki nutqining rivojlanishiga ijobiy ta‘sir
etadi.
O‘quvchilarga topshiriq beriladi: quyidagi bo‘g‘inlar orasiga shunday bo‘g‘in qo‘yingki, bir
so‘zning oxiri ikkinchi so‘zning boshi bo‘lsin.
2-topshiriq: shu ikki so‘zni birga qo‘llab, gap tuzish.
1.
Hayot daftarimizda shunday yorqin ranglar bilan surat chizaylikki, unda tarvuz urug‘idek
qora dog`lar tushmasin.
2.
Kumush qish davomida hordiq olgan dov-daraxtlar zumrad bahorga kelib uyg‘onishdi
va go‘zal libos kiyishdi.
―
MEN KIMMAN?‖ O‘YIN-TOPSHIRIG‘I
Mazkur o`yin-topshiriq quyidagi tartibda o`tkaziladi: bir o‘quvchiga qo‘lda
tayyorlangan toj
kiydiriladi. Tojga tasvirlanishi kerak bo‘lgan narsaning rasmi yopishtiriladi. Rasmda nima
tasvirlanganini do‘stlari unga
shu narsaga xos belgilar, xususiyatlar orqali tushuntirishadi.
Shartlari:
1.
Bir o‘quvchi faqat bir ishora-so‘z aytadi.
2.
Ishora-so‘zlar quyidagi tartibda bo‘lishi kerak: 1. Ot 2. Sifat. 3. Son 4. Fe‘l.
3.
O‘quvchiga 4 tadan ortiq ishora-so‘z berilmaydi.
4.
Shu narsaning sinonimi(ma‘nodoshi) ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Masalan, quyosh yoki gul rasmi yopishtirilgan bo‘lsa, o‘quvchilar quyidagicha ta‘riflashlari
mumkin:
1. Ot : osmonda // o‘simlik
2. Sifat: sariq // xushbo‘y
3. Son: 1 ta // 1-mart
4. Fe‘l: charaqlaydi // ochiladi
Bu usulni adabiyot darslarida asar qahramonlariga ta‘rif shaklida ham qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: