O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH SINF O‗QUVCHILARINING YOZUV MALAKALARINI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG‘ICH SINF O‗QUVCHILARINING YOZUV MALAKALARINI 
SHAKLLANTIRISH METODLARI 
Qo‗ldoshev R. 
Bux. DU Boshlang‘ich ta‘lim 
metodikasi kafedrasi o`qituvchisi, 
Qayimov L Bux. DU 
Ta‘lim va 
tarbiya nazaryasi va metodikasi 1-bosqich
magistranti 
Toyirova N. Bux. DU Ta‘lim va 
tarbiya nazaryasi va metodikasi 1-bosqich
magistranti 
 
Alifbe davrida o‗qish va yozishga o‗rgatishning uyg‘unlikda, baravar olib borilishi tahlil-tarkib 
tovush usulining eng asosiy xususiyatlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‗quvchilarni 
chiroyli yozuvga o‗rgatish uchun ularni maktabga kelgan kunlardan boshlab quyidagi vazifalarni 
bajarishga o‗rgatish zarur: 
1. 
Yozuv vaqtida partaga to‗g‘ri o‗tirish . 
2. 
Yozuv qurollaridan to‗g‘ri foydalanish 
3. 
Daftaradan to‗g‘ri foydalanish 
4. 
Yozma shakildagi harf va uning unsurlari bilan tanishtirish. 
5. 
Yozma shakildagi harflar yordamida bo‗g‘in, so‗z va gaplar yozish. 
O‗quvchilarda yozuv malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini 
to‗g‘ri yozishga, to‗g‘ri tasavvur qilishga bir xil qiyalikda yozishga, harf unsurlarini bir-biriga to‗g‘ri 
bog‘lab yozishga, so‗zlarni qatorlarga, to‗g‘ri joylashtirishga o‗rgatiladi. 
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishga eng birinchi qoida bu gigienik talablardir. 
O‗quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok, xotira kabi psixofiziologik 
funksiyalar ishtirok etishini ko‗ramiz. Bu hol o‗quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotiraga 
muhrlash imkonini beradi. 
Chiroyli yozuvga o‗rgatish uchun birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab 
etiladi. 
1. 
Yozuv qurollaridan to‗g‘ri foydalanish . 
2. 
Parta ustiga daftarni to‗g‘ri qo‘yish. 
3. 
Yozayotganda gavdani to‗g‘ri tutish va tirsaklarni to‗g‘ri harakat qildirish. 
4. 
O‗z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o‗rgatish 
5. 
Tovushni bosma harfga bosma harflarni esa yozma shakilga 
aylanishga o‗rgatish. 


168 
6. 
Harflarning shaklini to‗g‘ri idrok etishga o‗rgatish. 
7. 
Harflarni bir –biriga bog‘lab yozishga o‗rgatish. 
8. 
Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga o‗rgatish. 
9. Daftar chizig‘idagi qatorlarni to‗g‘ri to‗ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to‗g‘ri yozish. 
10. Harflarning qiyaligini to‗g‘ri saqlash. 
Birinchi sinf o‗quvchilarini chiroyli yozuvga o‗rgatishdan oldin quyidagi malakalarini 
shakllantirish lozim: 
Harflarning shaklini to‗g‘ri ifodalash,grafik malakalarini egallash 
Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda ularning qanday tovush bildirishini ham 
bilish,ya‘ni imloga oid malakalarini egallash. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan har bir malaka o‗z oldiga ma‘lum bir qoidani maqsad qilib qo‗yadi. 
Masalan, yozuv texnikasi-yozuv qurollaridan to‗g‘ri foydalanishi, yozayotganda partaga to‗g‘ri o‗tirish, 
qo‗lni to‗g‘ri tutish,umuman gigenik qoidalarga amal qilishni talab qiladi. Grafik malakalar esa harflar 
shaklini to‗g‘ri ifodalashni, ularning orasidagi masofaning bir xil bo‗lishini, qiyalikni to‗g‘ri saqlashni 
talab etadi. Imloga oid malakalarda esa qaysi harf qanday tovush bildirishini va ularni o‗z o‗rnida 
turishini talab etadi. 
Yozuv malakalari 6-7 yoshli bolalar uchun o‗qituvchi tomonidan bevosita kuzatib borishni talab 
etadi qiyin jarayondir. Xuddi shu davrda o‗quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlar kelgusi uchun 
muhim ahamyatga egadir. 
O‗quvchi o‗zining dastlabki yozgan harf va unsurlaridan ruhlanadi o‗ziga bo‗lgan ishonchi ortadi 
va qiyinroq harflarni yozishdan cho‗chimaydi. Shuning uchun ham o‗quvchilarda dastlabki yozuv 
malakalarini hosil qilishda ularning irodasini mustahkamlashga etibor berish lozim. Bunda o‗qituvchining 
bolalar bemalol bajara oladigan topshiriqlar tanlashi muhim rol o‗ynaydi. 
Bu davrda bolalardagi psixologik xususiyatlarni hamda ularning fiziologik xususiyatlarni hamda 
ularni o‗sishlarini hisobga olish boslang‘ich sinf o‗qituvchisining muhim vazifasidir. 
O‗quvchilar juda ko‗p vazifalarni, o‗qish, yozish, rasm chizish va boshqa mashqlarni partada 
o‗tirib bajaradilar bu davrda o‗qituvchi o‗quvchilarni to‗g‘ri o‗tirishga o‗rgatishi, ularninig erkin ishlashi 
uchun zarur shart sharoit yaratib berishi kerak buning uchun o‗quv yili boshida o‗qituvchi maktab 
hamshirasi bilan hamkorlikda yoshiga bolalarning bo‗yiga hamda ko‗rish va eshitish qobilyatlariniga 
qarab partalarga o‗tqazishi muhimdir. 
O‗quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz bo‗lib u o‗quvchilarning yoshlari va bo‗ylariga 
mos,yozish va rasm chizish uchun qulay bo‗lishi o‗quvchi o‗tirib turganda xalaqit bermasligi lozim. 
O‗quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan oldin, ularni sifatli yozuv qurollari bilan 
ta‘minlash lozim .Yozuvning chiroyli bo‗lishi ko‗p jihatdan yozuv qurollariga bog‘liq. Ularning yozuv 
qurollarini muntazam nazorat qilib borish o‗qituvchining muhim vazifasidir. 
Dastur talablari bo‗yicha birinchi sinf o‗quvchilari "Alifbe" darsligiga ilova tariqasida chiqarilgan 
"Yozuv daftaridan" foydalanishlari lozim. Daftar sifatli qog‘ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq va 
ko‗rinib turadigan bo‗lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar orlig‘i 25 m.m 65% kichik harflar yoziladigan 
satr chizig‘i oralig‘i 5 mm teng bo‗lishi lozim. O‗quvchilar uchun tavsiya etiladigan sharikli 
avtoruchkalarning yo‗g‘onligi ularning qo‗l barmoqlariga mos bo‗lib, uzinligi 130 mm oshmasligi lozim. 
O‗quvchilar yozuvining sifati ko‗p jihatdan yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan yozuv qurollariga bog‘liq. 
Yozuvning sifatini shakilantirish deganda, biz uning aniq va toza bir xil qiyalikda va bulandlikda 
bo‗lishini, bir tekis silliq yozilishini tushinamiz. 
O‗quvchilarda yozuv siftlarini shakillantirish uchun o‗qituvchi quyidagi ko‗rsatmalarga amal 
qilishi lozim . 
1. Harf unsurlari va harflarni to‗g‘ri bog‘lab yozish 
2. Yozuvni 65 qiyalikda yozishga o‗rgatish. 
3. Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda 
bo‗lishiga erishish. 
4. Harf unsurlari, harflar va so‗zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash 
5. Sinfdagi barcha o‗quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga erishish. 


169 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish