O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

Xotirani ko'chirish.
  Xotirani  ko‘chirishga  oid  tajribalar alohida  ahamiyatga 
ega.  Bu  muammo  yuzaga  kelishi  planariyalarda  o ‘tkazilgan  tajribaga  bog‘liq. 
« 0 ‘qigan» planariyatami iste’mol qilgan chuvalchanglarda shartli reflekslami hosil 
qilish tezlashgan. Bu tajribalarda xotirani bir individdan ikkinchi individga o ‘tish 
RNK orqaliligi aniqlangan.
Umurtqali hayvon miyasi ekstraktini  boshqa hayvonlarga yuborish hisobotga 
xotirani o ‘rganish tajribalari natijalari doimo bir xil chiqmagan. Miya ekstraktidan 
ajratib olingan peptidni aniq ta’sir qilish imkoniyati borligi aniqlanadi. Qorong‘ idan 
qochishga  o ‘rgatilgan  kalamush  miya  ekstraktidan  ajratib  olingan  peptid  (15 
aminokislota)  o ‘rganilmagan  kalamushlarga  yuborilsa,  ular  ham  qorong‘idan 
qochishgan.  Bu  peptidga 
skotofobin
  deb  nom   berishgan.  Sun’iy  y o ‘l  bilan 
sintezlangan  skofobin  ham  tabiiyday  t a ’sir  k o 'rsa tg a n .  Q orong‘ida  qolgan 
kalam ushlarda  u  stress  holatini  yuzaga  keltirgan.  Biroq  xotirani  k o 'ch irish  
konsepsiyasi  ko‘pchilik  tomondan  tan  olingan  em as.  Shunga  qaram asdan  bu 
muammoni hal qilish xotira mexanizmlarini hal qilishda zarur boMadi.
Em otsiya,  hissiyot.  Emotsiya,  lotincha  «Emovere»  so‘zidan  olingan  bo'lib, 
«qo‘zg‘atmoq to ‘lqinlantirmoq» ma’nosini anglatadi.  Emotsiya bu  insonni tashqi 
dunyoga va o ‘ziga b o lg a n  munosabatini ko‘rsatuvchi qisqa muddatli somatik va 
vegetativ javoblar majmuasi.
Emotsiya davomiyligiga qarab uchga b o lin ad i:
/. 
Kayfiyat  -
  eng  uzoq  davom  etuvchi,  lekin  eng  sust  namoyon  boMuvchi 
hissiyot;
2.  Ehtiros -
 qisqa davom etadi,  kuchli  namoyon  boMuvchi hissiyot;
3.  Jazava
  -   o ‘ta  qisqa  davom  etuvchi,  o ‘ta  kuchli  namoyon  bo‘luvchi  his- 
hayajon, emotsional portlash sodir boMishi.
Emotsiya  xususiyatiga  ko‘ra 
ijobiy
  va 
salbiy
  bo 'lish i  mumkin.  Birinchisi, 
quvonch, zavqlanish, huzurlanishlar mrsol bo‘lishi mumkin; ikkinchisiga esa xafa 
bo‘lish,  q o ‘rqish,  qayg‘urishlar  misol  b o ‘la  oladi.  Ijobiy  hissiyotga  insonlar 
intiladilar, salbiysidan esa qochadilar.
Yana emotsiyani 
stenik
 va 
astenik
 hissiyotlarga b o lis h  mumkin.  Birinchisida 
ichki ko‘tarinkilik, ruhiy tetiklik, irodasini safarbar qilish, g ‘ayrati oshishi hollari 
bo‘lsa,  ikkinchisida aksincha -   faoliyatning susayishi,  ruhan  ezilish,  bezovtalik, 
tushkunlik holatlari kuzatiladi.
Vegetativ javob ko‘rinishlari hissiyotni adekvat  ifodalaydi, chunki ular inson 
xohishiga  bo‘ysunmaydi.  Hissiyotda  namoyon  boMadigan  vegetativ jovoblarga 
quyidagilar kiradi. Birinchidan, qorachiq kattaligining o ‘zgarishi, emotsiya turi va 
kuchiga qarab kattalashishi yoki kichrayishi mumkin. Masalan, qo‘rqqanda qorachiq 
kattalashadi,  ja h l  chiqqanda  kichrayishi  m um kin.  A qliy  z o ‘riqish  qorachiq 
kattalashishini  keltirib  chiqaradi.  Hissiyotda  yuz  terisi  rangi  o ‘zgaradi.  Inson
369
www.ziyouz.com kutubxonasi


uyalganida yuzi qizaradi, q o ‘rqqanida.esa oqaradi.  Bu teridagi qon tomirlarining 
kengayish va torayishi bilan bog‘!iq. Shunga ko‘ra teri harorati ham o‘zgaradi.
Gmotsiyada teri tukchalarining qopchalaridagi mushaklar qisqarishi natijasida 
tukchalarko‘tariladi, d o ‘mboqchalar hosil bo‘ladi (bunday holda«tovuq et» haqida 
gapiriladi).  Emotsional  terlash  -  sovuq  ter chiqish  holati  kuzatiladi.  Bunday ter 
ajralish  kaftda  va  peshanada  sodir  bo‘ladi,  harorat  boshqarilishidagi  ter  butun 
tana yuzasida am alga oshadi.
Emotsiyada yurak-qon tom ir tizimi faoüyatida ham o ‘zgarish yuz beradi, yurak 
urishi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, ba’zida aritmiya kuzatiladi, arterial 
qon  bosimi  o ‘zgaradi,  tananing har xil  qismidagi  qon  tomirlarda qonning qayta 
taqsimlanishi kuzatiladi.
Emotsiyada nafas olish tezlashishi yoki aksincha, sekinlashishi mumkin, ba'zida 
qisqa vaqtga to ‘xtashi,  so'ngra chuqur nafas olish bilan almashinuvi (xo‘rsinish) 
kuzatiladi, nafas olish va chiqarish vaqtlari ham o ‘zgarishi aniqlangan.
His-tuyg‘u hazm  tizim i  faoliyatiga ham ta’sir qiladi.  His tuyg‘uda ko‘pincha 
hazm  yo‘li  harakati  susayishi,  so‘lak  ajralishi  kamayishi  va  og‘iz  qurib  qolishi 
kuzatiladi. M e’dada shira ajralishi va harakat o‘zgarganligi tufayli ko‘ngil aynishi 
kelib chiqishi mumkin, bu holatda so‘lak ajralishi kuchayadi. Hazm tizimida o‘zgarish 
har  xil  kechishi  m um kin,  masalan,  bir  odamda ja h l  ishtahani  b o ‘g ‘ib  qo‘ysa, 
ikkinchisida, aksincha, ishtahani ochib yuborishi mumkin. Qattiq qo‘rqqanda ayrim 
odamlarda ixtiyorga b o ‘ysunmagan ich ketish holatini kuzatish mumkin. Bu ichak 
peristaltik qisqarishining kuchayishi va anal sfinktemi b o ‘shashishi natijasida kelib 
chiqadi. K o'pgina his-tuyg‘ularda endokrin bezlar faoliyati va markaziy nerv tizimi 
ta ’sirida  modda  alm ashinuvining  kuchayishi  kuzatiladi.  His-tuyg‘ular  qonning 
tarkibini ham o'zgartiradi, qonda glukoza, adrenalin, eritrotsit, leykotsitlar miqdorlari 
o ‘zgaradi.
Vegetativ  reaksiyalar  ijobiy  hissiyotda  salbiy  hissiyotga  nisbatan  kuchliroq 
namoyon bo‘ladi,  lekin  ijobiy hissiyotda vegetativ nosozliklar kuzatilmaydi. 0 ‘z 
kuchiga,  haq  ekanügiga  ishongan  odamlar  hissiyotni  zarar  keltiruvchi  ta’siriga 
qarshi tura oladilar. Salbiy hissiyotga qarshilik ko‘rsatmagan odamlar organizmiga 
zarar keltirishi mumkin.
Hissiyotda somatik nerv tizimi javoblari ham kuzatiladi. Bu javob hatti-harakatda, 
mimikada,  tana  holatida,  tana  muskullari  tonusida,  ulam ing  ritmik  qisqarishida 
(qaltirash, oyoqda tura olm aslik) namoyon boMadi. B a’zi bir histuyg‘uda ko‘zning 
pirpirashi,  ko‘z  soqqasi  harakatining kuchayishi  kuzatiladi.  Kuchli  his-tuyg‘uda 
ko‘z soqqasi  harakati susayadi.
Har qanday his-tuyg‘u m a’lum bir mimik ko‘rinishga mos keladi.
His-tuyg‘uda  m iyadagi  elektrik  faollikning  ortishi  kuzatiladi.  Bosh  miya 
po‘stlog‘ining har xil sohasida yuqori chastotali potensiallar yuzaga keladi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg‘ular, uning ehtiyojlari qondirilish 
jarayonlari  qanday  kech ay o tg an lig in in g   belgisi  sifatid a  nam oyon  b o ‘ladi. 
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo‘lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, 
mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlami qondirish jarayonining xush keladigan tarzda
370
www.ziyouz.com kutubxonasi


kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlam ing qondirilm asdan qolishi salbiy hissiy 
kechinmalarga (uyalish, o ‘kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish