O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

H is-tuyg‘uning  ahamiyatlari  va  kelib  chiqish  sabablari.
  His-tuyg‘uning 
biologik ahamiyati uning ogohlantiruvchi va boshqaruvchi vazifalami bajarishidir. 
Muayyan  ta ’sirot  organizm  uchun  foydali  yoki  zararli  ekanligi  hatti-harakatlar 
samaralimi yoki samarasiz ekanligi haqida ogoxlantirishdan iborat.
His-tuyg‘uning  boshqaruvchi  ahamiyati  organizm ga  beriiayotgan  ta ’sirotni 
kuchaytirish yoki uni to ‘ xtashga y o ‘naltirilgan hatti-harakatlarda namoyon bo‘ ladi. 
Ehtiyojni qondirmaganligi salbiy his-tuyg‘ugasabab boMadi. Ehtiyoj qondirilganda 
esa ijobiy his-tuyg‘uni hosil qiladi  va organizm ishlashni tugallaydi.
His-tuyg‘u  kelib  chiqishini  asoslab  beruvchi  bir  necha  nazariyalar  mavjud. 
Ulardan biri P. K. Anoxinning 
biologik nazariyasi.
  Bu nazariyaga asosan, reflektor 
faoliyatda olingan va kutilgan natija mos kelsa his-tuyg‘u ijobiy va kutilgan natijaga 
erishilmasa • salbiy boMadi.
P.F.  Simonovning 
informatsion nazariyasi
 bo'yicha organizm  ehtiyoji uchun 
zarur boMgan axborotni oigan va olmaganligiga qarab ijobiy va salbiy his-tuyg‘ular 
paydo boMadi. His-tuyg‘uni quyidagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin.
E-P-(ln-Is), bu yerda-Pqoniqtirilmagan ehtiyojni, ln-zaruriy (kutilgan) axborotni, 
ls-mavjud axborotni anglatadi.
Ehtiyoj muayyan paytda qondirilganliginingongdagi in'ikosi sifatidahis-tuyg‘u 
paydo boMar ekan, maqsadga erishilganligi, ya’ni ehtiyoji qondirilganligiga qarab 
ijobiy yoki salbiy his-tuyg‘u paydo boMishi mumkin.
P.S.  Simonov  ehtiyojni  uch  guruhga  boMadi:  birinchisi  - 
hayotiy  ehtiyojlar, 
y a’ni 
biologik ehtiyojlar.
  Ikkinchisi - 
ijtimoiy ehtiyojlar,
 jam iyatda e ’tiborli odam 
boMish, ma’lum birdarajaga erishish vahokazo
\\zh\ncb\s\- g'oyavty ehtiyoj •
 o ‘zi 
va o ‘rab turgan dunyoni anglash,  san’atga boMgan ehtiyoj  va h. k.
Agar  insonda  ehtiyoj  boMmasa,  (P = 0 )  his-tuyg‘u  paydo  boMmaydi  (E = 0). 
Zaruriy va mavjud axborotlar teng bo ‘ Iganda ham (In=Is) hech qanday his-tuyg‘u 
paydo boMmaydi.
Salbiy his-tuyg‘u axborottanqisligidan, ijobiy his-tuyg‘u esa axborotningyetarli 
darajada ekanligidan kelib chiqadi.
Yana bir nazariyani G.I. Kositskiy yaratdi va uni 
fiziologik nazariya
 deb atadi. 
G.I.  Kositskiy  b o ‘yicha  inform atsion  nazariya  his-tuyg‘uni  toMa  aks  ettirib 
berolmaydi,  chunki  salbiy  his-tuyg‘u  faqatgina  axborot  tanqisligidangina  kelib 
chiqmasdan, vaqt va energiya (kuch-quvvat) yetishmasligidan ham kelib chiqishi 
m um kin.  Ushbu  nazariyada  h is-tu y g ‘u  z o ‘riqish  h o la tin in g   b ir  davri  deb 
hisoblangan.
Zo‘riqish  holatining (SN) kelib chiqishini  quyidagi tenglam a bilan  ifodalash 
mumkin:
SN = S ■ (In ■ En ■ Vn -  Is ■ Es ■ Vs)
Bu yerda S maqsad, In - zaruriy axborot, En-zaruriy energiya (kuch), Vn-zaruriy 
vaqt,  ls-mavjud  axborot,  Es-mavjud  energiya  (kuch),  Vs-mavjud  vaqt.  Demak, 
maqsadga erishish uchun uchragan qarshiliklami yengishda z o ‘riqish holati kelib
371
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqishi tabiiy. M aqsadga erishish uchun faqatgina axborot zarur bo‘lmasdan vaqt 
va  energiya  ham  zarurdir.  Zaruriy  axborot,  energiya  va  vaqt  insonning  mavjud 
axborot,  energiya va  vaqtlariga solishtirilib  uning maqsadga erishish  imkoniyati 
aniqlanadi.  A gar  m aqsad  y o ‘q  (S-O)  bo‘lsa,  zo'riqish  holati  kelib  chiqmaydi. 
I n E n V n - I s E s V s = 0   b o ‘lganda ham  xuddi  shunday  holat kuzatiladi.  In-En-Vn- 
Is Es V s> 0  b o ‘lganda zo‘riqish holati kelib chiqadi.
Zo‘riqish holati quyidagi ketma-ket keluvchi 4 davr mavjud:
1.  V M A (diqqat,safarbarIik, faollik)
2   SOE (stenik salbiy emotsiya)
3.  A S O E (astenik salbiy emotsiya)
4.  Nevroz
Har bir davr uchun m a’lum bir subyektiv va obyektiv holatlar xosdir.  Birinchi 
davrda  m odda  alm ashinuvining ortishi,  vegetativ  (nafas,  qon  tomir)  va  somatik 
(muskullar tonusini, jism oniy  va aqliy  ish  qobiliyatining ortishi)  faoliyatlaming 
kuchayishi  kabi  moslashuv  reaksiyalari  kuzatiladi.  Diqqat  e’tibor  ortadi,  ilhom 
bag'ishlovchi  ruhiy ko‘tarinkilik kuzatiladi.  Bu holatlaming ko‘rinishi qo'yilgan 
maqsadning qiyinligiga bog‘liq, lekin o ‘ta qiyin bo‘lmasligi zarur. Mazkur holatning 
muntazamligi chiniqtiruvchi omil bo‘lish  qobiliyatini va har xil zararli omillarga 
chidamliligini orttiradi.
Ikkinchi  davrda,  q o ‘yilgan  maqsadga  erishish  uchun  vegetativ  va  somatik 
faoliyatlar kuchli safarbar qilinadi: o ‘ta kuchli q o ‘zg‘alishlar, organizmda «bo‘ron» 
bo lish i, g ‘azab, nafrat, idrokning susayishi holatlari kelib chiqishi mumkin.
Uchinchi  davrda jism oniy va aqliy  ish  qobiliyati keskin  susayadi,  bosh  miya 
po‘st!og‘ida tormozlanish holati kelib chiqadi, sezgi a ’zolarining faoliyati susayadi, 
yurak-qon  tom ir tizim i faoliyati o ‘zgaradi.  Insonda g ‘amginlik, qo‘rqish, ojizlik, 
voqelikni to ‘g ‘ri baholay olmaslik holatlari kuzatiladi.
T o ‘rtinchi  davrda-nevroz-xulq-atvom ing  buzilishi,  bosh  miya  p o ‘stlog‘ida 
q o ‘zg‘alish  va  torm azlanish  o ‘rtasida  muvozanatsizlik,  ish  qobiliyati  keskin 
susayishi kuzatiladi. Insonda ruhiy ezilish, o ‘zining keraksizligini, kelajagi yo‘qligini 
his qilish paydo b o ‘ladi.
G.I. Kositskiy bo‘yicha zo ‘riqish holatidan chiqqanda insonda ijobiy his-tuyg‘u 
vujudga keladi. Qanchalik og‘ir zo‘riqish holatidan chiqsa, shunchalik kuchli ijobiy 
his-tuyg‘u vujudga keladi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish