O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

R e tik u ly a r fo r m a ts iy a b ila n k a tta y a r im s h a r la r p o 's t l o g 'i
о ‘rta sid a g i (retiku lo -ko rtika l) m u n o sa b a tla r
K atta yarim sharlar 
p o ‘stlo g ‘ida ro ‘y beradigan bioelektr jarayonlarini tekshirish shuni 
k o ‘rsatdiki, tiyraklik holati uchun xarakterli b o ‘lgan past voltli tez-tez 
elek tr teb ran ish la ri eshituv, k o ‘ruv, ta g til va boshqa tu rli-tu m an
rese p to rla r t a ‘sirlan g an d a k u chayadi y o k i h atto y u z ag a chiqadi. 
Bunday effekt 
fa o lla sh ish reaksiyasi
deb ataladi. K atta yarim sharlar 
p o ‘stlog‘ining tegishli reseptorlardan im pulslar olib turadigan sen­
122


sor sohasidagi emas, ham m a qism ida faollashish reaksiyasi ro ‘y beradi 
va ta ‘sir to ‘xtagandan keyin ham bir necha vaqt davom etaveradi. 
Shu faktlarga asoslanib, butun p o ‘stloq faolligini oshiradigan va uni 
m uayyan q o ‘z g ‘alish holatida saqlaydigan m arkaziy m exanizm bor, 
degan xulosa chiqarildi.
M iya o ‘zani uzunchoq m iya pastidan yoki Varoliy k o ‘prigining 
p a s tro g ‘id a n q irq ib q o 'y ilg a n m u sh u k n in g k a tta y a rim sh a rla r 
p o ‘stlog‘idagi elektr potensiallarini F.Bremer qayd etgan. M iya o ‘zani 
yuqoridagicha qirqib q o ‘yilganda tiyraklik holati uchun xarakterli 
elektr faolligi saqlanib turaveradi. M iya o ‘zani o ‘rta miya ro ‘parasidan 
qirqib qo‘yilganda, katta yarim sharlar p o ‘stlog‘ida uyqu holati uchun 
xarakterli bo‘lgan yuksak voltli sust elektr tebranishlari yuzaga keldi. 
Bu katta yarim sharlar p o ‘stlo g ‘iga o ‘rta m iyaning faollashtiruvchi 
ta ’sir k o ‘rsatishidan guvohlik beradi. G.Megun v a G.M orutssi m iya 
o ‘zanining turli qism lariga m ikroelektrodlarni stereotaksis apparatlari 
yordam ida kiritib, retikulyar form atsiyaga t a ’sir etganda katta yarim
sharlar p o ‘stlo g ‘ida u y g ‘onish va tabiiy tiyraklik holatlari uchun 
x arak terli elek tr fao llig in in g o ‘zgarishini 1949-yilda aniqlashdi. 
Talamusning nospesifik yadrolari va gipotalam usning dorsal bo ‘limiga 
t a ’sir etib, shunga o 'x sh a sh reaksiyani yuzaga chiqarishi m umkin.
M iya o ‘zan in in g yu q o ri b o ‘lim larid ag i re tik u ly a r fo rm atsiy a 
yem irilganda k atta yarim sharlar p o ‘stlo g ‘ining sensor sohalariga 
m axsus o ‘tkazuvchi y o ‘llar orqali afferent im pulslar kelib turishiga 
qaramay, hayvon chuqur uyqu holatiga kiradi. Bunday operatsiyadan 
keyin hayvon uzluksiz uxlab, tashqi ta ‘sirlarga reaksiya k o ‘rsatm aydi 
desa b o ‘ladi. K atta yarim sharlar va p o ‘stlo g ‘ining norm al ishlashi 
m iya о ‘zanining retikulyar form atsiyasi va talam usning nospesifik 
y a d ro la rid a n to n u s lo v c h i, fa o lla s h tiru v c h i im p u lsla r k e lish ig a
anchagina b o g ‘liq ekanligi shu bilan isbot qilinadi.
B ir qancha m a ‘lum otlar shundan dalolat beradiki, har xil afferent 
ta ’sirlarda retikulyar tizim hujayralarining turli guruhlari faollik holatiga 
keladi, shu tufayli retikulyar formatsiya katta yarim sharlar p o ‘stlog‘iga 
b ir x ild a fa o lla s h tiru v c h i t a ’sir k o ‘rsa tm a y d i. M a sa la n , o v q a t 
reflekslarida retikulyar formatsiya va katta yarim sharlar p o ‘stlog‘ining 
e le k tr r e a k s iy a la r i h a y v o n n in g h im o y a la n is h r e a k s iy a s id a
kuzatiladigan elektr reaksiyalaridan k atta farq qilishi P.K.Anoxin 
labaratoriyasida k o ‘rsatib berildi.
K o‘tariluvchi faollashtiruvchi retikulyar form atsiyaning faoliyatini 
organizm ning ham m a reseptorlaridan keluvchi im pulslar saqlab turadi,
123


chunki talam u sg a im puls y etk azib b eradigan afferen t to lalard an
retikulyar formatsiyaga bir talay kollaterallar chiqadi. Bundan tashqari, 
retikulyar form atsiyaga miyachadan, p o ‘stloq ostidagi gangliylardan, 
limbik sistem adan va katta yarim sharlar po ■
stlog‘ idan im pulslar kelib 
turadi. Retikulyar formatsiya katta yarim sharlar po‘stlog‘iga katta ta ’sir 
k o ‘rsatish va uning faollik darajasini saqlab turish bilan birga, o ‘zini 
ham m iya p o ‘stlog‘idan keluvchi im pulslar doimo idora etib turadi.
Retikulyar formatsiya p o ‘stloq ostidagi yadrolarga va gipotalamusga 
chambarchas bog‘liq. Retikulyar formatsiyaning o ‘rta miyadagi b a ’zi 
qismlariga ta ’sir etilganda, xuddi shuningdek gipotalamusning dorsal 
qismi, po‘stloq osti yadrolari va limbik sistema ta ’sirlanganda hayvonning 
xulq-atvoriga bevosita aloqador bo‘lgan b a ’zi o ‘xshash effektlar kelib 
chiqishi buning dalilidir. Kalamushlar bosh m iyasining turli sohalari -
gippokamp, gipotalamusning dorsal qismi va o ‘rta miyaga elektrodlami 
surunkasiga kiritib q o ‘ygan J.O lds tajribalari favqulodda ibratlidir. 
Elektrodlar stimulyatorga ulab qo‘yilgan. Kalamush richagni oyoq panjasi 
bilan bosib stimulyatorni ishga sola olardi. Kalamush richagni tasodifan 
bosib m iy an in g m u ay y an stru k tu ra la rid a q isq a m u d d a tli e le k tr 
tebranishini vujudga keltirgach, richagni muntazam bosib, o ‘z miyasining 
m arkazlariga ta ’sir eta boshlaganligi eksperem entda m a’lum b o ‘ldi. 
Elektrodlar gipotalamusning dorsal qismi yoki o‘rta miyaning retikulyar 
formatsiyasiga yaxshi joylashtirilgan b o isa , kalamush boshqa har qanday 
faoliyatdan vos kechib va ovqat bilan ishi b o ‘lmay richagni soatiga 8000 
m artagacha bosaverdi. E lek tro d lar bosh m iyaning y u qoriroqdagi 
bo‘limlarigajoylashtirilganida o‘ziga-o‘zi ta ’sir etish chastotasi kamaydi. 
Bu tajribalarga asoslanib, hayvon m iyasining muayyan strukturalariga 
ta ’sir etilganda qandaydir musbat reaksiyalar kelib chiqadi, ularni shartli 
ravishda «qanoat» yoki «rohat reaksiyalari» deb atashadi.
Elektrodlar gipotalam usning m edial qism ida turgan b o ‘lsa, o ‘ziga- 
o ‘zi ta ’sir etish chastotasi hayvonning tajribadan oldin och b o ‘lganiga 
y o k i m ir iq ib o v q a t y e g a n ig a q a ra b o ‘z g a r d i. E le k tr o d la r
gipotalam usning lateral qism iga kiritilgan b o ‘lsa, o ‘zig a-o ‘zi ta ’sir 
etish chastotasi jin siy gorm onlar kiritilgach kuchayib, kastratsiya 
(bichish)dan keyin kamaydi. 0 ‘ziga-o‘zi ta ’sir etish tajribalarida yuzaga 
c h iq a d ig a n re a k s iy a la r o v q at re fle k s la rig a y o k i sh a rtsiz jin s iy
reflekslarga b o g ‘liq ekanligi yuqoridagi m a ’lum otlardan k o ‘rinib 
turibdi. Bu reflekslar katta yarim sharlarning lim bik tizim i, p o ‘stloq 
ostidagi yadrolar, retikulyar form atsiya va gipotalam us ishtirokida 
yuzaga keladi.


E lektrodlar oraliq m iyaning dorsal qism iga yoki gipotalam usning 
ventro-m edial yadrosiga kiritib q o ‘yilganda boshqacha reaksiyalar 
ro ‘y berdi. Bu holda hayvon bir m arta o ‘ziga-o‘zi ta ’sir etgach richagga 
tegm aydigan b o ‘lib, qoldi. B unday ta ’sir salbiy em otsiyalarga sabab 
b o ‘ldi. M ushuk m iyasining shu sohasiga ta ’sir etilganda u g ‘azabga 
kelib, yonidagi hayvonlarga chovut solaverdi.
R e tik u ly a r fo rm a tsiy a o ra liq m iya m a rk a z la ri, p o ‘stlo q osti 
yadrolari va lim bik sistem a bilan birgalikda xulq-atvorning shartsiz 
reflektor, in stin k tiv reak siy alarin i yuzaga chiqarishda qatnashuvi 
yuqoridagi tajribalardan k o ‘rinib turibdi. Bu reaksiyalarning yuzaga 
chiqishi n atijasid a organizm ning hayot uchun m uhim ehtiyojlari 
q o n d i r i l a d i , b u e h t i y o j l a r e s a h a y v o n la r x u lq - a t v o r i n i n g
ra g ‘batlantiruvchi (m otivatsiya) sabablari sifatida muhim dir. Ammo 
p o ‘stloq ostidagi yadrolarga yoki m iya o ‘zaniga ta ’sir etish ustidagi 
ta jrib a la rg a m iy an in g shu b o ‘lim lari x u lq -a tv o rd a hal q ilu v ch i 
a h am iy atin i isb o t e ta d ig an d a lil deb q ara sh y a ram a y d i, chunki 
m a rk a z iy n e rv s is te m a s in in g p a s tro q d a g i b o ‘lim la ri y u z a g a
chiqaradigan reaksiyalarni katta yarim sharlar p o ‘stlog‘i nazorat qilib 
turadi.
O d a m d a m u ra k k a b n e rv f u n k s iy a la r i k a tta y a rim s h a r la r 
p o ‘s tlo g ‘iga k o ‘chganligi, y a ’ni 

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish