O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

IX
HAZM FIZIOLOGIYASI
T irik organizm yashashi uchun energetik va plastik m oddalam i 
iste’mol qilishi zarurdir.
Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmi, o‘simliklardan o‘zida 
anorganik moddalardan organik m oddalam i sintezlay olmasligi bilan 
farqlanadi. Shuning uchun ham bunday moddalar hayvonlar organizmiga 
ta sh q arid an tu sh ish i zarur. B un d an ta sh q a ri, o d am lar va yuqori 
rivojlangan hayvonlar organizm ida oqsil, yog* va karbonsuvlar m a’lum 
bir fizik va kimyoviy ishlovdan so‘nggina assimilyatsiya qilinadi. M ana 
shunday ishlovdan o ‘tkazish hazm tizimining vazifasiga kiradi.
Hazmning mohiyati.
Hazm-iste’mol qilingan ovqat hazm yo‘llarida fizik 
va kimyoviy o‘zgartiriladigan murakkab fiziologik va bioximik jarayohlardir. 
Buning natijasida oziqli moddalar o‘zlarining plastik va energetik qimmatini 
saqlab qoladilar va turga xoslik xususiyatlarini yo‘qotadilar.
Oziq moddalarning maydalanishi, bo‘kishi, erishi 
fiz ik о ‘zgarishlar
b o iib , ularning hazm shiralari ta ’sirida 
yemivi\\sh\-kimyoviy
o ‘zgarishdir. 
Hazm shirasi tarkibidagi gidrolitik fermentlar bu jarayonda katta ahamiyatga 
ega. Oziqli moddaning fizik va kimyoviy o ‘zgartirilishi hazm y o iid a
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hazm y o iid a oziqli moddalarning 
harakati, uning ayrim qismida m a’lum vaqtgacha ushlab turilishi, hazm 
shirasi bilan aralashishi silliq muskullar faoliyati bilan b o g iiq .
Oziqli moddalarning depolimerlamishi natijasida asosan monomerlar 
hosil b o iad ilar, ular ichakda qon va limfaga so‘riladilar, to ‘qim a va 
hujayralarga yetib boradilar va u yerdagi metabolizmda ishlatiladilar. Suv, 
mineral tuzlar va ayrim organik moddalar (vitaminlar) o‘zgarmagan holda 
qonga so‘riladi.
Hazm turlari.
Gidrolitik fermentlaming kelib chiqishi mohiyatiga qarab 
hazm xususiy, simbiont va autolitik kabi uch turga b o iin ad i.
Xususiy hazm-хш аууап
makroorganizmda, uning hazm bezlarida, 
epitelial hujayralarida sintezlangan s o ia k , meda va meda osti, ingichka 
ichak epiteliysi fermentlari tom onidan amalga oshiriladi.
334


Sim biont hazm -
oziqli m oddalar gidrolizi, m akroorganizm hazm 
y o ‘lidagi bakteriya va sodda hayvonlar fermentlari tomonidan amalga 
oshiradi. Odamlarda bu turdagi hazmning ahamiyati kam. Ovqatdagi 
kletchatka odam larda sim biontlar fermenti ta ’sirida y o ‘g ‘on ichakda 
gidrolizga uchraydi.
A u to litik hazm -
organizm ga ovqat tarkibida tushuvchi ekzogen 
gidrolazalar hisobiga amalga oshiriladi. Chaqaloqlarda xususiy hazm to ‘la 
rivojlangan emas, shuning uchun ham ularda autolitik hazmning ahamiyati 
kattadir. Ona suti tarkibida ovqatli moddalar bilan birgalikda fermentlar 
ham tushadi va ular gidrolitik jarayonida ishtirok etadilar.
Oziqli m oddalam ing gidroliz jarayoni qaerda bajarilayotganligiga 
qarab hazm bir necha turga
hujayra ichi - va tashidagi
hazm larga 
bo‘linadi.
Hujayra ichidagi hazm
fagotsitoz va pinotsitoz (endotsitoz) y o ‘li 
bilan hujayra ichiga olib kirilgan m oddalam ing lizosomal fermentlar 
ta ’sirida gidrolizga uchrashi.
Hujayradan tashqaridagi hazm
distant va kontakt, devor oldi yoki 
m embranadagi hazmga b o ‘linadi. 
D istant hazm
fermentlar hosil bo‘lgan 
jo y dan m a’lum bir uzoqlikda, hazm y o ‘li b o ‘shlig‘ida so‘lak, m e’da va 
m e’da osti bezlari fermentlari ta ’sirida amalga oshiriladi. Bunday hazm 
bo ‘shliqdagi hazm
deb ham ataladi.
D evor oldi

qontakt yoki membranadagi hazm
ingichka ichakning 
mikrovorsinkalari va mukopolisaxarid ipchalari glikokalikslar bilan hosil 
qilingan juda katta yuzada amalga oshiriladi, mikrovorsinkada «saflanib» 
turgan fermentlar ta ’sirida m oddalar gidrolizga uchraydi.
Ichakning shilliq qavatidan ajralayotgan shilim shiq m odda va 
mikrovorsinka, glikokalikslardan hosil b o ‘lgan chiziqli hoshiya sohasi 
fermentlarga boy. Bu sohada ichakning xususiy va ichak b o ‘shlig‘idan 
o ‘tgan m e ’da osti bezi va k o ‘chib tushgan enterotsitlar tarkibidagi 
fermentlar bor.
Demak devor oldi hazmida ichakning shilliq sohasida, glikokaliks va 
m ikrovorsinkalar sohasidagi ichakning xususiy va m e’da osti bezi 
fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Hozirgi davrda hazm uch bosqichli jarayon sifatida qaralmoqda: 
b o ‘shliqdagi hazm, devor oldi hazmi, so‘rilish hazmi. B o ‘shliqda hazm 
natijasida polimerlar oligomerlargacha parchalanadi, devor oldi hazmida 
esa oligomerlar monomerlagacha fermentativ depolimerizatsiyasi amalga 
oshiriladi va monomerlar qon va limfaga so‘riladilar.

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish