O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

Nafas muskullari innervatsiyasi.
Barcha skelet muskullari kabi nafas 
muskullari ham somatik nerv sistemasidan tarmoq oladi. Diafragmani 
in n erv atsiy a qiluvchi neyronning tanasi orqa m iya I1I-1V b o 'y in
segmentining oldingi shoxlaridan innervatsiya oladi. Qovurg‘alar va qorin 
muskullari esa orqa miyaning ko‘krak segmentlaridan innervatsiya oladi. 
Agar orqa miya k o ‘krak va b o ‘yin segmentlari oralig‘idan kesib qo‘yilsa, 
diafragma yordamida nafas olish saqlanib qoladi, qovurg‘alar yordamida 
nafas olish to ‘xtaydi, chunki diafragma nervining motoneyroni kesilgan 
joydan yuqorida qoladi. Orqa miya uzunchok miya ostidan kesib qo‘yilsa, 
nafas taqqa to ‘xtaydi. Biroq, burun va hiqildoqni bevosita uzunchoq 
miyadan chiqaradigan nervlar bilan innervatsiyalovchi yordamchi nafas 
muskullari qisqarishi bir necha vaqt davom etib turadi.
Hayvonlarda uzunchoq miyaning quyi qismiga shikast yetkazilganda 
nafas to‘xtashi mumkinligi XVIII asrda ma’lum bo‘lgan. 1842 yilda Flurans 
uzunchoq miyaning ayrim qismlarini shikastlab va ta’sirlab, nafas markazi
320


uzunchoq miyada jo y lashganligini tajriba yo‘li bilan isbotlab berdi. 1885 
yilda N.A .M islavskiy uzunchoq miyaning ayrim qismlarini shikastlab, 
nafas m arkazi uzunchoq m iyaning IV qorincha tubi kaudal qism ida 
joylashgan tuzilmalar yig‘indisi ekanligini aniqladi. Bundan tashqari olim 
nafas markazini ikki qismdan - nafas olish (inspirator) va nafas chiqarish 
(ekspirator) markazlardan iborat ekanligini ham isbotlab berdi.
Keyingi olib borilgan tadqiqotlar shuni k o ‘rsatdiki, nafas markazi 
uzunchoq miya to ‘rsimon formatsiyasini medial qismida ovex sohasida, 
stria acustica qismida joylashgan b o ‘lib ikki: inspirator va ekspirator 
qismlardan iborat. Uzunchoq m iyaning to ‘rsimon formatsiyasida yana 
nafas neyronlari deb ataladigan tuzilmalar ham aniqlangan, ularning 
ayrimlari nafas olganda, ayrimlari nafas chiqarganda faollashadi.
U zunchoq m iy an in g d o rso m ed ial va v e n tro la te ral so h alarid a 
joylashgan quyidagi nafas neyronlari tiplari aniqlangan: 1) erta inspirator 
neyronlari, nafas olishning boshlanishida m aksim al q o ‘z g ‘aladi; 2) 
kechikuvchi inspirator neyronlar, nafas olish oxirida maksimal qo‘zg‘aladi;
3) to ‘liq inspirator neyronlar, inspiratsiyaning barcha vaqtida qo‘zg‘aladi. 
Uzunchoq miyaning katta qismini egallab turgan neyronlar ekspirator va 
inspirator neyronlardan iboratdir. Bu guruh neyronlar qovurg‘alararo va 
qorin muskullariga pastga tushuvchi tarm oqlam i beradi. Orqa miyaning 
insprator neyronlari asosan II-VI k o ‘krak, ekspirator neyronlari esa VIII- 
X ko‘krak segmentlarida y ig ‘ilgan.
V entral guruh n e y ro n la rin in g k a u d a l qism i fa q at e k sp ira to r 
neyronlardan iborat. B archa ekspirator neyronlardan orqa m iyaga 
aksonlar boradi. Bulardan 40 % ichki qovurg‘alararo muskullarni, 60% 
esa qorin muskullarini innervatsiya qiladi.
Nafas markazi neyronlari uch guruhga b o ‘linadi: 1) yuqori nafas 
y o ‘llarini innervatsiya; qiluvchi, nafas y o ‘llarid a havo h arakatini 
boshqaruvchi neyronlar. 2) Orqa m iya motoneyronlari bilan sinaptik 
b o g ‘lar h o sil qilib, nafas olish va ch iq arish m u sk u llari ish larin i 
boshqaruvchi neyronlar. 3) Nafas markazini boshqa markaz neyronlari 
bilan bog‘lovchi propriobulbar neyronlar. Nafas ritm ini boshqarishda 
ishtirok etadi.
V aroliyev k o ‘prigi sohasida nafas neyronlarining ikki yadrosi 
joylashgan: m edial parabraxial va Shatr (K elliker) yadrosi. A gar 
hayvonlarda miya o ‘zagi Varoliyev ko‘prigi ostidan kesib qo‘yilsa, nafas 
harakatlari saqlanib qoladi. Faqat ajralgan holda yuqoridan keluvchi 
impulslardan mahrum bo‘lgan markaz, primitiv (oddiy) nafas olishni 
ta’minlaydi xolos. Uzoq nafas chiqarish, qisqa uzilib turuvchi nafas olish
321


bilan almashinib turadi. Uzluksiz ketm a-ket nafas olish va chiqarishni 
bir-biri bilan almashinib ritmik ishlashi uchun Varoliyev ko‘prigi neyronlari 
ishtirok etishi shart. Varoliyev ko‘prigining oldingi qismida

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish