suyuqligi bilan to ‘ Igan bo ‘ ladi, unda tiroksin va triyodtironin gormonlari
tiroglobulin oqsili bilan birikkan holda bo‘ladi. Follikulalar orasidagi
bo‘shliqdan kapillyarlar o‘tadi va uni qon bilan ta’minlaydi. Qalqonsimon
bezda qonning hajm tezligi boshqa a ’zolarga nisbatdan ancha yuqori.
Follikulalararo b o ‘shliqda parafollikulyar hujayralar ham joylashadi. Bu
hujayralar tireokalsitonin gormonini ishlab chiqaradi.
Tiroksin va triyodtironin
biosintezi tirozin aminokislotalarini yodlash
y o ‘li bilan amalga oshiriladi. Follikulalarda yodning miqdori qondagi
k o n s e n tra ts iy a s id a n 30 b a ra v a r k o ‘p d ir, q alq o n sim o n b e z n in g
giperfiiksiyasida bu nisbat yanada ortadi. Yodning follikulalar tomonidan
yutilishi faol transport asosida amalga oshiriladi. Bezda yodli birikmalar:
m onoyodtirozin
va
d iyo d tiro zin la r
sintez qilinadi.
U lar fo llik u la
hujayralarida tireoglobulin bilan kom pleks hosil qilib, oylab shu
follikulalarda saqlanishi m um kin. Proteazalar t a ’sirida
gorm onlar
gidrolizlanadi, y a’ni trioglobulin oqsilidan halos bo‘ladi va shundan keyin
qonga-triyodtironin va tetrayodtironin yoki tiroksin ajralib chiqadi. Ular
qonga tushgandan so‘ng plazma oqsillari bilan birikma hosil qiladi, bu
oqsillar gorm onlarni tashuvchilar b o ‘lib hisoblanadilar. To‘qim aga
kelganda bu kompleks parchalanib, erkin faol tiroksin va triyodtironinlar
hosil bo‘ladi.
Tiroksinning faolligi triyodtironin faolligidan bir necha m arotaba
past. Triyodtironin effektining latent davri qisqaroq b o ‘ladi, shuning
uchun uning ta ’siri tez rivojlanadi. B oshqa tom oni,
qondagi tiroksin
miqdori triyodtironin m iqdoridan taxm inan 20 baravar ko ‘p. Tiroksin
yodsizlantirish natijasida tiriyodtironinga aylanishi m um kin. M ana
shunday m a’lum otlarga
asoslanib, shunday xulosaga kelish mumkin:
qalqonsim on bezning asosiy gorm oni bu triyodtironindir, tiroksinni
esa triyodtironinning o ‘tm ishdoshi deb
qaralsa m aqsadga m uvofiq
bo‘ladi.
Qalqonsimon bez gormonlarining ta ’siri organizmning metabolitik
faolligini oshirishi orqali namoyon boiadi. Bunda hamma turdagi moddalar
almashinuvi (oqsil, y o g ' va uglevod) kuchayadi,
bu esa energiya hosil
boiishining ko‘payishiga va asosiy almashinuvning ortishiga olib keladi.
Yosh bolalarda o ‘sish jara y o n i va rivojlanish uchun buning katta
ahamiyati bor, Bundan tashqari, miya to ‘qimasining rivojlanishi uchun
kerak b o ‘lgan energiya bilan ham ta ’minlanadi, shuning uchun yosh
bolalarda bu gormonlarning
yetishm asligi ham aqlan, ham jism onan
barkam olligiga p u tu r yetadi (
kretinizm
). B archa turdagi m oddalar
almashinuvining faollashuvidan hamma a ’zolar faoliyati faollashadi.
207
Issiqlik hosil b o ‘lishi kuchadi, bu esa tana
haroratining ortishiga olib
keladi. Yurak ishi tezlashadi (taxikardiya, arterial bosimning ortishi, qon
m inutlik hajmining k o ‘payishi). Oshqozon ichak trakti faoliyati ham
stimullanadi (ishtahaning ochilishi, ichak peristaltikasining kuchayishi,
sekretor faoliyatning ortishi).
Do'stlaringiz bilan baham: