O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Aholi kurashining shakllari



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Aholi kurashining shakllari 
Xorazm xalqi azaldan erksevar edi. U zulm, adolatsizlik, nohaqlik va 
suiiste’molchiliklarga qarshi kurashdi. Dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi 
soliqlarni to`lashdan, majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortishda, yirik 
zamindorlar yerlarini egallab olishda, soliq yig`uvchilarga va xonlik ma’muriyatining 
boshqa vakillariga hujum qilishda namoyon bo`lardi. Dehqonlarning chiqishlari feodallar 
va amaldorlar uylarini vayron qilish, qarz tilxatlarini yirtib tashlash va soliq yig`uvchilarni 
quvib yuborish bilan birga kechgan stixiyali isyonlar tarzida o`tar edi. 
Vaqt o`tgan sayin, xon hokimiyati va mahalliy ma’murlar zulmi zo`rayishi 
barobarida dehqonlar noroziliklarining uyushganligi va ommaviyligi ham o`sib bordi. XIX 
asrning 80-yillarida Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Aymanqal’a, Ko`hna Urganch 
tumanlarida dehqonlar guruhi vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi. Ularni 
jazolash, ayniqsa, shafqatsiz bo`lgan. Xon ixtiyorida qo`zg`alonchilarga qarshi kurash 
uchun kuchlar yetarli emasdi, shu sababli, u podsho hukumati qo`shinlarini yordamga 
chaqirdi. Dehqonlar guruhi rahbarlari qatl etildi, ayrimlarining esa qarindoshlari ham 
o`ldirildi. 
Biroq dehqonlar g`alayonlari to`xtab qolmadi.i Xon amaldorlarining xabar 
qilishicha, "ko`plab joylarda g`alayonlar ro`y berayotgan" edi.» 1902-yilda Matyoqub 
pishiq rahnamoligida Xonqa, Hazorasp, Bog`ot dehqonlari qo`zg`alon ko`tarishdi. Xon "oq 
podsho" qo`shinlariga murojaat qilishiga to`g`ri keldi, ular jazolovchi rolini o`ynashdi. 
Qo`zg`alon tor-mor etildi, rahbarlari qo`lga olindi va qatl qilindi. 


261 
Xon va mustamlakachi hokimiyatga nafrat, qashshoqlik va himoyasizlik tug`dirgan 
qahr-g`azab xalq g`alayoiilarining yangidan-yangi to`lqinlarini keltirib chiqaraverdi. 
Norozilik ommaviy tus oldi va chuqur tomir otdi. XX asr boshlarida arzimas sabablarga 
ko`ra qo`zg`alonlar yuz bera boshladi. Ba’zi tumanlarda yaxshi kun kechirishni istagan 
dehqonlar xonlikdan ommaviy tarzda — yoppasiga qocha boshladilar. Boshqa tumanlarda 
esa dehqonlar soliqlar kamaytirilishini, qolaversa, yer va suv adolatli taqsimlanishini talab 
etishardi. 1906-yilda Yangi Urganch, Xonqa, Hazoraspda dehqonlar yirik zamindorlar 
yerlarini egallab ola boshlashdi va soliqlar tugatilishini talab qildilar. 
1910—1911-yillarda qurg`oqchilik bo`ldi va xonlik ocharchilik girdobida qoldi. 
Zararlarni qoplash uchun ma’murlar aholidan imkoni bo`lgan hamma narsani tortib ola 
boshlashdi. Soliqlar o`sib bordi, aholining ommaviy qashshoqlashuvi kuchaydi. 1914-yilga 
kelib dehqon xo`jaliklarining 60 foizi og`ir qarzlarga botib qolgandi. 1910— 1917-yillarda 
dehqonlar g`alayonlari bo`ldi: feodal va boylarni kaltaklash, o`ldirish, ularning imoratlari, 
xo`jalik inshootlari va omborlariga o`t qo`yish va buzib tashlash kabi harakatlar avj oldi. 
1912-yilgi Hazorasp, Xonqadagi qo`zg`alon alohida dadilligi bilan ajralib turardi. 
Dehqonlar yirik zamindorlar va xonlik amaldorlari yerlarini egallabola boshladilar. Xon 
o`zining eng sara qo`shinini qo`zg`alonni bostirishga yubordi. Ammo kutilmagan voqea 
yuz berdi, Alieli va Toshovuz o`rtasida ular qo`zg`alonchilar tomonidan tor-mor etildi. 
Xonga madadga yetib kelgan podsho hukumati qo`shinlari qo`zg`alonni qiyinchilik bilan 
bostirishdi. Qo`zg`alon xalq norozilik chiqishlaridagi yangi omilni namoyon etdi — ular 
o`qotar qurollar bilan qurollangan va urush olib borish taktikasini o`rgangan edilar. 
Xalq g`alayonlari xonlikda ijtimoiy-siyosiy harakatlar rivojlanishiga kuchli ta’sir 
o`tkazdi. Davlatda vujudga kelayotgan yalpi norozilik vaziyatining bevosita ta’siri ostida 
jadidchilikning Xiva xonligidagi ko`rinishi bo`lgan 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish