262
Yosh xivaliklar harakati a’zolari Xiva xonligida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohot
qilish zarurligini tushunib etgan kishilar edi. Ularning ijtimoiy
tarkibi savdo-sanoat
vakillari, hunarmandlar, bir qator xon amaldorlari va aholini boshqa qatlamlaridan iborat
edi. Yosh xivaliklar faoliyatining boshlang‘ich davrida asosan ma’rifatparvarlikka e’tibor
qaratildi. Ular mamlakat taraqqiyoti, xalq hayoti shart-sharoitini yaxshilash,
o‘zboshimchalik va zo‘ravonlikka chek qo‘yish, adolat va qonun oldida barcha barobar
bo‘lishiga xalqni ma’rifatli qilish yo‘li bilan erishish mumkin degan fikrda bo‘lganlar. Xon
va rus mustamlakachilarining zulmi, amaldorlarning o‘zboshimchaligi, zo‘ravonligi ortib
borishi, xalq axvolining og‘irlashuvi natijasida ularning harakati siyosiy tus ola boshladi.
Ular xalqni zulmdan, o‘zboshimchalik va zo‘ravonlikdan xalos etish uchun mustabid xon
xukmronligiga chek qo‘yish zarur degan fikrga keldilar.
1917 yil Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi Xiva xonligining ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy hayotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi, aholini siyosiy faolligi oshdi.
Jumladan, 1917 yil 20 martda Petro-Aleksandrovsk garnizoni boshlig‘i polkovnik Lvov
Turkiston general-gubernatoriga yuborgan ma’lumotida: «… shaharda ayrim kishilar
mahalliy aholi orasida podsho taxtdan ag‘darilganligini va qo‘zg‘olon tayyorlanayotganligi
haqidagi xabarlarni tarqatmoqda», deb yozgan.
Xiva xonligi aholisi fevral — burjua demokratik inqilobi haqida 1917 yil mart
oyining oxirlaridagina xabar topgan. Yosh xivaliklar to‘laligicha bu inqilobni qo‘llab-
quvvatladilar. Ular inqilob
Xivaga ham ozodlik olib keladi, degan fikrda edilar. Yosh
xivaliklar xonlikda o‘zgarishlar qilishda Muvaqqat xukumat ko‘magidan umidvor edilar.
«Yosh xivaliklar» harakatining faol a’zolari Otajon Sapaev, Bobojon Yoqubov,
Muhammadyor Abdullaev, Xusaynbek Matmurodov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir
SHolikarov va boshqalar bu xabarni xursandchilik bilan qarshi oldilar. Ular xalq orasida
Rossiyada bo‘lgan burjua-demokratik inqilobi to‘g‘risida xabarni targ‘ib etish bilan,
ommani Xiva xonligida xam mustabid tuzumga qarshi demokratik tartiblar o‘rnatish uchun
kurashga chaqirdilar.
1917 yil mart oyi oxirlarida Asfandiyorxon Xiva xoni xuzuridagi Rossiya harbiy
komissari etib tayinlangan general-mayor Mirbadalov bilan birga Rossiyadan qaytib keldi.
Mirbadalovga Muvaqqat xukumatning Turkistondagi Qo‘mitasi
tomonidan keng
vakolatlar berilgan edi.
Yosh xivaliklar mavjud siyosiy vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligi xaqida fikr
almashib, majlislar o‘tkazganlar. Ular yosh xivaliklarga rus qo‘shinlaridan xon
xokimiyatini ag‘darishda yordam so‘rashni maslahat berganlar.
Ana shu maslahatga binoan, rus askarlari qasamyod qabul qiladigan kun yosh
xivaliklar Xusaynbek Matmurodov uyi oldida xalqni yig‘adilar. Ular xalqdan
namoyishning asl maqsadini yashiradilar. Chunki xalq ommasi garchi xon zulmidan
cheksiz aziyat tortsada, o‘zgacha boshqaruv xamda demokratik o‘zgarishlar xaqida
tasavvurga ega emas edi. SHu sababli yosh xivaliklar namoyish qatnashchilariga rus
askarlarini bayramlari bilan tabriklagani boramiz, deydilar. P.YUsupovning taklifi bilan
yig‘ilgan xalq orasida xon bilan muzokara olib borish uchun 17
kishidan iborat vakillar
saylandilar. Yosh xivaliklar xalq bilan harbiy qismga borib qism boshlig‘i polkovnik
Merzlyakov bilan muzokara olib boradilar va Xivada ham xonni taxtdan ag‘darib,
Peterburgdagidek demokratik o‘zgarishlar qilishda yordam so‘raydilar.
Yosh xivaliklar boshchiligida namoyishchilar xon saroyiga bir rota askar «Yashasin
ozodlik!», «Yashasin hurriyat!» shiorlari ostida yo‘l olganlar. 1917 yil 5 aprelda Yosh
xivaliklar Asfandiyorxondan konstitutsiya asosida majlis tashkil qilib, birgalikda davlatni
boshqarishni va xalqqa jabr-zulm qilayotgan ayrim mulozimlarni hibsga olishni keskin
tarzda talab qildilar. Rossiyadagi siyosiy voqealardan, rus podshosini taxtdan
ag‘darilganidan xamda Xivada ro‘y berayotgan siyosiy chiqishlardan qo‘rqib qolgan
Asfandiyorxon yosh xivaliklarni barcha talablarini qabul qilishga tayyorligini, agar
ularning yozma talabnomalari bo‘lsa, imzo chekishini bildiradi hamda yosh xivaliklar
tayyorlagan manifestga imzo chekadi.
Yosh xivaliklarni talabiga ko‘ra,
qozikalon Xudoybergan oxun, Xikmatulla eshon,
Ibroxim oxunlar ham manifestga o‘z muhrlarini bosdilar.
263
1917 yil 6 aprelda yosh xivaliklar Ko‘xna Ark maydoniga ko‘p miqdorda xalqni
yig‘ib, xondan manifest e’lon qilishni talab qilganlar. Xusainbek Matmurodov manifestni
yig‘ilgan odamlarga Asfandiyorxon va uning yaqin mulozimlari ishtirokida o‘qib
eshittirgan. 1917 yil 6 apreldan Yosh xivaliklar manifestda belgilangan «Idorai
mashrutiya» va Nozirlar kengashini tuzishga kirishdilar. Xonlikdagi barcha bekliklarga
majlisga vakil jo‘natishni so‘rab xabar yuborildi, shuningdek, turkmanlarga ham o‘z
vakillarini jo‘natish taklif qilindi.
Xon xokimiyatini cheklab, davlat boshqaruvini ma’lum darajada qo‘lga olgan
yosh xivaliklar o‘z oldilariga yo‘l va ko‘priklar qurish, xonlikning butun xududida yangi
usul maktablarini tashkil etuvchi qo‘mita tuzish, suv taqsimotini islohetish, majburiy
ishlarni bekor qilish, davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat uchun moliya vazirligi
tashkil etish, kasalxonalar qurish va boshqa o‘z davrining dolzarb vazifalarini xal etish
maqsadida amaliy faoliyatga kirishganlar.
Rossiya Muvaqqat xukumati Yosh xivaliklar xukumatining Rossiya musulmonlari
Markaziy Kengashiga yordam so‘rab murojaat qilganidan qattiq norozi bo‘lgan. Xiva
xonligida Muvaqqat xukumatning ruxsatisiz biron-bir o‘zgarishlarni
amalga oshirish
ta’qiqlab qo‘yildi. Muvaqqat xukumatning Xiva xoni huzuridagi harbiy komissari general-
mayor Mirbadalovga yosh xivaliklar xukumatining xonlik boshqaruviga oid islohotlarini
qattiqnazorat ostiga olish topshirildi.
Yosh xivaliklarning xonlikda demokratik islohotlar o‘tkazishda Rossiyaning
yangi xukumatidan kutgan yordami amalga oshmadi. Muvaqqat xukumat esa hali
islohotlarni amalga oshirishda yordam berish u yoqda tursin, aksincha xon bilan aloqani
mustahkamlab, yosh xivaliklar xukumatiga qarshi ish olib bordi. YOsh xivaliklar o‘z
oldilariga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirish uchun imkoniyati boricha kurashdilar.
Biroqxon, uning tarafdorlari va general Mirbadalov YOsh xivaliklarga qarshi turli fitna va
tajovuzlar uyushtirib, ularning ishiga to‘sqinlik qildilar.
1917 yil fevralda Rossiyada podsho xukumati ag‘darilganda Asfandiyorxon
asosiy tayanchidan mahrum bo‘lib, bir necha vaqt yakkalanib qolgan. Keyinchalik
Muvaqqat xukumat vakili general Mirbadalov ko‘magida yosh xivaliklarni xukumatdan
chetlatishga harakat qila boshladi. Xon va uning tarafdorlari yosh xivaliklar xukumatini
xalq orasida obro‘sizlashtirish maqsadida mamlakatdagi siyosiy vaziyatni izdan
chiqarishga harakat qildilar. Asfandiyorxon xatto turkman qurolli
guruhlari sardorlariga
turli in’omlar berib, shahar va qishloqlarga hujum qilishga undagan.
1917 yil iyun oyida Xiva xonligida favqulodda tang siyosiy vaziyat vujudga keldi.
Xon tarafdorlari bo‘lgan bir guruh ruhoniylar va amaldorlar paytdan foydalanib, Ko‘xna
Ark yaqinida yosh xivaliklar xukumatiga qarshi namoyish uyushtirdilar. YOsh xivaliklar
harakati a’zolari «dindan qaytganlar» deb e’lon qilindi. Namoyish tamom bo‘lgandan
so‘ng majlisning faol a’zolari qamoqqa olinadi. Yosh xivaliklar harakatining ayrim
etakchilari Toshkentga qochib ketishga majbur bo‘lganlar.
Yosh xivaliklarning bir guruhi rus askarlari ko‘magi bilan har tomonga qochib
ketdilar. Qochishga ulgura olmay qolganlari qo‘lga tushirilib, xon farmoniga asosan
qamoqqa olindilar.
Xulosa qilib shularni qayd etish mumkinki, XX asr boshlarida Xiva xonligida
Rossiya, Turkiya kabi davlatlardagi o‘zgarishlar ta’sirida taraqqiyparvar demokratik
harakat shakllana boshladi. 1917 yil Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Xiva
xonligida demokratik harakatning yanada faollashuviga sabab bo‘ldi.
Dastlab yosh
xivaliklar Muvaqqat xukumat ko‘magiga umid qilib, xonlikda tinch yo‘l bilan demokratik
islohotlar amalga oshirishga harakat qildilar. Asfandiyorxon xokimiyatni saqlab qolish va
vaqtdan yutish maqsadida yosh xivaliklar tayyorlagan manifestga o‘sha zaxotiyoqimzo
chekkan edi. Keyinchalik Asfandiyorxon boshchiligidagi konservativ kuchlar va
Muvaqqat xukumat vakili general Mirbadalov ko‘magida yosh xivaliklarni xokimiyatdan
chetlatishga erishdilar.
Rossiyadagi 1917-yilgi Fevral inqilobidan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchidan
mahrum bo`ldi va bir necha vaqt yakkalanib qoldi. Yoshxivaliklar qulay vaziyatdan
foydalanib qolishga qaror qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan-ochiq harakat boshlab