O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

yosh xivaliklar 
harakati vujudga keldi. 
Uning farqli jihati harakatda aholining turli qatlamlari — dehqonlar, hunarmandlar, 
savdogarlar, ziyolilar ishtirok etishi edi. o`z siyosiy qarashlari borasida ular islohotchilik 
tomonida bo`lishgan va turli islohotlarni amalga oshirishni mo`ljallagan edilar. 
Yosh xivaliklarning islohotlar uchun 
1910-yilda yoshxivaliklar "Islohotlar loyihasi"ni taqdim etishdi. Loyiha boshqaruv 
tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi. LJnda xon devoni saqlab qolingan, ammo 
amaldorlar davlat ta’minotiga o`tkazilishi mo`ljallangan edi. Loyihada, shuningdek, 
yangicha milliy maktablarini tashkil qilish g`oyasi ilgari surilgandi. Takliflar umumiy 
cheklanganligiga qaramasdan, ular xalqni amaldorlar zo`ravonligidan xalos etib, Xiva 
davlatchiligi poydevorini tiklashga qaratilgan edi. Yangicha milliy maktablar ta’lim va 
madaniyat saviyasini ko`tarishi hamda xivalik ziyolilar yangi avlodini shakllantirishi, 
ularda xon hokimiyatining mustabidligiga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalashi 
mumkin edi. 
1910-yilda hukmdor Sayid Muhammad Rahimxon II vafot etdi. Mustamlaka 
ma’murlari yordamida xonlik taxtini uning o`g`li 
Asfandiyorxon 
egalladi. 
Petro-Aleksandrovskda turgan rus garnizoni madadini sezgan yangi xon ishni zulmni 
kuchaytirish va muxolifatni to`liq yo`q qilishdan boshladi. 1912-yilda u islohot 
rahnamolaridan biri bosh vazir Islomxo`jani davlat mablag`larini isrof qilishda ayblab qatl 
ettirdi. Uning buyrug`iga ko`ra yerlarni yangidano`lchash — yangi soliqlarga tortish 
maqsadida o`tkazildi. Dehqonlar esa ommaviy g`alayonlar bilan javob berishdi. 
Qo`zg`alonlar Mang`it (1915-yil) va Xo`jaylida (1916-yil) bo`lib o`tdi. 
Yosh xivaliklar. XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida bo‘lgani kabi Xiva xonligida 
ham demokratik taraqqiyparvar g‘oyalar tarqala boshlagan edi. Natijada xonlikning rus 
mustamlakachi xukumati nazorati ostidagi mustabid xon davlat boshqaruvi tizimida 
o‘zgarishlar qilish zaruratini anglagan taraqqiyparvar kishilar paydo bo‘ldi. 
Xiva xonligida ma’rifatparvarlik harakati sifatida ish boshlagan bu ilg‘or kishilar 
tobora jiddiy ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bordi. 1914 yil yozidan ular o‘zlarini Yosh 
xivaliklar deb atay boshladilar. Bu harakatning paydo bo‘lishiga mustabid xon va imperiya 
mustamlakachilarining milliy, siyosiy va iqtisodiy zulmining ortib borishi, aholi siyosiy 
ongining o‘sib borishi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. SHuningdek, XX asr boshlarida Rossiya, 
Turkiston va Turkiyada yuz bergan voqealar ham muhim ahamiyat kasb etdi. 


262 
Yosh xivaliklar harakati a’zolari Xiva xonligida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohot 
qilish zarurligini tushunib etgan kishilar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi savdo-sanoat 
vakillari, hunarmandlar, bir qator xon amaldorlari va aholini boshqa qatlamlaridan iborat 
edi. Yosh xivaliklar faoliyatining boshlang‘ich davrida asosan ma’rifatparvarlikka e’tibor 
qaratildi. Ular mamlakat taraqqiyoti, xalq hayoti shart-sharoitini yaxshilash, 
o‘zboshimchalik va zo‘ravonlikka chek qo‘yish, adolat va qonun oldida barcha barobar 
bo‘lishiga xalqni ma’rifatli qilish yo‘li bilan erishish mumkin degan fikrda bo‘lganlar. Xon 
va rus mustamlakachilarining zulmi, amaldorlarning o‘zboshimchaligi, zo‘ravonligi ortib 
borishi, xalq axvolining og‘irlashuvi natijasida ularning harakati siyosiy tus ola boshladi. 
Ular xalqni zulmdan, o‘zboshimchalik va zo‘ravonlikdan xalos etish uchun mustabid xon 
xukmronligiga chek qo‘yish zarur degan fikrga keldilar. 
1917 yil Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi Xiva xonligining ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy hayotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi, aholini siyosiy faolligi oshdi. 
Jumladan, 1917 yil 20 martda Petro-Aleksandrovsk garnizoni boshlig‘i polkovnik Lvov 
Turkiston general-gubernatoriga yuborgan ma’lumotida: «… shaharda ayrim kishilar 
mahalliy aholi orasida podsho taxtdan ag‘darilganligini va qo‘zg‘olon tayyorlanayotganligi 
haqidagi xabarlarni tarqatmoqda», deb yozgan. 
Xiva xonligi aholisi fevral — burjua demokratik inqilobi haqida 1917 yil mart 
oyining oxirlaridagina xabar topgan. Yosh xivaliklar to‘laligicha bu inqilobni qo‘llab-
quvvatladilar. Ular inqilob Xivaga ham ozodlik olib keladi, degan fikrda edilar. Yosh 
xivaliklar xonlikda o‘zgarishlar qilishda Muvaqqat xukumat ko‘magidan umidvor edilar. 
«Yosh xivaliklar» harakatining faol a’zolari Otajon Sapaev, Bobojon Yoqubov, 
Muhammadyor Abdullaev, Xusaynbek Matmurodov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir 
SHolikarov va boshqalar bu xabarni xursandchilik bilan qarshi oldilar. Ular xalq orasida 
Rossiyada bo‘lgan burjua-demokratik inqilobi to‘g‘risida xabarni targ‘ib etish bilan, 
ommani Xiva xonligida xam mustabid tuzumga qarshi demokratik tartiblar o‘rnatish uchun 
kurashga chaqirdilar. 
1917 yil mart oyi oxirlarida Asfandiyorxon Xiva xoni xuzuridagi Rossiya harbiy 
komissari etib tayinlangan general-mayor Mirbadalov bilan birga Rossiyadan qaytib keldi. 
Mirbadalovga Muvaqqat xukumatning Turkistondagi Qo‘mitasi tomonidan keng 
vakolatlar berilgan edi. 
Yosh xivaliklar mavjud siyosiy vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligi xaqida fikr 
almashib, majlislar o‘tkazganlar. Ular yosh xivaliklarga rus qo‘shinlaridan xon 
xokimiyatini ag‘darishda yordam so‘rashni maslahat berganlar.
Ana shu maslahatga binoan, rus askarlari qasamyod qabul qiladigan kun yosh 
xivaliklar Xusaynbek Matmurodov uyi oldida xalqni yig‘adilar. Ular xalqdan 
namoyishning asl maqsadini yashiradilar. Chunki xalq ommasi garchi xon zulmidan 
cheksiz aziyat tortsada, o‘zgacha boshqaruv xamda demokratik o‘zgarishlar xaqida 
tasavvurga ega emas edi. SHu sababli yosh xivaliklar namoyish qatnashchilariga rus 
askarlarini bayramlari bilan tabriklagani boramiz, deydilar. P.YUsupovning taklifi bilan 
yig‘ilgan xalq orasida xon bilan muzokara olib borish uchun 17 kishidan iborat vakillar 
saylandilar. Yosh xivaliklar xalq bilan harbiy qismga borib qism boshlig‘i polkovnik 
Merzlyakov bilan muzokara olib boradilar va Xivada ham xonni taxtdan ag‘darib, 
Peterburgdagidek demokratik o‘zgarishlar qilishda yordam so‘raydilar.
Yosh xivaliklar boshchiligida namoyishchilar xon saroyiga bir rota askar «Yashasin 
ozodlik!», «Yashasin hurriyat!» shiorlari ostida yo‘l olganlar. 1917 yil 5 aprelda Yosh 
xivaliklar Asfandiyorxondan konstitutsiya asosida majlis tashkil qilib, birgalikda davlatni 
boshqarishni va xalqqa jabr-zulm qilayotgan ayrim mulozimlarni hibsga olishni keskin 
tarzda talab qildilar. Rossiyadagi siyosiy voqealardan, rus podshosini taxtdan 
ag‘darilganidan xamda Xivada ro‘y berayotgan siyosiy chiqishlardan qo‘rqib qolgan 
Asfandiyorxon yosh xivaliklarni barcha talablarini qabul qilishga tayyorligini, agar 
ularning yozma talabnomalari bo‘lsa, imzo chekishini bildiradi hamda yosh xivaliklar 
tayyorlagan manifestga imzo chekadi. 
Yosh xivaliklarni talabiga ko‘ra, qozikalon Xudoybergan oxun, Xikmatulla eshon, 
Ibroxim oxunlar ham manifestga o‘z muhrlarini bosdilar.


263 
1917 yil 6 aprelda yosh xivaliklar Ko‘xna Ark maydoniga ko‘p miqdorda xalqni 
yig‘ib, xondan manifest e’lon qilishni talab qilganlar. Xusainbek Matmurodov manifestni 
yig‘ilgan odamlarga Asfandiyorxon va uning yaqin mulozimlari ishtirokida o‘qib 
eshittirgan. 1917 yil 6 apreldan Yosh xivaliklar manifestda belgilangan «Idorai 
mashrutiya» va Nozirlar kengashini tuzishga kirishdilar. Xonlikdagi barcha bekliklarga 
majlisga vakil jo‘natishni so‘rab xabar yuborildi, shuningdek, turkmanlarga ham o‘z 
vakillarini jo‘natish taklif qilindi. 
Xon xokimiyatini cheklab, davlat boshqaruvini ma’lum darajada qo‘lga olgan 
yosh xivaliklar o‘z oldilariga yo‘l va ko‘priklar qurish, xonlikning butun xududida yangi 
usul maktablarini tashkil etuvchi qo‘mita tuzish, suv taqsimotini islohetish, majburiy 
ishlarni bekor qilish, davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat uchun moliya vazirligi 
tashkil etish, kasalxonalar qurish va boshqa o‘z davrining dolzarb vazifalarini xal etish 
maqsadida amaliy faoliyatga kirishganlar.
Rossiya Muvaqqat xukumati Yosh xivaliklar xukumatining Rossiya musulmonlari 
Markaziy Kengashiga yordam so‘rab murojaat qilganidan qattiq norozi bo‘lgan. Xiva 
xonligida Muvaqqat xukumatning ruxsatisiz biron-bir o‘zgarishlarni amalga oshirish 
ta’qiqlab qo‘yildi. Muvaqqat xukumatning Xiva xoni huzuridagi harbiy komissari general-
mayor Mirbadalovga yosh xivaliklar xukumatining xonlik boshqaruviga oid islohotlarini 
qattiqnazorat ostiga olish topshirildi. 
Yosh xivaliklarning xonlikda demokratik islohotlar o‘tkazishda Rossiyaning 
yangi xukumatidan kutgan yordami amalga oshmadi. Muvaqqat xukumat esa hali 
islohotlarni amalga oshirishda yordam berish u yoqda tursin, aksincha xon bilan aloqani 
mustahkamlab, yosh xivaliklar xukumatiga qarshi ish olib bordi. YOsh xivaliklar o‘z 
oldilariga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirish uchun imkoniyati boricha kurashdilar. 
Biroqxon, uning tarafdorlari va general Mirbadalov YOsh xivaliklarga qarshi turli fitna va 
tajovuzlar uyushtirib, ularning ishiga to‘sqinlik qildilar.
1917 yil fevralda Rossiyada podsho xukumati ag‘darilganda Asfandiyorxon 
asosiy tayanchidan mahrum bo‘lib, bir necha vaqt yakkalanib qolgan. Keyinchalik 
Muvaqqat xukumat vakili general Mirbadalov ko‘magida yosh xivaliklarni xukumatdan 
chetlatishga harakat qila boshladi. Xon va uning tarafdorlari yosh xivaliklar xukumatini 
xalq orasida obro‘sizlashtirish maqsadida mamlakatdagi siyosiy vaziyatni izdan 
chiqarishga harakat qildilar. Asfandiyorxon xatto turkman qurolli guruhlari sardorlariga 
turli in’omlar berib, shahar va qishloqlarga hujum qilishga undagan.
1917 yil iyun oyida Xiva xonligida favqulodda tang siyosiy vaziyat vujudga keldi. 
Xon tarafdorlari bo‘lgan bir guruh ruhoniylar va amaldorlar paytdan foydalanib, Ko‘xna 
Ark yaqinida yosh xivaliklar xukumatiga qarshi namoyish uyushtirdilar. YOsh xivaliklar 
harakati a’zolari «dindan qaytganlar» deb e’lon qilindi. Namoyish tamom bo‘lgandan 
so‘ng majlisning faol a’zolari qamoqqa olinadi. Yosh xivaliklar harakatining ayrim 
etakchilari Toshkentga qochib ketishga majbur bo‘lganlar. 
Yosh xivaliklarning bir guruhi rus askarlari ko‘magi bilan har tomonga qochib 
ketdilar. Qochishga ulgura olmay qolganlari qo‘lga tushirilib, xon farmoniga asosan 
qamoqqa olindilar.
Xulosa qilib shularni qayd etish mumkinki, XX asr boshlarida Xiva xonligida 
Rossiya, Turkiya kabi davlatlardagi o‘zgarishlar ta’sirida taraqqiyparvar demokratik 
harakat shakllana boshladi. 1917 yil Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Xiva 
xonligida demokratik harakatning yanada faollashuviga sabab bo‘ldi. Dastlab yosh 
xivaliklar Muvaqqat xukumat ko‘magiga umid qilib, xonlikda tinch yo‘l bilan demokratik 
islohotlar amalga oshirishga harakat qildilar. Asfandiyorxon xokimiyatni saqlab qolish va 
vaqtdan yutish maqsadida yosh xivaliklar tayyorlagan manifestga o‘sha zaxotiyoqimzo 
chekkan edi. Keyinchalik Asfandiyorxon boshchiligidagi konservativ kuchlar va 
Muvaqqat xukumat vakili general Mirbadalov ko‘magida yosh xivaliklarni xokimiyatdan 
chetlatishga erishdilar. 
Rossiyadagi 1917-yilgi Fevral inqilobidan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchidan 
mahrum bo`ldi va bir necha vaqt yakkalanib qoldi. Yoshxivaliklar qulay vaziyatdan 
foydalanib qolishga qaror qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan-ochiq harakat boshlab 


264 
yubordilar. Ular tinch yo’l bilan o`z maqsadlariga erishmoqchi bo`ldilar. 
Yoshxivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o`tkazish to`g`risidagi manifestni 
imzolashni talab qilib, 5-aprel kuni xon huzuriga borishdi. Islohotlar xon hokimiyati 
saqlangan, ammo 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish