O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Paxtani ko‘p ekishib chiqdi alarni paxtasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Paxtani ko‘p ekishib chiqdi alarni paxtasi 
Gar Egar soldirmasa boshida veksel nuqtasi. 
Paxtaga pul chiqsa, mardum och bo‘ridek 
Berishin fikr aylamay pishpak-to‘qmoqg‘a qochor. 
Tohir Shokir Labikning «Turkiston paxta xo‘jaligi» kitobida yozishicha, Turkiston 
dehqonlarining davlat bankidan va boshqa banklardan bo‘lg‘on qarzi 1912-yilda bir yuz ellik 
olti million yetti yuz o‘n ikki ming oltin so‘m bo‘lib, shundan Farg‘ona dehqonlarining 
hissasiga tushgani; 51 foiz, ya’ni 80.797000 so‘m oltinni tashkil etgan. 
Chor hukumati aholidan olinadigan soliqlarni oshirish hisobidan ham katta daromad 
orttirar edi. Masalan, soliqlardan kelgan daromad miqdori 1913-yilda 23 million so‘mni 
tashkil etgan bo‘lsa, 1916-yilda 33,3 million so‘mga yetgan. Bu summa o‘sha vaqt uchun juda 
katta mablag‘ hisoblanardi, albatta. Masalan, «Turkestanskiy golos» gazetasida 1916-yil 
oxiridaAndijonning eski shahar qismida bir qadaq qo‘y go‘shtining bahosi 20 tiyin bo‘lgani 
holda yangi bozorida esa 25 tiyin bo‘lgan. Yer solig‘i 1914-yildagi 6859021 so‘mdan 1916-
yilda 14311771 so‘mga yetdi. Bir pud paxta tolasiga 2 so‘m 50 tiyindan qo‘shimcha soliq 
olish joriy etildi. 
Qishloq dehqonlari oddiy mehnat qurollari: belkurak, ketmon, omoch-bo‘yinturuq, 
o‘roq, panshaxa kabilar bilan qurollangan bo‘lib, ularning mehnat unumlari nihoyatda past 


271 
bo‘lgan. Ularning aksariyati ot-ulovga ham ega emasdi. Ot-ulovsiz bo‘lgan dehqon 
xo‘jaliklari Sirdaryo viloyatida 20,3 foiz, Samarqand viloyatida 29,6 foiz va Farg‘ona 
viloyatida 41,3 foizni tashkil etgan. Chor ma’murlari qishloq xo‘jalik texnikasini yetkazib 
berish, irrigatsiya, melioratsiya ishlari masalalariga mutlaqo e’tibor bermaganlar. 1910-yilda 
butun hozirgi O‘zbekiston hududida hammasi bo‘lib 1071 plug bo‘lgan, xolos. 
Mustamlakachi chor unsurlarining butun diqqat-e’tibori o‘lkadagi aholi qo‘lidagi boyliklarni 
har xil yo‘llar bilan shilib olib Rossiyaga tashib ketishga qaratildi. XIX asrning 60-yillaridan 
to oktabr to‘ntarishiga qadar Rossiyadan turli gazlamalar va boshqa mollarning ko‘p 
miqdorda kelib turishi mehnatkash ommaning yanada qattiqroq «shilinishiga» sabab bo‘ldi. 
O‘lkada ming yillardan buyon davom etib kelgan ajoyib hunarmandchilik tarmoqlari, birinchi 
navbatda to‘qimachilik va bo‘yoqchilik tanazzulga uchradi.
Chunki o‘zbek paxtasi, ipagidan Rossiyaga olib ketilib ishlangan gazlamalar mahalliy 
hunarmandlar qo‘lda to‘qigan gazlamalarni ichki va tashqi bozordan siqib chiqargan edi. 
Tohir Shokir yuqorida nomi eslatib o‘tilgan kitobida shunday hikoya qiladi: «Turkiston 
paxtasi uchun Moskovdan pul keladur. Bu to‘g‘ri, ammo ruslar paxta uchun kelg‘on pullarni 
turlik-turlik yo‘llar bilan qaytarib Moskovga olib ketadur. Masalan, o‘t aroba, otash aroba, 
shayton aroba, ot arobasi, elektrik asboblari, telefon va olotlari, choy, shakar, gazlama, idish-
tovoqlar, imorat asboblari, qishloq xo‘jalik asboblari, sanoat moshinalari, maorif ehtiyojlari 
va shularga o‘xshash zaruriy ashyolarni Rossiyadan keltirib, Turkistonga yog‘dirib, ham 
paxtaning pulini oladur, ham millatdagi mavjud boyligini shimirib oladurg‘on bo‘ldi.
Bular yetmaganidek ichkilik, qimor, fahsh, sudxo‘rlik yo‘llari bilan xalqning bisotida 
bor narsalarni shilib oladurg‘on bo‘ldi. Rossiya insonlarning kundalik hayotida ehtiyoji 
tushadirg‘on zaruriy asbob, ashyo va ziynatlarini boshqa davlatlardan keltirishni man qiladi. 
Qo‘shni davlatlardan: Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Chin (Xitoy)dan keltirishga to‘sqinlik 
berdi. Faqat hamma narsani ruslar, Rossiyadan keltirib paxtani va boshqa ma’dan pullarni o‘zi 
qaytarib olib, ekspluatatsiya qilishda hech qusur qilmas bo‘ldi. Buning ustig‘a, Turkistonga 
kamyob yana boshqa nav mollarni Rossiyadan keltirib bizlarga sotib qo‘limizdagi va 
sanduqlarimizdagi pullarimizni shupurib oladurg‘on bo‘ldi. Yana Turkistonga madaniyat 
keltirdik taraqqiysiga sabab bo‘ldiq deb qilg‘on iddaolari oshiqcha bo‘ldi». 
«Turkiston xabarnomasi» gazetasi bozorlarda narx-navo oshib, xalqning ruhiyati 
tushganligini yozadi. 
Xo‘sh, dastlabki inqilob davrida Turkiston o‘lkasida, aytaylik Kattaqo‘rg‘onda narx-
navolar qanday edi? 1905-yangi yilning ilk bozori kuni Kattaqo‘rg‘onda eng zaruriy oziq-
ovqat mahsulotlari tubandagi narxlarda sotilgan ekan: bir botmon (8 kilo) sara bug‘doy – 45 
tanga (Kattaqo‘rg‘onda 15 tiyin-bir tanga hisoblangan), bahorgi bug‘doy esa 52 tanga, 
bug‘doy uni – 52–56 tanga, arpa, jo‘xori, moshlarning bahosi bir xil – 32 tangadan, tariq – 28 
tanga, kunjut – 115 tanga, zig‘ir urug‘i – 60 tanga, shu yerlik kishilarga qarashli zavodlarda 
ishlab chiqarilgan bir botmon paxta moyi – 22 tanga, «Birodarlashgan Turkiston» zavodidan 
keltirilgan moy esa 14 tanga, bir qadoq (400 gramm) mol yog‘i – 20 tiyin, qo‘y yog‘i esa 22 
tiyin. Mol go‘shtining bir qadog‘i 8 tiyin, qo‘y go‘shti – 12 tiyin. Kezi kelganda o‘sha paytlari
paxtaning bahosi qancha bo‘lganligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz: bir botmon (8 
kg) birinchi nav paxtaning naxhi 90–100 tanga, agar chigiti chala pishgan bo‘lsa – 50–60 
tanga, II–III navlari – 30–40 tanga turarkan. Demak bir kilogramm paxtaning puliga (ya’ni, 
187,5 tiyinga) to‘rt (4) kg qo‘y go‘shti, bir yarim tiyinga birorta hammol yollab o‘sha 
masalliqni uygacha ko‘tartirib borish mumkin ekan. 
«Bozorlar xiyla tushkun ruhda o‘tmoqda, dehqonlarning umidlari puchga chiqqanga 
o‘xshaydi. Eng yaxshi xom paxta deyarli ikki barobar arzon narxda sotilmoqda (yaqinda bir 
botmon paxtaning bahosi–180 tanga edi). Xaridorlarning avji sust, ko‘pgina mahsulotlar shu 
yerlik aholi qo‘lida qolib ketyapti». 
Ayniqsa, 1914-yilda boshlangan urushni bahona qilib, chor ma’murlari Turkiston 
xalqlarini behayolarcha taladi, zulmni kuchaytirdi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak gazlama, 
qurilish materiallarining narxi kun sayin oshib bordi. Masalan, gazlama narxi 300–400 foizga, 
kiyim-kechak narxi 200–300 foizga, qand narxi 250 foizga, poyabzallar narxi 300–400 foizga 
ko‘tarildi.


272 
Farg‘ona vodiysida ilgari 50 so‘m turadigan otning narxi 100–200 foizga, 5–9 so‘mlik 
qo‘ylar narxi 30–35 so‘mga oshdi. G‘alla va non narxi ancha ko‘tarildi. Chunki Rossiyadan 
Turkistonga g‘alla keltirish kamaydi. Natijada rus g‘allasiga umid bog‘lab nuqul paxta ekkan 
o‘zbek dehqoni juda og‘ir ahvolga tushib qoldi. Rus g‘allasiga ko‘z tikkan va unga ishongan 
Turkiston dehqonlari g‘alla ekin maydonlarini keskin qisqartirib paxta ekiladigan 
maydonlarni haddan ziyod oshirgan edilar. 1901-yilda paxta maydonlari 268013 desyatina 
bo‘lgan bo‘lsa, 1916-yilda bu ko‘rsatkich 533671 desyatinaga yetgan edi. Urush yillarida 
paxtaning bozor narxi oshdi. Bu hol paxta ekuvchi dehqonlarga katta foyda keltirishi mumkin 
edi. Ammo bu o‘rinda ham chor hukumati ustasi faranglik qilib to‘qimachilik sanoati 
egalarining talablariga ko‘ra paxta savdosi nazoratini o‘z qo‘liga oldi va uning bozor narxini 
30–31 so‘mdan, 24,05 so‘mga tushirdi. Bu tadbir mahalliy paxtakorlarga katta zarar keltirgan 
bo‘lsa, rus kapitalistlarining hamyonlarini to‘ldirdi. Faqat Tver to‘qimachilik sanoati 1913–
1914-yillarda paxtaning eski narxidan 1.893.000 so‘m foyda qilgan bo‘lsa, 1915–1916-
yillardagi keltirilgan foyda 9.931.000 so‘mga teng bo‘ldi. O‘lka mehnatkashlari bundan 
tashqari banklar, firmalar va mahalliy sudxo‘rlardan olgan qarzlari orqasidan ham katta 
zahmat chekib, mushkul ahvolga tushgandi. Bular ham yetmagandek 1915-yil 1-yanvaridan 
boshlab tub aholidan harbiy xizmatni o‘tamaganlari evaziga daromadlaridan qo‘shimcha 
21foiz harbiy soliq olish tartibi ham joriy qilindi. 
O‘lka xalqlarining madaniy ehtiyojlarini qondirish masalasiga umuman panja orasidan 
qarab kelingan. Bu soha uchun bir kishiga bir yil davomida sarflanadigan mablag‘ atigi 6 
so‘m miqdorida bo‘lgan, xolos. 
Turkiston xalqlarining tibbiy salomatligi hech kimni tashvishga solmagan. Aholiga 
tibbiy xizmat ko‘rsatish ayanchli vaachinarli ahvolda bo‘lgan. Bu holni shunday dalildan ham 
bilish mumkinki, 1913-yilda butun boshli Turkiston hududida 212 tibbiyot xodimi bo‘lgan, 
xolos. Agar Farg‘ona vodiysida har 50 ming aholiga bittadan tibbiyot xodimi to‘g‘ri kelsa, bu 
ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston hududida har bir tibbiyot xodimiga 250 ming kishini tashkil 
etgan. Shu bois Turkiston aholisi eng qisqa umr ko‘rgan va bu yerda turli xildagi yuqumli 
kasalliklar keng tarqalgan. 
Yuqoridagi zikr qilingan sabablarga ko‘ra XX asrning boshlarida, xususan 1917-yilgi 
fevral burjua-demokratik inqilobi arafasida Turkiston o‘lkasida g‘oyatda keskin ijtimoiy-
siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan qo‘rqib qolgan chor hukumati zo‘r berib tub yerli 
aholini Rossiya davlatiga nisbatan «sodiq» bo‘lishiga da’vat etar, ularni «vatanparvarlik» 
g‘oyalari ruhida tarbiyalashga intilardi. Chor ma’muriyati davlatga qarshi har qanday xatti-
harakatlarni darhol ayovsizlarcha va shafqatsizlik bilan bostirish to‘g‘risida mahalliy 
hokimlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rgazma berdi. Hatto masjid madrasalarda ham oq podsho 
hazratlariga hamdu sanolar, unga sog‘liq va uzoq umr tilab «xutba»lar o‘qishga buyruq 
berildi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish