3 - Laboratoriya mashgʻuloti.
Mavzu: MS Excel dasturida katakchalar formatini oʻzgartirish. Avtotoʻldirish
funksiyasidan foydalanish.
Ishning maqsadi:
Excel dasturi yordamida jadvallar hosil qilish va ularni
formatlashni oʻrganish. Avtotoʻldirish funksiyasidan foydalanishni oʻrganish.
Nazariy qism
Koʻpchilik hollarda qayta ishlanadiga ma’lumotlarni jadvallar koʻrinishida
tasvirlaymiz. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlangʻich ma’lumotlar
va boshqa qismiga esa hosil qilinadagan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Masalan:
oʻquvchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mexnat haqini hisoblash talab qilinsin, u holda
terilgan paxta miqdori -A, bir birlik (1 kg) paxta uchun toʻlanadigan ish haqi bahosi (sumda)
-B, boshlangʻich ma’lumot sifatida va har bir oʻquvchining bir kunlik jami tergan paxtasi
uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma’lumot boʻlib hisoblanadi.
Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval koʻrinishida tasvirlash maqsadiga
muvofiqdir. Ma’lumotlarni jadval koʻrinishida tasvirlash ularni taxlil qilishni ancha
soddalashtiradi. Shuning uchun kupchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini
oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Jadval koʻrinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun maxsus amaliy dasturlar
paketi ishlab chiqilgan boʻlib ular elektron jadvallar yoki jadval protsissori deb ataladi.
Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun moʻljallangan, lekin
uning yordamida injenerlikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar
boʻyicha hisob-kitoblar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Elektron jadvallar qoʻllanilayotgan sohalar juda koʻp, masalan: moliyaviy,
buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar, kundalik
hoʻjalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi programma boʻlib, u Windows operatsion
sistemasi boshqaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va
qayta ishlashga muljallangan.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls
kengmaytmadan iborat fayl boʻladi. Excelda odatda bunday fayl “Ishchi kitob” (Workbook)
deb yuritiladi.
Microsoft Excelning asosiy ish sohasi - bu “Ishchi kitob” boʻlib, u bir yoki bir nechta
ish varaqlardan iborat. Ish varagʻida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar,
arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan boʻladi. Excelning buxgalter
kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning uzi bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish
foydalanuvchi zimmasida qoladi.
MS Excel 2019 dasturini yuklashdan oldin Windows XP operatsion tizimini yuklash
lozim. Bu esa sodda, ya‘ni hozirgi paytda kompyuter yuklanishi bilan amalga oshadi.
Excel dasturini yuklash jarayoni qoʻyidagicha:
Sichqoncha koʻrsatkichi ekranning quyi tomonida joylashgan
Пуск (Start)
tugmachasiga keltirilib chap tugmasi bosiladi. Natijada ekranda bosh menyu hosil boʻladi.
Bosh menyuning
Do'stlaringiz bilan baham: |