Bog'liq Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)
ko`nchi, etikchi, bo`zchi, bo`yoqchi, juvozchi va boshqa kasb egalari faoliyat
ko`rsatishgan. Boshqa hunarmandlar o`z hamqishloqlari buyurtmalarini bajarib berishar va
xizmatlari uchun natura tarzida, mahsulot yoki pul bilan haq olishardi. Ularning ayrimlari
bevosita mahalliy bozorda mehnat qilishardi.
Kaspiyorti temiryo`li qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasi ta’sis
etilishi Xivaning Rossiyaga qaramligini kuchaytirdi. Ilgari savdo-sotiq asosan karvon
yo`llari orqali olib borilgan bo`lsa, endilikda yuklarning katta qismi temiryo’1 orqali va
kemalar bilan Amudaryoning yuqori oqimi bo`ylab tashiladigan bo`ldi. Rossiya sanoat
tovarlarining raqobati bo`yoqchilar soni keskin kamayib ketishiga, mahalliy
korxonalarning mis va cho`yandan yasalgan buyumlariga talab pasayishiga, mahalliy
matolar, iplar, kulolchilik va misdan yasalgan buyumlarining ba’zi turlari ishlab
chiqarilishi kamayishiga olib keldi.
Iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati ham hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojiga
katta ziyon yetkazdi. Xonlik va mahalliy hokimiyat hunarmandlarni turli xil pulli va
natural soliqlarga tortdilar. Har bir hunar ustaxonasi egasi xonlik amaldorlariga sovg`a
taqdim etishi, daromadlariga mos kelmaydigan soliqlarni to`lashi lozim edi. Natijada,
hunarmandlar ishlab chiqarishni ko`paytirishga yoki texnologiyasini takomillashtirishga
qodir bo`lmay qolar edi.
Hunarmandchilikda o`rta asrlardagi sex birlashmalari saqlanib qolaverdi. Sex
birlashmalariga hunarmandlar kasblariga ko`ra uyushgan edilar. Unga
usta, xalfa va
shogird kirar edi. Kredit berib turgan boy sexga rahbarlik qilar edi. Hunarmandlar ishlab
topgan pullarining anchagina qismini avliyolar va ma’naviy ustozlar sharafiga xayr-
ehsonga berishar, xazinaga ko`pdan-ko`p soliqlar to`lashardi. Xalfa va shogirdlarning
ahvoli og`ir edi. Ularning ish kuni chegaralanmagan edi. Xalfa bo`nak (avans)ni uning
evaziga ishlab berish majburiyati bilan olar va avansning hammasini to`lamagunga qadar
keta olmas edi. Shogird 8 yoshida sexga ishga kirar va 8—10 yil davomida haq olmasdan
mehnat qilar edi, raqobatdan cho`chigan ayrim ustalar esa ularning mustaqil ishlashiga
yo’l qo`yishmasdi.
Iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati ham hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojiga
katta ziyon yetkazdi. Xonlik va mahalliy hokimiyat hunarmandlarni turli xil pulli va
natural soliqlarga tortdilar. Har bir hunar ustaxonasi egasi xonlik amaldorlariga sovg`a
taqdim etishi, daromadlariga mos kelmaydigan soliqlarni to`lashi lozim edi. Shu sababdan
hunarmandlar ishlab chiqarishni ko`paytirishga yoki texnologiyasini takomillashtirishga
qodir bo`lmay qolar edi.