Mahkamai adliya
(Adliya mahkamasi, Majlis) va
Idorai mashvarat
(Nozirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni o`z
ichiga olgandi. Yoshxivaliklar, shuningdek, davlat mablag`lari sarflanishi ustidan nazorat
qilish uchun Moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlik hududida yangiusul
maktablari ochilishi uchun qo`mita tuzishni, temiryo`llar va pochta-telegraf tizimi
qurilishini ham talab qilishgandi.
Rus qo`shinlari madadidan mahrum bo`lgan Asfandiyorxon o`ziga ham ishonmay
qolgandi. Har qanday yo’1 bilan hokimiyatni saqlab qolish va vaqtdan yutish maqsadida
xon islohotlarni amalga oshirish to`g`risidagi manifestga o`sha zahotiyoq imzo chekkan
edi.
Asfandiyorxon xalqqa zulm qilgan amaldorlarni hibsga olish va ular o`rniga
yoshxivaliklardan vazir tayinlash to`g`risida va’da berdi. Shuningdek, u mamlakatda
yangiusul maktablari, pochta, telegraf tarmog`ini ochishga, temiryo’1 qurishga, savdo-
sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratib berishga va’da qilgan edi.
Haqiqatdan ham tez orada 1917-yil 26-apreldan ish boshlagan yangi hokimiyat
organlari Adliya mahkamasi (Majlis) va Nozirlar kengashiga saylovlar bo`lib o`tdi. Bu
hokimiyat organlarida ko`pchilikni yoshxivaliklardan saylangan deputatlar tashkil etdi.
Nozirlar kengashi raisi etib Boboxon Salimov tayinlandi.
Tinch yo’1 bilan maqsadga erishgan yoshxivaliklar manifestni hayotga joriy etishda
tashabbuskorlik bilan ishladilar. Ular maorif sohasida islohotlar o`tkazishni boshladilar,
davlat mablag`larining sarflanishini nazoratga oldilar va boshqa davlatlar bilan aloqalar
o`rnatish borasida birinchi qadamlarini qo`ydilar.
Oradan bir oy o`tmay xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy to`ntarishni
amalga oshirdilar va Nozirlar kengashini tarqatib yubordilar. Adliya mahkamasi saqlab
qolindi va unga faqatgina oliy maqomdagi din peshvolari kiritjldi. Mahkamai adliya
(Majlis) 1917-yil noyabr oyigacha, uni xon tarqatib yuborguncha amal qildi. Islohotlar
jarayoni to`xtatib qo`yildi.
Rossiya Muvaqqat hukumati 1917-yil oktabr to`ntarilishidan so`ng Xorazmga xon
faoliyatini nazorat qilish uchun katta harbiy qo`shin yubordi. Hokimiyatni bolsheviklar
egallab olishi xavfi paydo bo`ldi. Bundan cho`chigan Asfandiyorxon harbiy kuchlariga
turkman urug`idan chiqqan
Junaidxonni
yetakchi qilib tayinladi. 1918-yil yanvarda 1,5
ming kishilik otliq qo`shin bilan u Xivani, keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini
egallab oldi. Asfandiyorxonni shunchaki taxtda qoldirgan Junaidxon xonlikda o`zining
yakkahokimlik diktaturasini o`rnatdi. Uning buyrug`iga ko`ra Asfandiyorxon o`ldirilib,
o`rniga akasi
Do'stlaringiz bilan baham: |