Xiva va Rossiya savdo aloqalarning rivojlanishi
Rossiya tovarlan dunyo bozorlandagi mollarga nisbatan arzon bo`lganligi sababli
xonliklar bozoriga tez kirib bordi. Natijada, mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar
kasodga uchradi.
Mahalliy tadbirkorlar, milliy kapital namoyandalari Rossiya bozori va Rossiya
buyurtmalariga bog`langan edi. Ular ikki davlat o`rtasida bozor munosabatlarini
rivojlantirish uchun qo`shma bank tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda Rossiya-Osiyo
banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan "A-Meta" sindikati tashkil qilindi.
Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xomashyosini eksport qilardi va
beda urug`ini sotib olish bo`yicha Xiva bozorida o`z yakkahokimligini o`rnatgandi.
Rossiya kapitali mustamlaka Xiva xonligida o`z xomashyo bazasini yaratib, ishchi
kuchining arzonligi va 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko`ra mahalliy bozordagi
tanho huquqidan foydalanib, ulkan daromad olib, faollashdi.
Xiva va Rossiya o`rtasidagi savdo aloqalari ana shu asosda tez o`sib bordi. Ikki
mamlakat o`rtasidagi tovar aylanishi 1899-yilda 4,5 million rublni tashkil etgan bo`lsa,
1912-yilda 26 million rublgacha ortdi. Tabiiyki, Xiva eksportining 90 foizi qishloq
xo`jaligi mahsulotlariga, asosan paxtachilikka to`g`ri kelar edi. XIX asrning 80-yillarida
Rossiya Xiva xonligidan 1,2 million rublga paxta xomashyosini olib ketgan bo`lsa, 1915-
yilda tashib ketilgan paxtaning qiymati 15 million rublni tashkil etgan. Birinchi jahon
urushi arafasida rus kapitali paxta, qorako’1, beda, ipak, mevalar, quruq mevalar va boshqa
mahsulotlar savdosini tamomila o`z qo`liga oldi.
Ichki savdo va hunarmandchilikning rivoji
Rus kapitali amaliyotlari tufayli Xiva xonligida ichki bozor ancha kengaydi, tovar-
pul munosabatlari shitob bilan rivojlana boshladi va shu asosda yangi savdo-sotiq
markazlari shakllandi. Eksport va import maqsadidagi tovarlar, shuningdek, mahalliy
iste’moldagi tovarlar ham ana shu markazlarga oqib kelar, taqsimlanar, ulgurji sotib olinar
va sotilar edi. Mayda savdogarlar choy, shakar, samovar, matolar, kiyim-kechak va
poyabzal singari tovarlarni hatto dunyodan uzilib qolgan olis qishloqlarga ham olib borib
sotar edilar.
Sanoatning biryoqlama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida hunarmand-
kasanachilik ishlab chiqarishining saqlanib qolishiga olib keldi. Xorazm mahsulotlari
qadimiy boy hunarmandchilik ishlab chiqarishi an’analariga ega bo`lib, mamlakat
hududidan tashqarida ham qadri baland edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayrim
tumanlar hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvi jarayoni
kuzatildi. Metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxonalar asosan Xiva, Yangi Urganch,
Chimboy, Hazorasp va Begovot qishlog`ida joylashgan edi. Bu yerda ketmonlar, omoch
tishi, belkuraklar, boltalar, taqalar, idish-tovoqlar va hokazolar yasalardi. Ko`nchilik ishlab
chiqarishi esa Xiva, Yangi Urganch, Xo`jayli va boshqa maskanlarda rivojlangan edi.
Qoplar va arqonlar asosan Yangi Urganchda tayyorlangan. Gilamlar, kigizlar Ko`hna
Urganch, Xazovot, Mang`it va boshqa shaharlarda ishlab chiqarilardi. Ayni mahalda
xonlikning deyarli barcha shaharlarida to`qimachilik, sopol idishlar ishlab chiqarish,
zargarlik buyumlari yasash rivojlangan edi.
Xiva xonligi xo`jaligida natural xo`jalik ustun darajada saqlanib qolgandi.
Mamlakatda uy hunarmandchilik ishlab chiqarishi ham saqlanib kelayotgan edi. Deyarli
har bir dehqon xo`jaligi yordamchi daromad manbai bo`lgan uy hunarmandchiligi bilan
shug`ullanar edi. Dehqon xo`jaliklarida, masalan, ip yigirish va to`quvchilik, oyoq
kiyimlari, gilamlar, kigizlar va hokazolarni tayyorlashlari mumkin bo`lgan. Deyarli har bir
260
qishloqda
Do'stlaringiz bilan baham: |