270
Bu farmon «Yettisuv, Kaspiyorti, Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida davlat
dumasiga saylovlar haqidagi holatni va unga qo‘shimcha qonun-qoidalarni qo‘llash haqida
qoidalar» deb ataldi. Bu farmonga ko‘ra tub yerli aholi bo‘lmagan rus tilida so‘zlovchi
kelgindi millatlar vakillari umumiy saylovchilar sonidan qat’i nazar har besh viloyatdan
bittadan, Toshkentdan va Yettisuvdan kazak qo‘shinidan bittadan, jami bo‘lib 7 deputatni,
mahalliy tub yer aholisi esa umumiy aholi sonidan qat’i nazar viloyatlar va Toshkentdan jami
bo‘lib 6 deputatni saylashi kerak edi. Ana shu tariqa rus deputat uchun o‘rtacha 46 ming, tub
yerli yoki o‘zbek deputati uchun esa 896 ming saylovchi ovoz berishi kerak edi. Bu degan
so‘z mahalliy xalqning saylov va saylanish huquqi kelgindi rus millati vakillariga qaraganda
20 barobar kamsitildi va bu davlat dumasida mahalliy millatdan saylangan deputatlarning
kelgindi rus millati vakillaridan saylangan deputatlarga nisbatan bosimi oshib ketmasligi
uchun maxsus o‘ylab topilgan yo‘l edi. Turkiston aholisi markazda I davlat dumasi tarqatib
yuborilgach, 1907-yil II davlat dumasi saylovlarida qatnashdi. Bu saylov natijasida rus
mustamlaka istibdodi tomirlarining tobora chirib borayotganligini ko‘rsatdi, shovinist va
rusparast deputatlardan birontasi g‘alabaga erisha olmadi. Rusiyzabon millatlar vakillaridan
saylanishi lozim bo‘lgan o‘rinlarni sotsial-demokratlar (bolshevik va mensheviklar), sotsial-
inqilobchilar (eserlar) va kadetlar uyushmasi bo‘lmish – «taraqqiyparvar saylovchilar» guruhi
egalladilar. Mahalliy tub yerli aholi vakillari nomidan Davlat dumasiga Toshkentdan
«Jahongir domla» sifatida tanilgan taniqli olim V.P.Nalivkin, ulamo Abdurauf qori
Abduvohid Qoriyev, Samarqanddan – savdogar Toshpo‘lat Abduholiqov, Farg‘onadan –
savdogar Muhammadjonov, Sirdaryo dan – chorvador boy T.Olloberganov, Yettisuvdan –
muhandis Muhammadjon Tanishboyev, Kaspiyorti viloyatidan – podpolkovnik
Maxtumqulixonlar saylangan edilar.
Asosan tub yerli millat aholisidan iborat bo‘lgan qishloq mehnatkashlarining ahvoli
shahar aholisiga nisbatan ham achinarli edi. Muhammad Muso Turkistoniy «Ulug‘ Turkiston
fojiasi» kitobida qayd qilishicha: «Ruslarning Turkistonga biz madaniyat keltirdik,
Turkistonni obod qildik degan iddaolari bo‘sh so‘zdan iborat bo‘lib qoldi... Xalq faqirlashdi,
sindi-sindi ko‘paydi, hamma ish bank va shirkatlarning foydasig‘a halbo‘ldi. Masalan, bir
kishining bankidan ming (1000) so‘m qarzi bor. Vaqtida to‘lay olmadi. Haftalik oylik o‘sgan
foydasi bilan u qarzni uch ming (3000) so‘m bo‘lg‘onligi, u bechora qarzdor vafot qilib
vorislari to‘layolmay, nihoyat hovli-joylari, bog‘lari, bo‘stonlari sotiladur. Puli bankka
to‘lanadur. Bu ishlar ayb bo‘lmay elda, yurtda odatlanib, qonunlashib qolg‘oni ma’lumdur.
Yer va suvlarni sotib bankni haqlarini topshirish uchun Rusiyaning maxsus bir idorasi
bordurki, «tanfiz idorasi», deb tarjima qilinsa bo‘lur. Paxtadan alamzada bo‘lg‘on, qarzdor
bo‘lib, to‘lay olmog‘on bechora dehqonlar, zamindorlar haqida so‘zlang‘on she’rlar ham bor:
Do'stlaringiz bilan baham: