12-mavzu. Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati va siyosiy
harakatlar. (4 soat)
Reja:
1.
Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoitlar. Jadidchilik
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy va istiqlolchilik harakati
sifatida maydonga chiqishiga turtki bo’lgan omillar.
2.
Turkiston o’lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ularning milliy uyg’onishda
va o’zlikni anglashda tutgan o’rni.
3.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934),
Bexbudiy (1875-1919) va boshqalar faoliyati.
4.
Jadid maktablari-«usuli savtiya», ya’ni tovush oxangiga asoslangan jadid
maktablarining tashkil topishi va rivojlanishi.
5.
Jadid milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma’rifiy tashkilotlari va jadid adabiyoti.
6.
Jadidlarning siyosiy qarashlari. Turkiston o’lkasida yangi siyosiy partiyava
tashkilotlar.
Tayanch tushunchalar:
Jadid, Ismoil G’aspirali, Bog’chasaroy, Tarjimon, “Usuli
savtiya”, Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Uchqun, Yosh buxoroliklar,
yosh xivaliklar, Mirkomil Mirmo’minboyev, Tarbiyaiy atfol, Shuroi Islomiya,
Turon.
Turkistonda o‘rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
yanada kuchaydi, mahalliy xalqni iqtisodiy jihatdan talash, ezish bilan birga, ularni jaholatda
tutib turish, ma’naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maq sadda
o‘lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoatchilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar,
ilmiy kuchlar, ishchilardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanc halik
urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodlik uchun intilishini so‘ndirolmadi, milliy-ozodlik
harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o‘ylovchi ziyolilar, mahalliy
burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg‘otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish
uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi, jadidlar harakati vujudga keldi.
Jadidl arning asosiy g‘oya va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va
diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Buxoro va
Xivada parlament, demokratik respublika tizimini o‘rtanish orqali ozod va farovon jamiyat
qurilishdan iborat edi.
Sharq bilan G‘arbni taqqoslab, musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya
tasarrufiga olingan musulmonlarning ja hon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar
farzandi Ismoil Gaspirali (1851–1914) birinchilardan bo‘lib angladi. U turkiy xalql ar
ma’naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar daraja si ga ko‘tarish harakatini
boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isl oh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o‘qitish
masalasini ko‘tar di. U 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos
soldi.
«Jadid» arabcha so‘z bo‘lib «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoil Gaspirali o‘zi
tashkil etgan maktab o‘quvchilari uchun o‘quv das turi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun
ichida 12 o‘quvchining savodini chiqariyb, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasinichi
qarib, o‘z g‘oyalarini yoydi. 1898-yilda «Rahbari muallimin yoki muall imlarga yo‘ldosh»
kitobini nashr etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o‘tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va
imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi.
Ismoil Gaspirali g‘oyalari Turkistonga ham kirib keldi. U 1893-yilda Turkistonga kelib,
ilg‘or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoroda amir huzurida bo‘lib, bitta jadid maktabi ochishga
rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid»
maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898-yilda Qo‘qonda Salohiddin domla, 1899-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |