288
Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar.
1903-yilda Turkistonda 102 ta bosh lang‘ich va 2 ta o‘rta jadid mak tabl ari fa oliyat ko‘rsatdi.
Turkiston jadidlariga Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvar qori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o‘nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar.
Ular dastlab maorifni isloh qilish yo‘lidan bordilar.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon,
Namangan, Xiva va boshqa shaharlarda dastlabki jadid maktablari ochildi. «Usuli jadid»
maktablari tarmog‘i kengayib bordi, ularda diniy ta’limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo,
nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o‘rgatildi, sa vod chiqarish tezlashtirildi.
Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o‘rgatishga alohida e’tibor berildiki, bu
ularning milliy ongini uyg‘otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.
Behbudiyning «O‘z urug‘i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul – manqurtdir!» degan
so‘zlari talabalarni milliy o‘zligini anglashga chaqirar edi. Munavvar qorining «Adibi avval»,
«Adibi soniy», M. Behbudiyning «Kitobat ul-atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasar
tarixi
islom», «Jug‘r ofiya», A. Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Tur kiy gulustoni»,
«Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga
ko‘tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma’naviy yetuk, o‘z
xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi.
Jadidlar yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy
tabaqaning ilg‘or vakillari jadidlarning bu harakatini ma’qullab, mablag bilan
ko‘maklashdilar. Ko‘pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning
markaziy shaharlariga o‘qishga yuborildi. 1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va
boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30
ta talabani Turkiyaga o‘qishga jo‘natdi. 1909-yilda Munavvar qori tuzgan «Jamiyati xayriya»
ham moddiy jihatdan kam ta’minlangan talabalarga yordam berar,
yoshlarni chet elga
o‘qishga yuborishga yordamlashar edi.
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. 1906-yil 27-iyunda Toshkentda
jadidlarning dastlabki gazetasi – «Taraqqiy» nashr etiladi. Munavvar qori 1906-yilda
«Xurshid» («Quyosh») gazetasini tashkil etib, unga o‘zi muharrirlik qildi. Gazeta xalqning
o‘z haq-huquqlarini tanishiga, milliy uyg‘onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi
ma’murlar tezda gazetani chiqarishni man qildilar.
M. Behbudiy 1913-yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi.
U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni
tashkil etdi. Gazeta va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni ma’rifatli qilish, erkinligini
ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan dolzarb maqolalar chop etilardi.
Ular Rossiya
imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib
yetardi.
Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja
1913-yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914-yilda
firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar
sahifalarida e’lon qilingan maqolalar ommani mustabid tuzumga qarshi qo‘zg‘atishga xizmat
qildi.
Jadidlar milliy teatrga ham asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913-yilda
musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati – «Turon» teatr truppasi tuzildi. 1914-yil 27-
fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o‘zbek milliy teatrining birinchi rasmiy
ochilish marosimi bo‘ladi. Munavvar qori o‘zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar
ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o‘ynalmag‘onligi barchangizga
ma’lumdir... Teatr ning asl ma’nosi «ibratxona» yoki «ulug‘lar maktabi» degan so‘zdir. Teatr
sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o‘xshaydurki, unga har kim kirsa o‘zining husn
va qabihini, ayb va nuq so nini ko‘rib ibrat olur». O‘sha kuni sahnada M.
Behbudiyning
«Padar kush» pyesa si namoyish etildi.
Unda islom dinining Turkiston dagi buzilishlari tas virlanib, tamoshabin e’tiborini najot
yo‘li maorif, maorifni esa «pokl angan din» bera oladi, degan g‘oyaga qaratadi. «To‘y»,
«Zaharli hayot», «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlarning huqu q sizligi,
ko‘pxotinlik, majburiy nikoh oqibatl ari kabi muammolar yori tiladi. Milliy teatr san’ati
289
odamlarga millat da mavjud bo‘lgan qu surlar va ijobiy tomonlarni tushunturuv chi oyna
bo‘lib xizmat qildi.
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruhoniylarning poraxo‘rligi, axloqsizligi
ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro
ulamolarining nodonligi va poraxo‘rl igini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari»
asarida esa Buxo ro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniyl
arning o‘z mavqeyini suiiste’mol qilganl iklarini asosiy sabab qilib ko‘rs atdi. Jadidchi
jurnalist va dramaturgl ar nashavandlik,
kashandalik, zino garlik, fohishalik kabi illatlarni
qoralashdi.
Jadidlar ijtimoiy va hududiy birlik to‘g‘risidagi masalalarni ko‘tarib, xalqni milliy va
diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga
ko‘tarishga intildilar.
Jadidlarga,
bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi
ma’murlar qarshilik ko‘rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko‘targan barcha yangiliklarga
qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa: «Bu xil maktabda
o‘quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o‘qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi,
uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag‘darib, turmaga tiqib qo‘yishadi», – der edilar.
Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o‘qitish be’manilik, dahriylik deb hisoblash di.
M. Behbudiy ularni fosh qilar ekan, «Qur’oni Karim» ham, Muhammad payg‘ambar
(s.a.v.)ning hadislari
ham tarixga daxldor ekanligini, «Qur’oni Karim»ning chorak qismi
tarixiy ma’lumotl ardan iboratligini asoslab beradi.
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko‘rdilar. Ular
ustidan nazorat o‘rnatilib, gazeta va jurnallari man etilar, nashriyotlari buzib tashlanar, kitob
do‘konlari, qiroatxonalar yopib qo‘yilar edi.
Ayniqsa, 1905–1907-yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag‘on kuchaydi. Bu
inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo‘rqib ketib, must aml akachi
ma’murlar panohiga intildilar. Jadidlardan o‘ng qanot ajralib chiqib, reaksiya lageriga
qo‘shildilar. Qadimchilar deb atalgan bu guruh Rossiyaning obro‘si bizning obro‘yimiz,
xudodan qo‘rq, podshohni hurmatqil, podshohning amiri fuqarolar uchun vojibdur, deb
chiqdilar.
Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm –
turkiy xalqlarni Turkiya davl ati qo‘li ostida birlashtirish, panislomizm –
islom dini dagi
barcha xalqlarni birlashtirish g‘oyalari soyasida qolib ketdilar.
Jadidlar tobora olg‘a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidchilik harakatiga nisbatan
qo‘llagan zo‘ravonlik choralari jadidlarni ma’naviy-ma’rifiy islohot dan siyosiy qarshilik
ko‘rsatish darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va partiyalar vu
judga keldi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-
ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o‘sib, mustamlakachilarga qarshi ko‘tarilgan
milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: