Qoraqolpog`iston Turkiston-general gubrnatoligi tarkibida. Podsho hukumati
armiyasining Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi
imzolanganidan keyin Amudaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan qoraqalpoq yerlari Rossiya
tarkibiga kiritildi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibiga
kiruvchi Amudaryo bo`limi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning chap qirg`oqda yashagan
kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Amudaryo bo`limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70
ming kishiga yetar va jami aholining 48,6 foizini tashkil etar edi.
Rossiyadan ko`chib kelgan kishilar qariyb ming kishini tashkil qilar, ular 1875-yilda
chorizm ma’muriyati tomonidan armiya xizmati to`g`risidagi yangi nizomga bo`ysunmagani
uchun bu yerga ko`chirilgan Ural kazaklari bo`lib, Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l)da,
Uralskiy posyolkasida va Nukus qishlog`ida istiqomat qilar edi. Bu kishilar asosan baliq
ovlash bilan shug`ullanishgan.
Xiva xonligida esa qoraqalpoqlar soni atigi 3,8 foizni, ya’ni qariyb 25 ming kishini
tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo`shib
olinishi qoraqalpoqlar ustidan zulmning kuchayishiga olib keldi. Qoraqalpoq xalqiga mansub
aholi Xiva xonligida ham shunday haq-huquqsiz edi.
Qoraqalpoqlar
yashaydigan
hududning
har
ikkala
qismida
qoraqalpoqlar
xo`jaliklarining 70 foizidan ziyodi batraklik bilan kun kechirishar, ochlikdan o`lib ketmaslik
uchun o`ziga to`q qo`shnilariga yollanib mehnat qilishar edi.
Tovar-pul munosabatlari rivojlanishining boshlanishi . Qoraqalpoqlar yashab kelgan
hududlarning Rossiya imperiyasiga qo`shib olinishi va Rossiya kapitalining kirib kelishi —
tovar-pul munosabatlari va sudxo`rlikning rivojlanishiga olib keldi. Paxta tozalash va
baliqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo`la boshladi.
XIX
asrning
70-yillarida
qoraqalpoqlarning
ma’muriy
markazi
sanalgan
Chimboy savdo-sotiq
munosabatlari
rivojlanishi
tufayli
qoraqalpoq
aholi
yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan bozorga aylandi. Qoraqalpoqlar
yashaydigan barcha hududlardan hunarmandlar va dehqonlar bozor bo`ladigan kunlarda o`z
mahsulotlarini
sotish
uchun
Chimboyga
kelishar
edi.
Chimboy Rossiya imperiyasi va Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan
bog`langan edi. Bu yerda ko`plab do`konlar bo`lib, katta bozor yaqinida yirik karvonsaroy
joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar qurilib, ishga tushirildi, ammo ular yetarli
emasdi. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to`rtta umumta’lim maktabida
200 nafar o`quvchi o`qir, 21 o`ringa mo`ljallangan ikkita kasalxona va feldsherlik punktida
uch shifokor ishlar edi.
1871—1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug`ning aksariyat a’zolari chorvaga
ega bo`lishmagan, boylar esa 1000 boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo`y-qo`ziga
ega edi. Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar o`z qarindoshurug`lari va
qo`shnilariga qaram bo`lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o`z
qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga —
"jarmshi" shartida berishardi. Yersiz
va chorvasiz qolgan dehqonlar esa eng ayovsiz tarzda ezib ishlatilardi. Badavlat chorvadorlar
va zamindorlar ularni mollaridan va yerdan foydalanganlik uchun ishlab berishga majbur
qilishar edi.