275
Bu xabar tez orada butun Samarqand viloyatiga va boshqa hududlarga ham tarqab ketdi.
Jumladan 7-iyulda Xo‘jand voqeasidan xabar topgan Samarqand
viloyatining Dahbed
qishlog‘ida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bir necha ming kishi qatnashgan bu qo‘zg‘olonga mulla
Usmon Abdurasulov, Gadoy Abduqodirov, Xolmo‘min Xolmurodov, Azizqulmurodov,
Muxtor Hafizov singari xalq fidoyilari boshchilik qiladilar. Qo‘zg‘olonchilar bo‘lim
boshqaruvchisining mirzasi Qobulovni o‘ldirdilar. Qo‘zg‘olon
qatnashchilaridan Usmon
Abdurasulov boshchiligida 30 kishi hibsga olindi va turmagatashlandi.
Qo‘zg‘olonning asosiy markazi Jizzax shahri va uyezdi edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan
Jizzax xalqi chor ma’murlarining kamsituvchilikdan iborat mustamlakachilik siyosatiga
qarshi kurashga otlandilar. Podsho farmoniga ko‘ra Jizzax viloyati bo‘yicha 10531 kishi
mardikorlikka safarbar etilishi kerak edi.
Shu jumladan Jizzax shahridan 655 kishi, Zomin volosti bo‘yicha 731 kishi, Sangzor
volostidan 2891 kishi, Sintob volostidan 508 kishi, Bog‘dod volosti bo‘yicha 2311 kishi1
front orqasidagi ishlarga olinishi ko‘rsatildi. Ammo podshoning safarbar bo‘yisha tadbirlari
mehnatkash xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi,
aksincha, ommaning qahr g‘azabi va
nafrati kuchayib, ommaviy
qo‘zg‘olongaaylanib ketdi.
Bu qo‘zg‘olon davomida o‘zining butun qalbi-vujudini mehnatkash xalq baxtiga
baxshida etgan haqiqiy qahramonlar yetishib chiqdilar.
Nazirxo‘jaAbdusalomov, Mulla
Mahamad Rahim, Ziyoqori Abdullayev, Mamasharif Husanov, M.O‘rinxo‘jayev, Musabek
To‘rabekov, Abdulla Ochilov
va boshqalar shular jumlasidandir.
Sho‘rolar hokimiyati yillarida laganbardor tarixchilar Jizzax qo‘zg‘olonining asl
mohiyatini soxtalashtirib, buzib talqin qiladilar va unga diniy tus berdilar.
Masalan,
1960-yilda
Moskvada
A.V.Pyaskovskiy,
T.A.Elionov,
A.G.Zima,
O.K.Kuliyev, X.T.Tursunovlar tahririda nashr qilingan «O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi
1916-yil qo‘zg‘oloni. Hujjatlar to‘plami»da chor podshosi arxividan olingan 508 ta e’lon
qilinmagan hujjatlar berilgan. Ammo bu qo‘zg‘olonning tub mohiyatini
ochib beruvchi bir
qator hujjatlar to‘plamga atayin kiritilmagan.
Masalan, Samarqand viloyati gubernatori, general-mayor N.S.Likoshinning 1916-yil
20-sentabrdagi Samarqand atrofidagi 50 qishloqni yer bilan yakson qilish uchun bergan
hammaga ma’lum buyrug‘i, Harbiy tribunalning qo‘zg‘olon rahbarlariga qo‘ygan ayblari va
1916-yil dekabrda chiqargan hukmi, qo‘zg‘olonga qarshi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
ishlarning rejalari, general-gubernator Kuropatkinning qo‘zg‘olonni
majaqlab tashlash
to‘g‘risidagi buyrug‘i va qo‘zg‘olon avj olgan joylarning xaritasi kabi hujjatlar to‘plamga
kiritilmagan. Mazkur hujjatlar to‘plamida Turkiston milliy burjuaziyasi podsho tarafida
turganligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri fikr ilgari suriladi.
A.V.Pyaskovskiyning bu to‘plamga yozgan so‘zboshisi ham deyarli ilmiy ahamiyatga
ega emas. Ammo bu to‘plam mazkur mavzuni o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Bu qo‘zg‘olonning milliy-ozodlik xarakterini xaspo‘shladilar. Holbuki Jizzax
qo‘zg‘olonini qon bilan bostirgan chor Rossiyasi zobitlarining o‘zlari bu qo‘zg‘olonni
Rossiya hukumatiga qarshi qaratilganligini o‘z vaqtida ochiq-oydin tan olib aytganlar.
Samarqand viloyati harbiy gubernatori N.Likoshin bergan axborotda jumladan
quyidagilarni o‘qiymiz: «Norozilik harakati ko‘tarila bordi,
goh u yerda goh bu yerda ur-
yiqitlar va o‘ldirishlar sodir bo‘ldi. Mahalliy amaldorlarning tushuntirishlari va
ogohlantirishlari xalqqa ta’sir qilmadi. Ma’murlarning so‘zlariga xalqning mutlaqo ishonchi
qolmadi, nihoyat bu harakat Rossiya hukumatiga qarshi ochiq qo‘zg‘olon tusini oldi».
Chor Rossiyasining Jizzax qo‘zg‘olonining milliy mustamlakachilik zulmiga qarshi
umumxalq qo‘zg‘oloni ekanligini tasdiqlaydigan adolatli qarashlari 1916-yildagi boshqa
rasmiy hujjatlarda ham tan olingan.
Jumladan, chor hukumat tomonidan qo‘zg‘olonchilarni
jazolash uchun tuzilgan favqulodda sud aybnomalarining birida Jizzax volostidagi qo‘zg‘olon
xalq harakati ekanligi e’tirof etilgan. Ana shu aybnomada bayon qilinganidek 12–13-iyul
kunlari Jizzax uyezdi Yom volosti aholisi qo‘zg‘alib, otliq va yayov bo‘lib, mustamlaka
ma’murlari, volost boshqaruvchisi va oqsoqollarga qarshi shiddatli hujum boshladi.
Qirq qishlog‘ida Karim Orziqulov boshliq olomon ellikboshilardan Norcha va
Qulbeklarni o‘ldirishdi. Qo‘zg‘olonchilarni Turdibek Xudoynazarov boshchiligidagi 500
276
kishilik yana bir guruhi Chuqurtoqqishloq oqsoqoli Mulla Mahkamboy Mulla Ro‘ziqulovni
toshbo‘ron qilib o‘ldirdi. Zomin pristavi Sobolev qurolli qo‘zg‘olon soqchilar va tarjimoni
bilan Yom volostiga kelib qo‘zg‘olon tashabbuschilaridan yetti kishini, shu jumladan, Karim
Orziqulov bilan Turdibek Xudoynazarovni qo‘lga tushirib,
soqchilar hamda Yom volost
boshqaruvchisi Mulla Fozilov bilan Zominga jo‘nadi. Lekin ular yo‘lda 800 kishilik
qo‘zg‘olonchilarning hujumiga duch keldi. Yom volostidagi singari qo‘zg‘olon harakatlari
Yangi qo‘rg‘on, Zomin va boshqa volostlarda ham bo‘lgan.
Mana shunday eng og‘ir va hal qiluvchi damlarda mahalliy hokimiyat vakillari
mustamlakachi chor ma’murlariga yordam berganlar va o‘z millatlarining manfaatlariga
xiyonat qilganlar. Buni quyidagi dalil yorqin ifoda etadi.
Jizzax shahri mehnatkashlarining qo‘zg‘olonlaridan tashvishga
tushgan Jizzax uyezdi
hokimi Rukin Eski shahar aholisining bir qismini katta masjidga to‘plab, agar ular
hukumatga qarshilik ko‘rsatsa, hammaning mol-mulki musodara qilinib, uylari yakson
qilinajagini aytgan. Mahalliy ma’muriyat vakillari Akrom to‘ra, Muxtorxon to‘ra, Abdusamad
Maxsum va boshqalar uyezd boshlig‘iga ta’zim qilib, podsho farmonini to‘la ma’qullab, uni
shubhasiz bajarish va xalq harakatini bostirishda chor ma’murlariga yordam ko‘rsatishga
va’da berishdi. Mirzaahmad tilmoch hokimning so‘zini tarjima qiladi va «Imperator a’zam
janoblari xalqdan mardikorlikka odam olishni buyurgan. Imperator janoblarining buyruqlari
shariat
qonunidan ham afzal, shuning uchun albatta bajarilishi kerak», – deb yaltoqlik qiladi.
Mustamlakachi va mahalliy ma’murlarning o‘zaro til biriktirib xalq ommasiga nisbatan
ishlatgan zo‘ravonlik, do‘q-po‘pisa siyosati mehnatkashlarning nafrat va nadomatini yanada
battar oshirdi. Mehnatkash xalq milliy zulm va zo‘rlikka qarshi yoppasiga qo‘zg‘olonga
ko‘tarildi.
G‘azabi to‘lib toshgan xalqning erk uchun kurashi o‘z qahramonlarini yaratdi. O‘zbek
shoiri Fozil Yo‘ldosh(1872–1955) ning «Jizzax qo‘zg‘oloni» dostonida bu qo‘zg‘olon
manzarasini yorqin bo‘yoqlardaaks ettirgan. Fozil Yo‘ldosh o‘z dostoni-ni yaratishdan oldin
qo‘zg‘olonning bevosita qatnashchilari
Do'stlaringiz bilan baham: