O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Sayid Muhammad Rahimxon II (1864-1910)



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Sayid Muhammad Rahimxon II (1864-1910) 
1872 yilda Hindiston vitse qiroli huzuriga 
elchi jo`natib ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad so`ragan edi. Xonning elchisi 
Aminboy Muhammad o`g`li Kalkutta shahrida Lord Norsbruk bilan muzokaralar olib boradi. 
Ammo Angliya Xivaga yordam ko`rsata olmaydi, u Russiya bilan aloqani buzishni 
xohlamasdi.


202 
Xiva endi o`z kuchi va imkoniyatiga qarab ish ko`rishi lozim edi. Xonlikning 
qo`shinida hammasi bo`lib 27 eski zambarak 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat 
qo`shin, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi.
Xiva xoni masalani tinch yo`l bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy 
kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va dushman istilochilarga qarshi o`zining 
lashkarboshilarini safarbar qiladi.
Matmurod devonbegi, Mahmud Yasovul boshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va 
Bobomehtar rahbarligidagi o`zbek va turkman (yovmat) yigitlari rus qo`shinlari hujumini 
qaytarish uchun ikki guruhga bo`linib yo`lga to`shadilar. 
Xivaga yurish 1873 yil may oyida boshlanadi. Muhammad Yusufbek Bayoniy 
“Shajarayi Xorazmshohiy” asarida bunday yozadi: 
“...Rossiya davlati mundin burun besh martaba Xorazm yo`lida tashnalikdan qirilib, ba`zilari 
Xorazmga borib urushib qirilib, hanuzgachaaslo zafar topa olg`onlari yo`q erdi. Bas, 
imperator a`zam bu bobda tamom arqoni davlati bilan maslahat etib, ul tarafga bormoqqa 
qaysi yo`l yaxshiroq ekanini ham bilmay, lojaram (chorasiz-mualliflar) Xorazm ustiga to`rt 
tarafdan askar yubormoqni iltimos etadilar (lozim ko`rmoq-mualliflar)”. 
General Kaufman Turkiston lashkari bilan ikkinchisi Kavkaz qo`shinlari, uchinchisi 
general Verevkin boshliq Orenburg lashkari va to`rtinchisi Lomakin rahbarligidagi jami 12 
ming kishidan iborat yaxshi qurollangan qo`shin Xorazm ustiga yuradi. Kaufmanga umumiy 
qo`mondonlik topshiriladi. Rus qo`shini Turkiston qo`shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 
to`p) general Kaufman, Orenburg otryadiga polkovnik Lomakin (12 rota, 800 kazaq 8 to`p) 
qo`mondondan bo`lib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyoriga berilgan edi. Imperator Aleksandr II 
Xiva yurishiga katta e`tibor beradi. Xatto, aytish joizki, imperator oilasining a`zolari-buyuk 
knyazlar Xiva sari yurishda bevosita qatnashadilar. Nikolay Kanstantin, Yevgeniy 
Romanovlar va Gertsog Leytenbergskiy kabi oliy zotlarning harbiy qismlarga qo`mondon 
qilib tayinlangani ham Rossiyaning Xiva istilosiga katta e`tibor berganini ko`rsatadi. 
Amudaryodan o`tib, Muhammad Rahimxon II (Feruz) boshliq xonlikning shahar va 
qishloqlarini birin-ketin egallay boshlaydi. Turkiston xalqlarining qonxo`r jallodi chor 
generali
M.D.Skobelev 1864 yilda bosh ko`targan polyak 
vatanparvarlarining isyonini bostirishda ko`rsatgan xizmatlari 
uchun 4-darajali nishoni bilan taqdirlangan bo`lib, Hiva yurishi 
boshlanishidan oldin: «Bu gal albatta Georgiy Kresti olaman!» 
deb o`rtoqlariga maqtangan ekan. Rus qo`shinlariga qarshilik 
ko`rsatgan 
Ho`jayli 
shahri, 
Mang`it 
qishlog`i 
ko`ltepagaaylantiriladi. Janglarda ruslardan bir kapitan, sakkiz 
askar o`lgani, o`n kishi turli darajada jarohatlangani qayd etilgan. 
“Dushman nihoyatda katta talofat ko`radi”-deb yozilgan rus 
qarorgohi hujjatlarida. 
«Xotunlar ham chap qo’lida bolasi va ung qo’lida 
tig’

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish