O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

K.P. Kaufman
niqoblash maqsadida bir guruh mahalliy 
sotqin tabaqa 
vakillarini O’rta hukumat bilan kelishgan holda Peterburgga 
yuborishga qaror qiladi. Bu vakillar asosan rus davlatiga sodiq, rus 
qo`shinlariga har tomonlama yordam ber
 
gan kishilardan tashkil topgan edi. Vakillar ro`yxatiga Shayx-ul-Islom Nosir mulla 
Isoq (Turkiston shahridan), Qozi Mirza Talashpan (Chimkentdan), oqsoqol Amin Suni 
Shayxov (Iqon qishlog`idan), Duglat qabilasining biyi mayor Xudoybergan (Avliyootadan), 
qora qirg`iz qabilasining biyi Baytiq Kanap (Avliyootadan), Saidazimboy Muhammadboev 
(Toshkentdan), Eshonxon Imomxonov (Toshkentdan), qozikalon Yusufho`jaAbdullaho`jaev 
(Ho`janddan), oqsoqol Abduqaffor Sarimsoqov (Jizzaxdan) va boshqalar kiritilgan edilar. 
1867 yil mart oyida Peterburgga yetib kelgan Turkiston vakillarini eng oliy darajada izzat-
ikrom bilan kutib olinadi. Ular tuzilgan rejagaasosan hukumat nozirliklarida, saltanat 
saroyida, Ermitajda, xalq kutubxonasida, muzeylarda, fanlar Akademiyasida, zoologiya 
bog`ida; Petropavlovsk qal`asida, fabrika va zavodlarda, savdo birjasi, magazinlarda, teatr va 
tsirkda, kasalxonalarda, saltanat bog`ida (Tsarskoye selo) va boshqa diqqatga sazovor 
joylarda bo`ladilar. Bunday “mehmondo`stlik” ning bosh maqsadi Rossiya davlatining 
qudratini namoyish qilishdan iborat edi. Turkiston vakillarini hatto podsho Aleksandr II ning 
o`zi qabul qiladi. Ular “oliy hazratga” go`yo Turkiston aholisining rus davlati tobeligiga 
olinganligidan baxtiyorligini, mangu sodiqligini izhor etuvchi maktubni topshirganlar. Bu 
maktubga Toshkent, Turkiston, Ho`jand, Chimkent va boshqa joylarning kattalaridan 59 kishi 
imzo chekishga majbur bo’lgan edilar.
Ana shu tariqa chor ma`murlari Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi aholi 
go`yo o`z ixtiyori va istagi bilan rus davlati fuqaroligiga 
“o`tgan”ligini jahonga namoyish qilishga uringan edi. Turkistonda 
esa qonli va qirg`inbarot urushni davom ettiradi. Jumladan 1867 yil 
7 iyunda rus askarlari Jizzax va Samarqand o`rtasida joylashgan 
Yangiqo`rg`onda 25 ming kishilik Buxoro qo`shini va xalq 
ko`ngillarini tor-mor keltiradi. 
1868 yil 1 mayda Samarqand ostonasidagi Cho`ponota 
tepaligida shiddatli va beayov jang bo`ladi. 2 mayda Samarqand 
shahri taslim bo`lishdan o`zga chorani topmaydi. Buxoro amiri 
Muzaffarxon bu xabarni eshitgach, shu darajada dahshatga tushdiki, 
jahl ustida bu “shum xabar”ni keltirgan xabarchini osib o`ldirishga 
farmon beradi. Amirning chorasiz va ilojsiz vasvasasi asta-sekin 
yig`igaaylanadi. U “xudo meni Samarqanddan maxhum qilgandan ko`ra jonimni olgani 
yaxshi edi”, deb oh-fig`on chekadi. Chunki Sohibqiron Amir Temurning poytaxtini 


199 
g`ayridinlar bosib olishi juda katta yo`qotish ediki, bu voqea butun islom dunyosida kuchli 
aks sado berdi. Amir Muzaffarning xalqi o`rtasida obro`si tushib

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish