201
vassaligaaylanib, mamlakat Rossiya saltanati qaramligidagi
yurtga-yarim mustamlaka
ahvoliga tushib qoladi.
Rossiyaning hukmron doiralari Turkiston general-gubernatorligini o`zining O`rta
Osiyodagi harbiy rejalarini amalga oshirish uchun tayanch markazigaaylantirib, bu safar istilo
tig`ini Xiva xonligini to`la bo`ysundirishga qaratdilar. Ular Pyotr I vasiyatini sira unutmagan
edilar. 1717 yilgi Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining halokati va 1839 yilda Perovskiy
yurishining barbod bo`lganligi rus generallarining hotirasidan chiqmagan edi. Pyotr I ning
bosqinchilik rejasini to`laamalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini poyoniga
yetkazishgach, istilochilar Xiva xonligiga ko`z tika boshlaydilar.
Fon Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan ham yakkalab qo`yish choralarini
ko`radi. U Buxoro amiri va Qo`qon xoniga tahdidli maktublar yo`llab, ularni Xivaga yordam
bermaslikka chaqiradi. Masalan, uning 1873 yil 4 martda Qo`qon
xoni Xudoyorxonga
yo`llagan xatida shunday deyilgan edi: “O`zimga ishonib topshirilgan qo`shinlar bilan Jizzax
ustidan, Buxoroning shimoliy hududlari orqali o`taman. Sizning dono harakatlaringizdan
o`rnak olmay, Rossiya bilan do`stona munosabatlar o`rnatilishiga qarshi turgan Xiva xonini
jazolash uchun yo`lga tushmoqdaman”.
Buxoro amiri Muzaffarning Kaufmanga yozgan javob xatida ruslarga sodiqlik ruhi
o`rmalab turadi: “Elchingiz, statmaslahatchi Struve Rossiyaning Xiva bilan aloqasini batafsil
gapirdi. Men bunday do`stlikni ifodalovchi xabarning ma`lum qilinishidan nihoyatda hursand
bo`ldim. Albatta, o`rtamizdagi do`stona munosabatlar sizning do`stingiz-bizning do`stimiz va
sizning dushmaningiz-bizning dushmanimiz bo`lishini taqozo qiladi.
Men yaxshi
tushunamanki, agar Xiva Rossiya bilan to`g`ri munosabatda bo`lmasa, u vaqtda unga qarshi
qurol ishlatishiga to`g`ri keladi. Bunday hol yuz bersa, men imkoni boricha o`z yordamimni
amalda ko`rsatishga tayyorman.
Sizning elchingiz bizga shuni tushuntirdiki, Oq podshoning yerlaridan
Xivaga uch tarafdan
yo`l boradi: ulardan biri Kaspiy dengizidan, ikkinchisi-Qozilidan, uchinchisi Oq podshoning
ixtiyoridagi bizning yerimiz Amudaryodan o`tadi. Sizga batafsil javobni state-maslahatchi
Struve orqali yuborayotirman. Sodiq do`st va qo`shni sifatida
sizdan iltimos qilamanki,
menga o`z fikringiz va Harbiy yurish vaqtini oldinroq ma`lum qilingki, fuqarolarimizni
hotirjam qilish va sizga ishonchli kishilarimni yuborish imkoni tug`ilsin”.
Shunga qaramay, harbiy ta`lim olgan, bosh shtab akademiyasini bitirib, boy nazariy va
jangovor malaka hosil qilgan rus generallari va zobitlari ixtiyorida eng zamonaviy to`p, raketa
otuvchi moslamalar, pulemyotlar bo`lsa ham, ular erksevar va ikki bor rus qo`shinlarini
mag`lub qilgan Xivadan baribir xayiqishgan.
Chor hukumati Knyaz Bekovish-Cherkasskiy alamini
olish va podsho Pyetr I
armonlarini ro`yobga chiqarish maqsadi bilan Xiva xonligiga qarshi urushga alohida
tayyorgarlik ko`radi.
Chor hukumati Xivaga qarshi yurish uchun turli hildagi ig`vogarlik va bahonalarni
izlaydi. 1870 yil 18 yanvarda general Kaufman Xiva xoniga bunday xat yozadi: «Men sizga
uch marta xat yozib birortasiga ham javob olmadim. Buning ustiga mening so`nggi
elchilarimni ham uchlab qolgansiz. Bunday harakatlarga ortiqcha chidab bo`lmaydi. Ikkitadan
bittasiga-yoki
aytganlarimga
ko`nasiz-do`st
bo`lib
qolamiz
yoki
aytganlarimizga
ko`nmasangiz dushman bo`lib qolamiz».
1872 yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Petyerburgda Turkiston Orenburg
general-gubernatorlari va Kavkazdagi poshdo noiblari ishtirokidagi
mahfiy kengashda Xiva
xonligini bosib olishga qaror qilinadi. Generallar rejasiga ko`ra Turkiston general-
gubernatorligiga qarashli kuchlar sharqdan, Orenburg gubernatori va Kavkaz noibligi
ixtiyoridagi harbiy kuchlar esa g`arbdan va shimoliy g`arbdan Xiva
ustiga yurishlari kerak
edi. Rossiyaning tajovuzkorona niyati Xiva xoni va uning oliy mansabdorlariga sir emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: