4- mavzu Janubiy Orol boyi halqlari chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida



Download 30,36 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi30,36 Kb.
#347663
Bog'liq
4 (1)


4- mavzu Janubiy Orol boyi halqlari chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida (1873-1990 yy.)
Reja

1. Qoraqalpog’iston hududlarin chor Rossiyasining bosib olishi

2. Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati

3. X1X asr okiri - XX asr boshidagi xalq qo’zg’alonlari


1872 yil oxirlarida Rossiya imperiyasi xarbiy vaziri boshchiligida Peterburgda Turkiston va Orenburg general-gubernatorlari, Kavkazdagi podsho noibi ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi.

Turkiston qo’shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 tup) general Kaufman, Orenburg otryadiga (15 rota, 600 kazak, 8 tup) general Verevkin, Mangkishlok otryadiga (12 rota, 800 kazak, 8 tup) polkovnik Lomakin qomondon bo’lib, Orol flotiliyasi hamda ular ixtiyoriga berilgan edi. Xammasi bo’lib Rossiya qo’shini 12 ming askar edi. Xiva xonligi qo’shinida hammasi bo’lib 27 eski zambarak, 2 ming otlik askar, 4 ming navkar bo’lib, ular asosan poytaxtda jamlangan edi.

Istilochilar qo’shini uch yo’nalish bo’yicha Xiva xonligi ustiga bostirib keldi. Rus askarlari generallar Kaufman va Golovachevlar qomondonligi ostida Toshkent tarafdan, ikkinchi yo’nalishdagilar general Verevkin va uchinchi yo’nalishdagilar polkovnik Lomakin qomondonligida Kaspiy dengizi tarafdan Xiva tomon kirib keldi.

General Verevkin qomondonligidagi Orenburg otryadi Qung’irotga yaqinlashganda shaxar hokimlari tezlik bilan dushman to’dalarining paydo bo’lganligi to’g’risida Xivaga chopar yo’lladilar va vaqtdan yutish maqsadida ruslar huzuriga ham elchi jo’natishdi. General Verevkin qo’ng’irotlilarning vakili bilan uchrashib, uning takliflarini eshitdi. Muzokaralar olib borilib, masalani tinch yo’l bilan xal qilishni istamadi va shaxarga hujum boshlash xaqida buyruq berdi.

Qo’ng’irot xalqi Sayid biy va Tojimurod biy raxbarligida shaxar qo’ldan ketganda ham kurashni davom ettirishga qaror qildilar. Shaxar tashqarisidagi yo‘llarda dushmanga xujumlar uyushtirib, ularni o’qqa tutdilar. Verevkin qo’shini esa talofotlar berib, Xo’jayli va Mang’it qal`alarini ishg’ol qildi. Odam qirilgan, Uch achak, Xolota elatlarida, Xo’jayli, Xazarasp, Gurlen qal`alarida qattik jang bo’lgan.

Rossiya qo’shinlari yo’lda uchragan xar bir shaxar va qishlokni talab, uylarga o’t qo’yib, kirg’in-barot uyushtirdilar. Bosqinchilar Mangit qal`asini talon-taroj etganini Muhammad Yusuf Bayani quyida bayon etadi: “Mangitda qirg’in jang bo’ldi. Verevkinning buyrug’i bilan erkaklar, xotin-qizlar, chollar va bolalar qirib tashlandi. Beshiktagi narastalar chirqirab yig’laganicha qoldi. Qal`a yer bilan yakson qilindi va o’t qo’yildi”. Odamlar erlangan avlieni mang’itliklar “Ming yarim shoxid mozori” deb ataydi.

1873 yili 29 may kuni Xivaga g’olibina kirib kelgan Turkiston, Orenburg, Kavkaz qo’shinlari talon-tarojga kirishdilar. Xon saroyida oliy hukmdorlarning taxti, bebaxo oltin-kumush buyumlari, turli-tuman qimmatli matolar va nodir qo’lyozma asarlar Peterburgga, podshox saroyiga o’lja sifatida olib ketildi.

General Kaufman topshirig’iga ko’ra sharqshunos A.L.Kun Xiva saroyidan 300 qo’lyozma, 18 qur`on, 50 darslik kitoblarni musodara qilgan . Xivalik ustalar kandakorlik san`atining eng yuksak namunasi – Qo’ng’irot sulolasi xonlari taxti bebaxo o’lja bo’ldi. 1874 yili Xiva xonlari taxti qurol-aslaxa Palatasiga topshirildi.

Rossiya qo’shinlarining Xiva xonligini tez orada bosib olgan sababi quyidagilar: Birinchidan Xiva saroyida ikki gurux paydo bo’ldi - 1-gurux Rossiya bilan jang qilish tarafdori, 2-gurux savdogarlar guruxi, Rossiyaga bo’ysunish va kapitalizmga o’tish guruxi. Ikkinchi sababi, Xiva xonligi xalqaro maydonda yakka qoldi. Buyuk Britaniya o’ziga Afg’onistonni olib, Xivani Rossiya talon-tarojiga qoldirdi. Uchinchi sabab, aholi noroziligidir. Qoraqalpoqlar va orollik o’zbeklar Rossiya Orol flotiliyasining Qungirotga yurishiga erdam berdi. Seytg’azi biy general Verevkin bilan flotiliya kapitani Sitnikov oralarida aloqani ta`minlagan. Erejep og’a biy Kafumandan barcha qoraqalpoqlarni Rossiya fuqaroligiga o’tkizishni iltimos qilgan.

1873 yili 12 iyunda general Kaufman va Muhammad Raxim xon Gendimian shartnomasiga qo’l qo’yishdilar. Davlat boshqaruvida Xon raisligida kengash tashkil topib, tarkibiga uchta xiva fuqarosi va uchta rossiya fuqarosi kirgan. Lekin 2 oydan keyin bu kengash o’z faoliyatini tugatdi.

Gendimian shartnomasi 18 banddan iborat bo’lib, Xiva xoni o’zini Rossiya imperatoriga bo’ysunganini tan oldi. 2-3 bandlarida Amudaryo o’ng tomoni Rossiya tarkibiga o’tilishi tasdiqlandi, ya`niy asosiy qoraqalpoq yerlari ikkiga bo’lindi, qoraqalpoqlarning uz-uzini boshqaruv dasturi yo’q qilindi. 18-bandinda Xiva Rossiyaga 2 mln 200 ming rubl` jariyma to’laydigan bo’ldi. Bu jariyma 1901 yili to’lab bo’lindi.

Amudaryo bo’limi daslabki vaqtda Turkiston general-gubernatorligiga tikkalay bo’lindi. O’lka besh viloyatga bo’lindi: Sirdaryo, Farg’ona, Samarkand, Yettisuv, Kaspiyorti. Sirdaryo viloyati quyidagi tumanlarga bo’lingan: Toshkent, Avliyo ota, Kozoli, Perovsk, Chimkent. Amudaryo bo’limi ham shu viloyatga bo’ysungan. Amudaryo bo’limi nachal`nigini xalq “hokim to’ra” deb atagan.

Turmush tarziga ko’ra rus amaldorlari barcha axolini ikkiga: “qirgizlar” (kuchmanchi) va “sartlarga” (o’trok axoli) bo’lishgan.

Xiva xonligida esa siyosiy nazorat gubernator vakolatiga ega bo’lgan Amudaryo bo’limi boshlig’i tomonidan amalga oshirilgan. Muhammad Raximxon II (1865-1910) mustaqil bo’lishga intilgan. Zukko davlat arbobi va ma`rifatparvar inson bo’lgan, xalq o’rtasida Feruz shoir sifatida shuxrat qozongan. XX asr boshida Xiva xonligida 640 mingdan ko’prok kishi yashagan. Amudaryo bo’limida esa 192312 kishi yashagan. Devonbegi Matniyazning bog’ida Petro-Aleksandrovsk qo’rg’oni avgust-sentyabr oylarida 16 kun ichida qurib bitildi. 1913 yili qal`ada 7200 kishi yashagan. Amudaryo bo’limi Chimboy va Sho’roxon uezdlaridan iborat bo’lgan. XIX asr 70-yillarida Amudaryo bo’limiga 2 ming urallik kazaklar ko’chirib keltirilgan. Rossiyaning mustamlaka siyosati asosida ruslashtirish g’oyasi turgan edi. 1882-1884 yillari Turkiston general-gubernatori bo’lgan M.G.Chernyaevdan shveytsariyalik Genrix Mozer “turkistonliklarni ruslashtirishni qachon oxiriga etkazasiz?” degan savol beribdi. U “maxalliy axoli rus arog’i va tamakisiga o’rganib bo’lgandan keyin” deb javob bergan.

Rossiya Amudaryo bo’limini qisqa muddatda o’z sanoati uchun xom ashyo manbaiga aylantirdi. Payxta maydoni 3 barobarga o’sdi. Metropoliyaning iqtisodiy siyosati Amudaryo bo’limini xom ashyo bazasiga aylantirish, uni rus mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turish va tabiiy boyliklarni markazga tashib ketishga qaratilgan edi. Amudaryo bo’limida fabrika-zavod sanoatining asosini paxta tozalash korxonalari tashkil etgani tasodifiy emas. Bo’limda “amerixoni” navli paxtani katta maydonlarda ektirishdilar.

Rossiya imperiyasi istilo qilganidan keyin maxalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun “Turkiston o’lkasini boshqarish xaqidagi” Nizomni joriy etdi. Nizom o’lkada maxalliy axolining insoniy va siyosiy huquqlarining rasman poymol etilishiga olib keldi. “Barcha ruslar,-deb aytgan edi tarixchi G.Safarov,- Turkistonning tub axolisi odamlar emas, balki ursa, talasa, zo’rlasa mumkin bo’lgan ish hayvonlaridir, degan ruxda yashagan va tarbiyalangan”. Musulmonlarning juma nomozlarida podshoning nomini xutbaga qo’yib o’qimoq amr qilindi. Sufi Olloyorning “Chaxor kitobi” asaridagi “azobi kabr kofirlargadir” iboralarini yo’qotib, yangi bosiladirgon kitoblarda bu so’zlarni chiqarishdek farmoyishlar qildilar. Ko’chadan pristav o’tib qolsa, beixtiyor ko’rmay qolgan va o’rnidan turmagan musulmonlar bo’lsa, qaytib kelib urdilar.

Saylovlarda rus elementini musulmonlar soni bosib ketmasligi choralari ko’rildi. 1905 yilgi saylov qonuniga ko’ra, barcha xotin-qizlar, 25 yoshdan kichiklar, xarbiy xizmatchi, o’quvchilar savlov huquqligidan maxrum qilindi.

Chimboy uchastkasi Tallik volostining Kopak-kul degan joyda ma`muriyat vakili - oqsolni qayta saylash jaryonida g’alayon ko’tarildi. Ammo u kazaklar tomonidan bostirildi. 1899 yil 28 martda tergov, qidirish, qamoqqa olish ishlari boshlandi. Dexqonlar xibsga olinib Petro-Aleksandrovskga jo’natildi. Sho’raxon uchastkasi Biybozor volostida va Chimboy uchastkasi Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo Kurlan boshchiligidagi xalq qo’zg’aloni jiddiy tus olib, qariyb o’n yil (1881-1891) davom etdi.

Dexqonlar tez-tez soliq to’lashdan bosh tortib turganligi natijasida boqimandalar 1889 yili bo’lim bo’yicha 12 818 rublni, 1896 yili esa 16 723 rublni tashkil etdi. Dexqonlarning qarzlardan ozod etish xaqidagi iltijolari qoniqtirilmadi. 1900 yili mart oyida Nukus volostida shu sabab dexqonlar bilan qishloq ma`muriyati o’rtasida to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Dexqonlar o’tov boshiga olinadigan soliqni to’lashdan bosh tortib, ovul oqsoqoli bilan qozini tutib, ularning lavozimlik belgilarini, muxrlarini tortib olishdi. Chap qirg’oqdagi qoraqalpoqlar ham zolimlarga qarshi bosh ko’tardilar. 1900 yili Qo’ng’irot bekligida yashovchi qoraqalpoqlar sug’orish inshootlarini (Lavzon kanalini) tozalash majburiyatini bajarishdan bosh tortdilar.

Aslida “Mardikorlar qo’zg’aloni” deb atalmish 1916 yildagi milliy-ozodlik qo’zg’alonida qurbonlar benixoya katta bo’lgan, milliondan ziyod kishi xalok bo’lgan. Turkiston axolisidan 673 ming kishi o’ldirilgan, 300 mingdan ortik axoli xorijga chiqib ketgan.

1916 yili 24 iyulda Sho’raxon javbxasi Turtkul bo’limi Saxtian jamoasi ayollari bo’lis boshkaruvchisi Kozokbay Abdikarimboevdan front arkasi ishchilarining ro’yxatini va o’z erlarini va o’g’illarini mardikorlikdan ozod qilishni talab qilib chiqdilar. Bunday chiqish 26 iyulda Xo’jayor jamoasida ham yuz berdi. Bulislikning barcha qishloqlaridan 200-300 ayol o’z bolalari bilan To’rtkulga kelib, soldatlarga tashlandilar. Kazak soqchi komandasi ayollarni tarqatib yubordi va ulardan bir nechtasini qamoqqa oldi.

1916 yili 29 iyulda Saribiy belisi axolisi (1 ming odam chamasi. ichida ko’pgina ayollar bor) bolta, pichoq, kaltaklar bilan qurollonib Sho’raxon uchastkasi Saribiy bulisligi boshqarmasiga yo’l oldi. Axolining talablariga bulis boshqaruvchisi qo’rs javob beradi. Gazablangan xalq bulis boshqaruvchisi Sodiq Boyakov va unga qarashli uchta oqsoqolni o’ldiradi. Shundan so’ng ular Amudaryo bo’limi boshlig’iga o’z talablarini bildirish maqsadida Petro-Aleksandrovska yo’l oladi, lekin isyonni bostirish uchun soldatlarning kelib yetganini eshitgan qo’zg’alonchilar uylariga tarqalib ketadi. Bo’riboy Salmanov, Olloniyoz Xudoynazarov, Davlet Eshimbetov, Jabbor Kushik, Sulton Jabborbergenovalar qo’zg’alonning faol qatnashchilari edi. Avez To’ti Orazbeygamovaning nomi xanuz xalq xotirasida.

Shuraxon uchastkasi boshqa bo’limlarida ham g’alayonlar bo’lib o’tdi. 1916 yil 29 iyulda Turtkul bulisi Saxtian, Xujayor va Turtkul jamoalari axolisi bulis yig’iniga qatnashishdan bosh tortib, bulis boshqaruvchisiga vakillarini jo’natishadi. O’zlarining talablarini qondirishga erisholmagan isyonchilar bulis boshqaruvchisi idorasini ag’dar-to’ntar qiladi va otliq askarlar kazarmasidan soldatlar yetib kelgandan so’ngina orqaga qaytadi.

Chimboy uchastkasi Beshyab bulisi axolisi ham qo’zg’alon domiga tortildi. 1916 yil 27 iyulda ularga Eshim bulisligi birinchi va ikkinchi ovullari, keyin Yangibozor va Nukus bulislari, 29 iyulda esa Chimboy shaxri ham qo’shildi.

1916 yil 29 iyul kuni Chimboy isyonchilari qo’liga tushgan narsa bilan qurollanib, pristav idorasiga yo’l oladi. Politsiya pristavi xalq arzlariga rad javobini beradi va vakillardan birini yarador qiladi. Darg’azab chimboyliklar pristav idorasiga xujum qilib, podsho portretlarini yoqadilar, pristav Maeljanyatsni o’ldiradilar va uning yaqinlarini kaltaklaydilar. Ammo isyonchilar kazaklar tomonidan tarqatilib yuboriladi. Bu qo’zg’alonda Jumon Mametkulov, Salima mullo Shalimova, Gulzoda Tongirbergenova, Oygul Mambetova, Shamurod Sagatbaev va boshqa ko’plab kishilar faol ishtirok etdi.

Chimboy qo’zg’aloni baliqchilar orasida ham kuchli g’alayonlarga sabab bo’ldi. 1916 yil 4 avgustda Muynoqda g’alayonlar boshlandi. Baliqchilar ovchilik xo’jayniga xujum qildi, uning mol-mulkini yakson qilib, gidrometrik postni egalladi. Muynoq baliqchilari ketidan Urga ovchiligi baliqchilari ko’tarildi. Muynoq va Urga baliq ovchiliklarini qo’riqlash uchun 4-Sibir` ukchi polki jo’natildi.

Chor ma`murlari xarbiy kuch ishlatibgina qo’zg’alonni bostirishga erishdilar. 103 nafar qo’zg’alon ishtirokchisi, shu jumladan, 18 ayol qamoqxonaga tashlandi. Xarbiy tribunal qo’zg’alon raxbarlarining bir qismini osib o’ldirishga, qolganlarini esa Sibir`ga surgun qilish bilan turli muddatlarga qamoq jazosiga xukm qildi.

Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan qoraqalpoqlar milliy turmush va madaniyatini saqlab qola oldi. Ularning makanlari yer va suv sharoyitiga mos shakllandi. Turar joylari xavfli, loyli joy, qora uy bo’lib, ularni qurish uchun tuproq, oq terak,oq tol, qamish, turang’il qo’llanilgan. El o’rtasida masjid-madrasalar qurilgan, tegirmon, juuaz, quduqlar, to’y o’tkazadigan dalanlik ovuldan chetda bo’lgan. XIX asrda turar joylar tosh chirak bilan yaktilanib, ularga o’simlik moyin paydolangan. Rossiya tarkibida temir pechlar ko’paygan, mo’rili chiraklar, kerosin lampalar paydolanilgan.

Qoraqalpoqlarda nikoh urug’ ichidan emas, boshqa urug’dan (ekzogamiya) bo’lgan. Nikohlashish aklay quda (tug’ilmagan bolaning ota-onasi o’z-aro vadalashadi), jaslay kuda (oyttirib oladi) orqali bo’lgan. Kiyov vafot etsa yangasi qaynisiga yoki qaynog’asiga turmushga chiqadi. Qiz olib qochish dasturi ham bo’lgan. Qizni ko’p odamlar ayttirib kelgan, lekin masala qiz kelishimi bilan xal qilingan. Nikohda kelishilsa “kalin mal” berilgan. Uzatilgan qiz ko’rpa-to’shak, arsha, qozon-tavoq, kiyim-kechaklarni “kalin mal” xisobidan olgan. Uzatilgan qizga bag’ishlab otau o’rnatilgan. Xonadonning kichik xonadon, katta xonadon degan turlari bo’lgan. Nikoh marosimida guvohlar ishtirok etgan Mulla kumush tiyin solingan nikoh suvi bor kosaning bir chetidan kiyovga, bir chetidan qizga ichirgan.

Qoraqalpoq kiyimlarida insonning yo’shi, kasbi, moddiy jihatligi, uylangani, turmushga chiqqan yoki chiqmagani ifodalangan. Qoraqalpoqlar paxta, jun, ipakdan to’qilgan gazlamadan, qo’y-echki, ot terilaridan ishlangan kiyimlar kiygan. Katta xotinlar qizil rangdagi libos kiygan “betining qizili ketsa ham ipak libos yopib yuripdi deb xalq o’ylagan. Erkaklarning kiyimi po’stin, chapon, shekpen, beshpent bo’lgan, toxiya, doppi, shogirme, degeley kiygan. Qoraqalpoq qizlari yoshligidan uyning ichki ishlariga, milliy hunarga o’rgatilgan, naqshsiz kiyim kiymagan, xaykal, onir mo’nchok, tugma, bilakuzuksiz yurmagan. Uzatilgan qiz saukele kiygan.

Qoraqalpoqlarda tabibchilik rivojlangan. Tabibler tomir ushlab kasallikning turlarini aniklagan. Ular siniqchi, porxan, tabib, shershi bo’lib bo’lingan. Ayozlagan odamlarga yontoq, tarvuz, anor, jiyda suvlarini ichkizgan,qum va tuzga tushirgan. Isiriq tutatgan. Ko’z tiygan kasalliklarga odamlarga, molga, turar joylarga qo’chqor muyizin, burich, piyoz qistirgan. Baliq va tovuq bilan kaktirgan.

Qoraqalpoqlarda bir kun tuz totgan yerge qirq kun salom ber deb ovqat qadrini yuqori baholagan. Jismoniy tarbiya sohasida yugurish, tosh ko’tarish, arqon tortish, jorga suriu, baygige ot yuborish, atkonshek, ak suyek, kasharman tup, shullik uyinlari bulgan. Geshtek, ziyapotlar, aga biy otirispagi o’tkizilgan. Sunnat to’y, kurbon xayt, navro’z bayramlari o’tkazilgan.

XX asr boshida Amudaryo bo’limida 58 madrasa bo’lgan. Qaraqum ishan madrasasi, Tas madrasa yirik madrasalardan xisoblangan.1907 yili Petro-Aleksandrovsk, Xo’jayli, Qo’ng’irot qal`alarida “yangi usul” maktabi tashkil etilgan. 1917 yil arafasida savodsizlik darajasi 10-15 foyiz bo’lgan.

Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibidagi Amudaryo bo’limi hududida yashovchi qoraqalpoqlar san`ati mustamlaka sharoitida yashovchanligini ko’rsatdi. “Qoraqalpoqlar xotirasida, - deb yozgan edi qozoq elshunosi Ch.Valixanov,- minglab xikoyalar, qissalar, qo’shiklar saqlangan”. Ularning chichda eng mashxuri “Alpomish”, “Koblan”, “Edige”, “Shariyor”, “Ershuro”, “Qirq-qiz” dostonlari bo’lgan. Ularning ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar favqulotda shoirona qobiliyatga ega bo’lishgan. Ular tufayli uzoq o’tmishdagi xalq og’zaki ijodi namunalari avloddan-avlodga o’tib, bizgacha yetib kelgan.

Jirovlar shajarasining ildizi uzoq o’tmishga borib taqaladi. XV asrda Soppasli Sipira jirov katta shuxrat qozondi, XVIII-XIX asrlarda esa Jiyan jirov, Shonkay jirovlar nom chiqardi. Bir necha baxshilar maktablari, shu jumladan G’aribniyoz baxshi, Akimbet baxshi, Kushim baxshi, Musa baxshi va hokazo maktablar faoliyat ko’rsatgan.

Xalq turmushi mexnat faoliyati, dasturlari, urf-odatlari bilan chambarchas bog’lik bo’lgan to’y qo’shiqlari, yig’i ashulalari (yo’qlash, marsiya, xayrlashish), bolalar va “davolash” (badik) qo’shiqlari va boshqalar qoraqalpoqlarning she`riy va musiqiy ijodiyotining tarkibiy qismini tashkil etgan.

Maqol-matallar xalq donishmandligining yig’indisi, xalq iste`dodining yorqin namunasi bo’lib kelgan. Qoraqalpoqlarda jumboqlar, zukkolik musobaqalari (javob aytish) va xalq ijodining boshqa ko’pgina turlari keng tarqalgan.

Qoraqalpoqlar boshqa turkiyzibon xalqlar bilan bir qatorda qadimiy umumturk yozma yodgorliklarini (qadimiy urxun-enisey yozuvlari, VII-VIII asrlar), Maxmud Koshg’ariyning “Devoni lug’ati turk” (XI asr), “Kodeks Kumanikus” (XIII asrdagi qipchoqlar tili lug’ati), “Og’uznoma” qabilarni meros qilib olgan.

Qoraqalpoqlarning o’z xayoti va mustaqilligi uchun sabot-matonat bilan olib borgan kurashi jarayonida Jiyan jirov, Kunxo’ja, Ajiniyoz, Berdax, Utesh kabi ajoyib xalq shoirlari yetishib chiqdi.

Qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyandasi, shoir va jirov Jiyan Jungor xonining va boshqa xonlarning shafqatsiz siyosatini “Xonavayron xalq” poemasi misolida fosh qildi. XIX asrdagi barcha taraqqiyparvar qoraqalpoq shoirlari Jiyan jirovni qoraqalpoq she`riyatining otasi deb tan oldilar.

Mashxur shoir Kunxo’ja (Jiyamurod) ham (1799-1880) o’z asarlarida (“Cho’ponlar”, “Urokchilar”, “Oq qamish”, Umitpaspan” va boshqa) zaxmatkash xalqning og’ir axvolini aks ettirib, qoraqalpoq jamiyatidagi chuqur ijtimoiy qarama-qarshiliklarning moxiyatini ochib berdi. XIX asrda yashab o’tgan qoraqalpoq shoirlari Ajiniyoz va Berdax ijodiyoti xozirda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ajiniyoz Kosiboy o’g’li (1824-1878) qoraqalpoq adabiyotining yana bir yirik va o’ziga xos ijodiy siymosidir. U Xiva madrasasida ta`lim olgan, tarix va xalq og’zaki ijodini yaxshi bilgan, Sharq lirikasi bilan tanish bo’lgan. Shoir asarlarida lirik mavzular bilan bir qatorda ijtimoiy mavzular o’rin tutadi. Uning mashxur “Buzatov” poemasi qoraqalpoq xalqining og’ir xayotini aks ettirgan ahamiyatli tarixiy manba bo’lib xisoblanadi.

Berdax (Berdimurod) Kargabay o’g’li (1827-1900) qoraqalpoq mumtoz adabiyotining eng yorqin namoyandasidir. O’zining ko’pgina lirik asarlarida, poemalarida Berdax XIX asrdagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy xayotini xar taraflama aks ettirdi. Shoir-demokrat sifatida u o’z davridagi voqealarga va ijtimoiy munosabatlarga adolat va vatanparvarlik nuqtai nazaridan baho berdi. Berdax o’z asarlarida jamiyatning ilg’or kishilarini xalq baxt-saodati uchun kurashga chorladi, ko’pgina o’tmish voqealariga jiddiy fikr bildirdi. Berdax “Amangeldi”, “Aydos baba”, “Ernazar biy” kabi asarlarni yozgan. Uning “Shejire” asari tarixiy manba xisobalanadi. Shu boisdan ham tarixchilarning birortasi Berdax ijodiyotini chetlab o’tmaydi.

Utesh Alshinboy o’gli (1828-1902) nisbatan unchalik ko’p bo’lmagan meros qoldirgan. Lekin uning zolimlarga qarshi, jafokash mazlumlarni ximoya qilishga qaratilgan xajviy asarlari (“Sharmanda”, “Uxshar” va x.k.) shoirni XIX asr qoraqalpoq she`riyatining atoqli vakillari safiga ko’tardi.

Adabiyot bilan bir qatorda qoraqalpoq musiqasi ham o’z tarixiga ega. Xalq og’zaki ijodi kabi musiqa avloddan-avlodga og’zaki o’tib kelgan. Musiqa madaniyatining tarqatuvchilari qo’shiqchilar, jirov-baxshilar, so’z ustalari, xalq bastakorlari, sozandalar, oddiy musiqa va qo’shiq ishqibozlari bo’lgan.

Asosiy qoraqalpoq musiqa asboblari: kobiz - kamoncha bilan chalinadigan qadimiy musiqa asbobi bo’lib, u bilan jirovlar qaxramonlik dostonlarni ijro etgan; dutor - baxshilar chaladigan ikki torli musiqa asbobi; boshqalardan aloxida ajralib turadigan shinkobiz - fakat ayollar chaladigan, takrorlanmas ovozga ega asbobdir. Bulardan boshqa surnay va gijjak ham qo’llanilgan.

Amaliy san`at (yog’och o’ymakorligi, kashtado’zlik, gilam to’qish, zargarlik, kunga bosib naqsh solish, applikatsiya va x.k.) qoraqalpoq xalqi ijodiyotining ko’proq rivojlangan serqirra soxasidir. Ayniqsa kashtachilarning rang-barang bo’lib tovlangan kashtalari xotin-qizlarning bayram kiyimlarini bezagan.

Qoraqalpog’istonda zargarlik buyumlari (isirga, bilaguzuk, uzuk, ko’krak takinchoqlari), mexnat qurollari, uy-ro’zg’or anjomlari, shuningdek, qurol-yarog’ (qilich, sovut, kamar va x.k.) ham keng tarkalgan.



Mustamlaka siyosati qoraqalpoq xalqining nafosat tuyg’usini so’ndira olmadi. Uning mexnati va iste`dodi asrlar osha yashab kelayotgan xalq ijodiyoti namunalarida o’z aksini topdi.
Download 30,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish