Chor rossiyasining turkistonni bosib olishi. Chorizm istibdodiga qarshi turkiston xalqlarining milliy ozodlik kurashi. Jadidchilik. 1-mavzu Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligining yuksalishi



Download 73,93 Kb.
bet1/12
Sana24.03.2023
Hajmi73,93 Kb.
#921125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 мавзу сиртқи


2-MAVZU. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGINING YUKSALISHI. IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. TURKISTONNING XONLIKLARGA BO’LINIB KETISHI, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI. CHOR ROSSIYASINING TURKISTONNI BOSIB OLISHI. CHORIZM ISTIBDODIGA QARSHI TURKISTON XALQLARINING MILLIY OZODLIK KURASHI. JADIDCHILIK.


2.1-mavzu Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot

6.1. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat tashkil etilishi. Amir Temurning tashqi siyosati va harbiy yurishlari.


6.2. Amir Temur davlatida ichki hayot.«Temur tuzuklari» va uning ahamiyati.
6.3. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot


Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: insert texnikasi, jamoada ishlash, baliq skeleti, keys stadi.


Tayanch so‘z va iboralar. XIV asr birinchi yarmidagi vaziyat. Yurtni mustaqil qilish zarurati. Amir Temur yoshligi. Siyosat maydoniga chiqishi. Tug‘luq Temur. Ilyosxo‘ja. Amir Husayn. Loy jangi. Sarbadorlar. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. O‘rta Osiyoni birlashtirish. Markazlashgan davlat. “Kuch adolatda” shiori. Iqtisodiyot. Soliq tizimi. Harbiy yurishlar. Temur vafoti. Temuriylar davlatida ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Shohruh. Mirzo Ulug‘bek. Madaniyat. Moddiy madaniyat. Fan. Me’moriy-madaniy obidalar. Ulug‘bek ilmiy merosi. Alisher Navoiy. Z.M.Bobur. “Temur tuzuklari”. Amir Temur shaxsi va uning buyukligi. Buyuk xizmatlari.


1.Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat tashkil etilishi. Amir Temurning tashqi siyosati va harbiy yurishlari.
Amir Temur mo‘g‘ullarga qarshi kurashda Balx hokimi Amir Husayn (asli chingiziylardan) bilan do‘stlashadi va u bilan birga yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. 1365 yilning bahorida Chinoz bilan Toshkent o‘rtasida, Chirchiq daryosi bo‘yida Amir Temur va Amir Husayn qo‘shinlari mo‘g‘ul xoni Ilyosxo‘jaga qarshi jang qiladi. Jangda Ilyosxo‘ja g‘olib chiqdi. Bu jang tarixga “Loy jangi” nomi bilan kirgan.
1370 yilda Amir Temur hokimiyatni qo‘lga kiritgach, davlat boshqaruvini o‘z qo‘lida saqlab, o‘sha davr qoidalariga ko‘ra Chingizxon avlodiga mansub bo‘lgan Suyurg‘atmishni Movarounnahrning xoni qilib qo‘ydi.
1370 yildan boshlab Amir Temurning Movarounnahrning yakka hukmdori sifatidagi faoliyati boshlandi. Shuningdek, qo‘shin sarkardalarining qurultoyi ham Amir Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori, deb e’lon qiladi. Amir Temur dastlabki kunlardanoq mamlakatdagi qabila va guruhlarning manfaatlari to‘laligicha inobatga oldi.
1380-1382 yillarda Amir Temur Xuroson yerlarini bo‘ysundirib, Hirot, Astrobod, Domg‘on, Semnon va Mazandaranlarni qo‘lga kiritdi. U birinchi yirik harbiy yurishlarini Eron, Armaniston, Gurjiston va Iroqqa qaratdi. Eronning janubi-Isfaxonda hukmronlik qilib turgan Muzaffariylar sulolasi, Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilayotgan Elxoniylar taslim bo‘ldilar. Armaniston va Gurjiston ham egallandi.
1398 yilning mayida Afg‘onistonga, so‘ng Hindistonga yurish boshlandi. Avgust oyida Qobul shahri, 15 dekabrda esa Dehli ham egallandi.
1381 yilda Amir Temur Hirotga yurish qilganida kurdlar sulolasi vakili bo‘lgan hukmdor G‘iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik ko‘rsatmagan. 1383 yilda Hirotda qo‘zg‘olon ko‘tarilib, Pir Ali sulolasi tugatilib, sarbadorlar vakili Ali Muayyad hokimiyatni egallagan. Lekin u ham hududlarni Amir Temurga ixtiyoriy ravishda topshirgan.
Buyuk Sohibqiron o‘z saltanati hududlarida tinchlik va osoyishtalik o‘rnatish, bu hududlarni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida urushlar olib bordi.
Amir Temurning Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yillarda) olib borgan jungu-jadallari ham eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan edi.
Buyuk Amir Temur o‘zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1396), yetti yillik (1398-1404) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni, Hindiston, Suriya va Misr yerlarini egallaydi.
Jahongir Amir Temur o‘z faoliyati davomida ko‘p janglar qildi va bu janglar natijasida Qora, Egay va O‘rta Yer dengizlaridan to Hindistonning g‘arbi, Mo‘g‘uliston, Xitoygacha, Urol tog‘lari, Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan hududni zabt etdi.



Download 73,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish