2.Amir Temur davlatida ichki hayot. «Temur tuzuklari» va uning ahamiyati.
Amir Temur markazlashgan davlat tashkil etib, o‘z davlati asoslarini adolat bilan mustahkamladi va “Kuch adolatda” (Rosti-rusti) shioriga doimo amal qildi. Hokimiyatni mustahkamlashda islom diniga tayandi. U mamlakat aholisini 12 toifaga bo‘lib, ularning har biriga nisbatan o‘ziga xos siyosat yurgizdi. Davlatga maxsus xizmat qilganlarga “Suyurg‘ol” sifatida yer-suv va mol-mulk berdi, hamda alohida xizmatlar uchun “Tarxon” yorliqlarini joriy etdi. Bu yorliqlarga ega bo‘lganlar turli soliqlardan ozod etildi. Amir Temur o‘z davlatida oliy hukmdor bo‘lsa-da, o‘zini hech qachon podshoh yoki sulton deb atamay, umrbod amir unvonini saqlab qoldi.
Amir Temur davlat ishlarini yuritishda quyidagi 4 narsaga: Kengash, mashvaratu-maslahat, tadbirkorlik va ehtiyotkorlik (hushyorlik) va qat’iy qarorga doimo amal qildi.
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi
Davlatning ijtimoiy asosi 12 toifaga bo‘lingan
|
Davlat taqdirini
3 narsa hal qiladi
|
Davlatni 7 ta vazir boshqargan
|
Sayyidlar.
Ishbilarmonlar.
Xudojo‘y-darveshlar.
Harbiylar.
Sipoh va raiyat.
Maxsus ishonchli kishilar.
Vazirlar.
Hakim, tabib, munajjim, muhandislar.
Hadischi olimlar.
Hunarmandlar va san’atkorlar
So‘fiylar
Savdogar va sayyohlar
|
Podshoh.
Xazina.
Askar.
Temur davlati markaziy hukumat va to‘rt ulusdan iborat bo‘lgan (har o‘g‘ilga bir ulus).
|
Bosh vazir.
Vaziri sipoh (harbiy ishlar vaziri).
Egasiz mulkni taqsimlash ishlari vaziri.
Moliya vaziri.
Chegaralarni nazorat qiluvchi 1-vazir.
Chegara ishlari 2-vaziri.
Chegara ishlari 3-vaziri.
|
“Tuzuklar” ning birinchi bo‘limida Temurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo‘shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklari bayon etilgan. Ikkinchi bo‘limida esa, buyuk Amir Temur tomonidan o‘tkazilgan 13 kengash tafsilotlari va ularda Sohibqironning amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan. Shuningdek, bu bo‘limda Amir Temur nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pandu-nasihatlari ham berilgan.
“… Davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, deb yozadi ulug‘ Amir, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalong‘och odamga o‘xshaydi, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yohud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.
Shuning uchun ham o‘z saltanatim binosini dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim”, deb yozgan edi Amir Temur.
Ulug‘ Amir Temur yana davom etib: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va ahloqsiz odamlarni mamlakatdan quvib chiqardim”1, - deb yozgan edi.
Oliyjanob ahloqiy fazilatlarni Amir Temur xazratlari ulug‘labgina qolmaganlar, balki bu fazilatlarning bajarilishini davlat hududida yashayotgan fuqarolardan, hatto o‘z oila a’zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |